Get Mystery Box with random crypto!

Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Zulfiya” nomidagi | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari bilan uchrashuv tadbiri tashkil etildi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, sovrindor xotin-qizlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotida faol qatnashib kelayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan turli sohalarga doir islohotlarda ayollarning o‘rni va ishtiroki ortib bormoqda.

Tadbirda so‘z olgan vazir Hilola Umarova ta’lim jarayonlaridagi o‘zgarishlarni amaliyotga tatbiq etishda tizimda mehnat qilib kelayotgan yuz minglab ayol pedagoglarning o‘rni katta ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Farzandlarimizning har tomonlama barkamol va vatanparvar shaxslar bo‘lib kamol topishida bu zahmatkash insonlarning o‘rni beqiyos.

Vazir Prezidentimizning tegishli qarori bilan joriy yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan xotin-qizlarni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir so‘nggida ushbu taqdirlangan xotin-qizlarga vazirlikning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt