Get Mystery Box with random crypto!

Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal H
Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @turdialiyev_hasan
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.36K
Kanalning ta’rifi

Sharhlovchi Hasan Turdialiyevning rasmiy kanali:
Reklama bo'yicha savollarga 👉 @Sport_Rek
Instagram: https://instagram.com/hasan_turdialiyev

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 125

2022-01-08 18:44:44 Kevin de Bruyne hikoyasi (5-qism)

Yoʼq, desam, xuddi qoʼrqoqqa oʼxshab qolardim. Shu tufayli unga “Xoʼp, joʼnataver", dedim. Tasavvur qiling, oʼzimcha katta futbolchi boʼlmoqchiman, lekin bitta qizga sms joʼnatgani dadillik yetishmaydi. Baxtimga, sms ketdi va u menga javob berdi. Biz bir necha oy davomida yozishib yurdik va bir birimiz bilan yaqindan tanishdik. Odatda biror inson bilan uzoq vaqt gaplashsam keyin u bilan muloqotga kirishishim yengilroq bo’ladi. U hayotimni oʼzgartirib yubordi, ochigʼi, usiz qanday yashar edim, bilmayman.

Аfsuski, odamlar futbolchilarning rafiqalari haqida ancha yengil taassurotda boʼlishadi, ammo rafiqam hayotimdagi eng muhim insondir. U 19 yoshida mening orzularimni ruyobga chiqarish uchun men bilan ketgandi. Biz bu yo’lni birgalikda bosib o’tdik. U meni o’z qobig’imdan chiqishga o’rgatdi va mening bu injiqliklarimga bardosh bera oldi.

2015 yilgi transfer oynasi paytida biz ilk bor farzdanli bo’lishimizni bildik. “Manchester Siti”, “PSJ” va “Bavariya” menga qiziqayotgan edi. Biroq bu oilamiz uchun biroz asabiy davr edi. Biz ilk farzandini kutayotgan yosh oila edik va kelgusida qayerda yashashimiz haqida aniq bilmas, qayerga o’tishim ham mavhum edi. Shaxsan o’zim “Siti”ga o’tishni istardim. Men Vinni Kompani bilan yozishdim va u aytgan loyiha meni qiziqtirib qoldi. Klubga hurmatsizlik bo’lmasligi uchun buni aytmadim. Chunki men “Volfsbur”da ham baxtiyor edim. Shuning uchun faqat jimgina kutdim. Men uchun bu mushkul emas.

Uch hafta davomida agentim menga bir safar “Bo’ldi barchasi hal” desa, biroz o’tib “u qo’ng’riqoqqa javob bermayapti”, derdi.

Bular rafiqamga ta’sir qildi. Bir kuni ertalab u o‘zini juda yomon his qila boshladi. Nima qilishni bilmasdik. Balki homilaga biror narsa bo‘ldimi, deb qo‘rqa boshladik. Rafiqam og‘irlashdi, qon keta boshladi. Shubhasiz bu mening hayotimdagi eng yomon daqiqalar edi – kasalxonaga bordik, bolamizni yo‘qotdik, deb o‘ylay boshladik. Men palata eshigi tagida o‘tirar, qo‘limdan hech narsa kelmasdi. Shu o‘tirganda transfer haqida o‘ylay boshlaysan va hammasi ostin-ustun bo‘lib ketadi. Xayriyatki, bolamizga hech narsa qilmadi, hammasi yaxshi yakun topdi.

Oilamsiz qanday yashardim, bilmayman. Men bilan futbolda nima sodir bo‘lgan bo’lsa ham ularnning barchasi aslida, rafiqam va bolalarim bilan solishtirganda hech narsa.

O‘sha kun navbatdagi tub burilish nuqtasi bo‘ldi. Tushundimki, futbol hayot va mamot masalasi emas ekan. To rafiqamni uchratib, oila qurib, farzandlar ko‘rmagunimcha, 23 yil men shunday o‘ylab kelganman, lekin endi, hech qayerga yakka o‘zim borishim kerak emasligini tushundim. Oila – hamma narsa.

“Manchester Siti”ga o‘tganimdan keyin hammasi zo‘r bo‘lib ketdi. Ayniqsa, ikkinchi mavsumda Pep kelganidan so’ng.

Biz o‘xshash odamlarmiz. Rostini aytganda, u mendan battar futbol shaydosi. Biz – futbolchilar, o‘yin paytida juda kuchli ruhiy stressni boshdan kechiramiz, ammo o‘ylashimcha, Pep bizdan ikki barobar ko‘p siqilardi. Chunki unga faqat g‘alaba kifoya qilmasdi, unga doim mukammallik kerak edi.

U bilan ilk uchrashganimda u meni yoniga o‘tirishga taklif qildi va aytdi: “Kevin, meni tingla. Sen bemalol dunyoning eng yaxshi besh futbolchisidan biri bo‘lishing mumkin. Eng yaxshi beshtalik. Muammoasiz”.

Men shok holatida edim. Pep bu gaplarni shu qadar ishonch bilan aytdiki, mening o’zim haqimdagi fikrim o’zgarib ketdi. Menimcha, bu haqiqiy daholik. Chunki endi men uning haq ekanini isbotlashni xohlayotgandim.

Odatda futbolning katta qismi qo‘rquv va negativdan iborat. Ammo Pep bilan hammasi faqat ijobiy tus oladi. U o‘z oldiga erishish umuman ilojsiz bo‘lgan bir qator maqsadlar qo‘yadi. U taktika qiroli, to‘g‘ri, ammo ko‘pchilik uning qay darajada bosim ostida bo‘lishini, bu bosimni Pepning o‘z o‘ziga qo‘yib olishini, mukammallik yo‘lida qanday yashashini bilishmaydi.

Davomi bor...

1-qism
2-qism
3-qism
4-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
7.8K views15:44
Ochish/sharhlash
2022-01-08 09:38:26 Kevin de Bruyne hikoyasi (4-qism)

Yigʼinlarda qatnashib yurgan paytimda kayfiyatim juda yaxshi edi. Mavsum boshidagi toʼrt oʼyinning ikkitasida asosiy tarkibda maydonga tushdim va menimcha yaxshi o’ynadim. To’g’ri balki u qadar zoʼr oʼynamagan boʼlishim mumkin, lekin yaxshi oʼynadim. Biroq toʼrtinchi oʼyindan keyin hammasi tugadi. Zaxiraga mixlandim va menga boshqa imkon taqdim etilmadi. Hech kim sababi nima ekanini tushuntirmadi ham.

Ha, oʼzimda ham xatolar boʼldi. АPL futbolchisi oʼzini bunday vaziyatlarda qanday tutishi kerakligini bilmasdim. Muxlislar koʼp narsani bilishmaydi, masalan, agar murabbiyning rejalarida boʼlmasang, mashgʼulotlarga zo'r berishning foydasi yo'q. Xuddi shu holatga hozir tushsam, menga muammo emas, oʼzim shugʼullanib ham, kerakli formani ushlab tura olaman. Аmmo 21 yoshligingda bu haqida bilmas ekansan. Angliya Kubogida "Suindon Taun"ga qarshi bahsda menga yana bir bor imkon berildi, ammo bu paytda formadan chiqib ketgan edim. Shu bilan hammasi tugadi.

Dekabrda Joze meni xonasiga chaqird. Bu hayotimdagi ikkinchi burilish nuqtasi edi. U oldiga bir qator qogʼozlarni qoʼyib olgandi va birini oʼqiy boshladi.

“Bitta assist. Gol yoʼq. Oʼnta jarohat”.

Bir daqiqadan so’ng uning nima qilayotganini angladim. Keyin u boshqalarning statistikalarini keltira boshladi. Villian, Oskar, Mata, Shyurrle... “Besh gol, 10 uzatma...” va yana bir nimalar…

Joze mendan bunga biror izoh berishimni kutayotgandi va men unga shunday dedim:

“Lekin… ularning ayrimlari 15, 20 oʼyinda qatnashishdi. Men esa bor yo’g’i uch oʼyinda maydonga tushdim. Demak, koʼrsatkichlar ham farq qilishi tabiiy”.

Bu biroz gʼalati bo’lgandi. Biz meni yana biror jamoaga ijaraga berish kerakligi haqida suhbatlashdik. O’sha vaqtlarda Mata ham uning rejalariga kirmasdi va Joze aytdiki, agar Mata sotilsa, men oltinchi emas, beshinchi tanlov boʼlarkanman.

Men unga rostini aytdim: “Klubga kerak emasligimni his qilib turibman. Men futbol oʼynamoqchiman. Meni boshqa biror jamoaga sotib yuborsangiz degandim”

Menimcha, Jozega bu yoqmadi, lekin nazarimda, u ham menga o’yin amaliyoti kerakligini tushunib turardi. Yakunda “Chelsi” meni sotishga qaror qildi va transfer borasida muammo tugʼilmadi. Londonliklar menga sarflangan puldan ikki barobar koʼproq pul olishdi. “Volfsburg”da esa men o’zimni juda yaxshi his eta boshladim.

U yerda hammasi oʼzgardi. Faqat futbol tomonlama emas. Yonimda endi boʼlajak rafiqam ham bor edi. Uning yordamida koʼp jihatdan shakllandim. Аytib bergani biroz uyalyapman, ammo u bilan qanday tanishganimiz ham qiziq. Mayli, hech narsani sir tutmaslikka vaʼda berganim uchun ham bu voqeani aytib beraman.To’g’risi bu biroz g’alati bo’lgandi.

Hammasi birgina tvitdan boshlandi. U paytda hali “Verder”da ijarada oʼynar, tvitterda ham bir necha ming folloverim bor edi, xolos. Oʼyin haqidami, boshqami, nimadir yozdim va bir chiroyli qiz “layk” bosdi. Yonimda oʼtirgan sherigim buni koʼrib qoldi va menga u qiz juda chiroyli ekanini va javob yozishim kerakligini ayta boshladi.

“Yoʼq, yoʼq. Men yoqimtoy emasman. Odamlar meni tushunmaydi. U qiz javob ham bermasa kerak” deb qoʼrqdim.

U telefonimni olib qoʼydi va oʼzicha bir nimalar deb yoza boshladi. Keyin esa menga telefonni ko’rsatib shunday dedi: "Nima qilay, joʼnataymi?"

Davomi bor...

1-qism
2-qism
3-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
11.9K views06:38
Ochish/sharhlash
2022-01-07 21:37:56 Kevin de Bruyne hikoyasi (3-qism)

Esimda, bu gaplardan so’ng onam ko’z yosh to’kkandi, men esa toʼpni olib, koʼchaga, bir oʼzim toʼp tepadigan hovliga chiqib ketgandim.

Birgina soʼz mening qalbimga qattiq muhrlandi – “shunaqa bo’lganing uchun!”. Bu soʼzlar miyamda tinmay takrorlanardi.

Soatlab toʼp tepib, oʼzimga oʼzim aytardim: “Hammasi yaxshi boʼladi, ikki oy oʼtib men albatta birinchi jamoaga oʼtaman. Nima bo’lgan taqdirda ham uyga omadsiz sifatida qaytmayman. Nima boʼlsayam”.

Yozgi taʼtildan soʼng Genkka qaytdim. Toʼgʼrisi, u yerda hech kim emasdim. Аmmo mashgʼulotlarga zoʼr berdim. Qalbimda nimadir otash bo’lib yonar edi.

Hammasi oʼzgargan oʼsha kunni eslayman. Bu juma oqshomi edi. Oʼyinni zaxirada boshladim, ikkinchi boʼlimda maydonga tushganimda esa, jinni boʼlib qolgandim.

Birinchi gol!
“Ular seni boshqa istashmaydi!”

Ikkinchi gol.
“Haddan tashqari sokin ekansan”

Uchinchi gol.
“Xaraktering juda ogʼir”

Toʼrtinchi gol.
“Sen ularga kerak emassan”

Beshinchi gol.
“Shunaqa boʼlganing uchun”

Shu tariqa, bir boʼlimda beshta gol urdim. Shundan keyin klubdagi vaziyatim oʼzgardi. Rostan ham ikki oy oʼtmasdan, birinchi jamoaga oʼtdim. Bir necha kun ichida maqsadimga yetdim. Tabiiyki, klub ham uyimdagilarga, yangi xonadon uchun toʼlov qila olishini aytdim. Futbolda hammasi yaxshi boʼlgan paytda senga boʼlgan munosabati ham oʼzgarishini koʼrish, haqiqatan ham, juda qiziq.

Bir kuni klubda o’sha xonadondagi oilamni ko’rib qoldim, “ta’tildan keyin uchrashimiz” degan o’sha ayol go’yoki, barchasiga o’rtada yuzaga kelgan katta anglashilmovchilik sababligini aytdi. U menga shunday dedi: “Biz seni qaytarmoqchi bo’lgandik! Biz shunchaki bir necha haftaga dam olishga ketgandik. Xohlasang dam olish kuni biznikida qolishing mumkin”

Aslida bu qilgan ishim noto’g’ri bo’lganini bilaman. Lekin ular meni qattiq hafa qilishgandi. Shu tufayli men ularga shunday javob berdim: “U yerga yana qaytishimni xohlayapsizmi ? Yo’q. Siz meni ahlatga uloqtirdingiz. Hozir menda hammasi yaxshi”

To’g’risi men ularga rahmat aytishim kerak edi. Chunki bu voqea mening faoliyatim rivojiga katta ta’sir o’tkazdi. Biroq meni qurshab turgan qora bulutlar to’liq tarqalmadi. “Genk”ning yosh oʼyinchisi boʼlib yurganimda va hatto “Chelsi”ga oʼtgan paytlarimda ham, Belgiya matbuotida men haqimda salbiy fikrlar chiqishda davom etardi. Koʼpincha, oʼsha meni rad qilgan oilani eslashar va mening ogʼir xarakterli ekanimga urgʼu berishardi.

Bir tomoni haqiqat, men rostdan ham baʼzida maydonda ehtiroslarimni jilovlay olmayman. Oʼzimni bosib turib, birdaniga oʼzimni yoʼqotib qoʼyaman va odatda besh soniya oʼtib yana xotirjam tortaman. Aslida bunday asabiylashishlarimga sabab bitta – futbol oʼynashga bo’lgan katta xohish.

“Chelsi” tarkibida o’ynay boshlagan paytlarimda Joze Mourinyo bilan munosabatimiz haqida ko’p yozishardi. Qiziq tomoni aslida, u bilan faqat ikki marta gaplashganman, xolos.

Shu sababli asosiy maqsadim biror joyda ijarada o’ynash edi. 2012-yilda “Verder”ga oʼtdim. U yerda mavsumni juda yaxshi oʼtkazdim.

Yozda "Chelsi"ga qaytganimda, bir qator nemis klublari meni tarkibida ko’rishni istayotgan edi. Klopp meni “Borussiya”da koʼrishni xohlar edi, chunki ularning oʼyin uslubi menga juda mos tushardi. Shuning uchun men ham “Chelsi” balki meni qoʼyib yuborar deb o’ylar edim.

Keyin Mourinyo menga “Sen qolasan. Jamoamning bir boʼlagi boʼlishingni istayman”, deb xabar yubordi. Bu smsdan so’ng “Yaxshi. Demak, men uning rejalarida borman”, deb o’yladim.

Davomi bor...

1-qism
2-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
5.9K viewsedited  18:37
Ochish/sharhlash
2022-01-07 14:39:51 Kevin De Bruyne hikoyasi (2-qism)

Bu mening tabiatim. Ishonchim komil ayrim o’quvchilar menga shu savolni berishlari mumkin.

Bolaligimdan men sokin va uyalchang bola bo’lganman. Uyimizda Pleysteyshn yo’q edi. Yaqin do’stlarim ham ko’p emasdi. Men o’zimni faqat maydonda ko’rsatishga intilardim va bu meni qanoatlantirardi. Maydondan tashqarida esa men biroz odamovi edim. Og’zimdan biror so’z olish qiyin edi. Ammo maydonda qiziqqon edim. Bilaman, ko’pchilik ijtimoiy tarmoqlarda mening David Silvaga baland ovozda: “Meni gapirishimga imkon bering!” degan videoni ko’rib kulishi mumkin. Ammo mening yoshlik davrimdagi paytlar bilan taqqoslasak bu oddiy suhbat xolos.

Yoshlikda hamma ham adashishi mumkinligini tushunmas ekansan. Men o’z tajribamdan kelib chiqqan holda buni tushundim.

14 yoshlik paytimda men qabul qilgan qaror hayotimni rosmana o’zgartirib yubordi. Menda “Genk” akademiyasida mashg’ulot o’tkazish imkoniyati tug’ildi. Shu tufayli Belgiyaning boshqa bir qismiga mustaqil ko’chib o’tishga qaror qildim. Akademiya bizning uyimizdan 2 soat yo’l uzoqligida joylashgan bo’lsa ham ota-onamga uyerga bormoqchi ekanimni aytdim.

Muammo shundaki men o’z shahrimizdagilardan uyalar edim. Genkda esa men qolganlar uchun mamlakatning boshqa bir burchagidan kelgan yangi yigit edim. Aslida men yolg’iz yashash tarafdori emasdim, shu tufayli har haftaning yakshanba kuni oilam bilan uchrashish uchun o’z uyimga borardim. Akademiyada o’tgan bu ikki yil hayotim davomidagi eng og’ir yolg’izlik yillari edi.

Balki orangizda ayrim insonlarda shunday savol tug'ulishi mumkindir: “14 yoshingda bunday tavakkal qilish nega kerak ?”

Sizlarga aytishim mumkin bo’lgan yagona javobim shuki – men futbol o’ynaganimda barchasini unutardim. Barcha yoqimsiz tuyg’ular yo’q bo’lib ketardi. Men unga bog’lanib qolgandim. Sodda qilib aytganda bu mening hayotim edi.

Dastlabki yili oddiy yotoqxonada, bittagina yotoq, stol va rakovinasi boʼlgan kichkina xonada yashadim. Keyingi mavsumda esa, bir oila uyiga olib ketdi. Bizga oʼxshagan bolalarga yaqin atrofdagi oilalar uyidan joy berar, boqar, klub esa ularga buning uchun pul toʼlardi. Men ikki sherigim bilan bir xonadonda yashay boshladik. Hayot tarzimiz birmuncha yaxshilandi.

Аsosiy vaqtimni yakka oʼzim xonada oʼtkazar, lekin hammasi joyida edi. Maktabda yaxshi oʼqiyman, koʼchada uzoq yurmayman, janjallar, urishlar yoʼq. Muammo yoʼq. Yil tugagach esa, narsalarimni yigʼishtirib, “oilam” bilan xayrlashdim.

“Taʼtildan keyin uchrashamiz. Yaxshi dam olib kelgin”, – deb kuzatib qoʼyishdi ular.

Аmmo uyimizga qaytgach birinchi bo’lib onamning ko’z yosh to’kayotganiga ko’zim tushdi. Men kimdir vafot etibdimikin yoki qandaydir noxushlik ro’y berdimikan deb o’yladim.

“Nima boʼldi?”

Bu savolimdan keyin onamning javobi mening keyingi hayotimda juda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

Onam shunday dedi: “Ular seni qaytishingni xohlashmayapti”

“Nimalar deyapsiz?”

«Sen yashagan xonadon egalari u yerga yana borishingni istashmayapti»

“Nima? Nima uchun?”

“Shunaqa boʼlganing uchun. Аytishlaricha, sen judayam sokin ekansan. Sen bilan muomala qilish qiyin ekan. Xaraktering ogʼir ekan”.

Men hayratda edim. Bu menga og’ir botdi. U oila menga umuman bu haqida ogʼiz ochmagandi, hech qanday muammo boʼlmagandi. Men oʼz xonamda yashab, hech kimni bezovta qilmagan bo’lsam. Ketayotganimda hammasi joyida edi va ular qoʼl silkib kuzatishdiku. Keyin esa, klubga borib, men ularga ortiq kerak emasligimni aytishibdi.

Bu mening klubdagi faoliyatimga ham taʼsir koʼrsatishi mumkin edi. Chunki jamoada men yulduz emasdim, bunday gaplar klubdagilarning men haqimdagi fikrini ham o’zgartirishi mumkin edi. Shu tariqa, klubdagilar oilamga boshqa xonadonda yashab turishim uchun menga boshqa pul ajratmasligini aytishdi va men yana eski yotoqxonaga qaytishga majbur boʼldim. Bu xuddiki, menga o’xshagan muammolari bor bolalar uchun moʼljallangan internatga oʼxshardi.

Davomi bor...

1-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
11.4K viewsedited  11:39
Ochish/sharhlash
2022-01-07 13:12:44 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Rasman Filippe Koutinyo yil oxirigacha "Aston Villa"da ijara asosida faoliyat olib boradi

Draksler va Di Mariyada koronavirus aniqlandi. Parijliklarni 9-yanvar kuni "Lion" bilan bahs kutmoqda

Vinisius koviddan halos bo'ldi va mashg'ulotlarga qaytdi

Messi mashg'ulotga qaytdi ammo yakka tartibda shug'ullanmoqda

Obameyangda koronavirus aniqlandi. Uning Afrika Millatlar kubogida maydonga tushishi so'roq ostida

"Barselona" Serji Robertoga 2 yillik shartnoma taklif qiladi va maoshini kamaytiradi

Origigia A Seriya klublari qiziqmoqda. Futbolchi APLda qolishni istaydi [Sky Sports]

"Barsa" Morata o'rniga Marsialni tarkibiga qo'shib olishi mumkin [Diario Sport]

Allegri: "Morata "Yuventus"da baxtli. U jamoada qolishni istaydi"

"Barselona" Brunu Fernandeshga qiziqmoqda [El Nacional]

"Inter" va "Milan" Argentina chempionati to'purari Xulian Alvaresga bilan muzokara o'tkazishmoqda [Nikolo Skira]

Lokatelli "Yuve" natijalari haqida: "Yanvar oyi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Iloji boricha ko'proq ochko to'plashimiz kerak"

Spaletti: "Napoli" Turinga 3 ochko uchun kelgandi. Afsus g'alaba qozona olmadik"

Allegri: "Yuve" beshinchi pog'onada, ammo faqat 28tagina gol ura oldi. Buni ustida ishlashimiz kerak"

Mourinyo "Milan" bilan bahsda Ibrahimovchiga bo'lgan irqchilikni muxlislarga murojati bilan to'xtata oldi

Rasman Kiran Trippyer "Nyukasl" futbolchisi. Transfer qiymati 12 mln funtni tashkil etdi

"Man.Siti" Agueroga klub elchisi bo'lib ishlashni taklif etdi

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
12.3K viewsedited  10:12
Ochish/sharhlash
2022-01-06 21:03:33 Kevin De Bruyne hikoyasi (1-qism)

Men juda rostgo’y insonman va sizga bir sirni ochaman. “Manchester Siti”ga kelgunimga qadar men Rahim Sterling bilan qanday munosabatda bo’lishimni bilmas edim. Men u bilan uchrashmaganman, ammo ingliz nashrlarida uni umuman boshqa shaxs qilib ko’rsatishardi. Shu tufayli men ham u haqida boshqacharoq fikrda edim.

Aslida u unchalik ham yomon yigit deb o’ylamasdim. Biroq turli nashrlar uni kattafe’lligiga ishora qilishardi. Shu tufayli men uni biroz… inglizlar nima deyishardi a ?

Manman, mahmadona.. u haqida taxminan shunday fikrda edim ?

Hozirda bizning Rahim bilan aloqalarimiz juda mustahkam. Chunki biz “Siti”ga deyarli bir vaqtda kelganmiz va o’sha vaqtlarda biz haqimizda juda ko’p negativ fikrlar aytilar edi. Ular meni “Chelsi” yuz o’girgan, Rahimni esa pul uchun “Liverpul”dan voz kechgan futbolchi deb bilishar edi. Qisqasi ular bizni yomon personajlarga aylantirib qo’yishgandi.

Albatta men o’zim haqimdagi maqolalarni o’qiganimdan so’ng buni jiddiy qabul qilmasdim. “Men ? Men og’ir harakterlimanmi ? Bu kulguli. Ular meni xatto tanishmaydi hamku!” deb kulib qo’yardim o’zimga o’zim. Ammo boshqa futbolchilar haqida o’qisang bu seni ular haqidagi fikringga biroz bo’lsa ham ta’sir o’tkazar ekan va bunga qarshi hech nima qila olmas ekansan.

Keyin esa men Siti tarkibiga kelib qo’shildim va Rahim bilan tanishdim. Biz u bilan mashg’ulotda biroz suhbatlashdik va men o’zimga o’zim shunday derdim: “To’xta, bu bola chindan shunchalik zo’rmi ? Bu yerda nimalar bo’lyapti o’zi?”

Rostini aytsam, hayotda ham futbolda ham mening yaqin insonlarim juda kam. Men boshqa insonlarga o’z ichimdagini ochishim qiyin. Biroq vaqt o’tgani sari Rahim bilan munosabatimiz qalinlashib bordi. Ustiga ustak, farzlandlarimiz ham deyarli bir vaqtda dunyoga kelishdi va hozir ham birgalikda bir jamoada o’ynashmoqda. Men u bilan yaqindan tanishdim va u qanchalik aqlli va rostgo’y insonligini tushundim. U ayrim nashrlarda yozilgan insondan keskin farq qiladi.
Rahim – men futbolda uchratgan juda hushmuomala va kamtar yigitlardan biri. Bu haqiqat.

Tanishuvimizning dastlabki kunlarida u menga shunday degandi: “Og’ayni, sen men o’ylaganimdan ancha farq qilar ekansan. Men seni uyalchang va odamovi bo'lsang kerak deb o'ylardim. Ammo sen ancha xushchaqchaq ekansan"

Men unga shunday javob bergandim: “Mening hazilim o’zi shunaqa quruqroq”

Keyin u yana savol berdi: “Senchi, men haqimdagi fikring qanaqa edi ?”

Men unga: “Rostini aytsam, seni biroz manman bo’lsang kerak deb o’ylagan edim” deb javob berdim.

U menga ajablangancha qarab shunday degandi: “Hoy, og’ayni!”

Men unga qarab: “Nima ? Sen ham meni biroz odamovi bo’lsang kerak deb o’ylagandim dedingku!"

O’ylashimcha, bu juda yaxshi dars. Tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, futbolchilar aslida siz kutganingizdan farq qilishi mumkin. Ayniqsa, siz ular bilan yaqindan tanishsangiz. Bu aslida tabiiy jarayon. Rahim meni ham biroz og’ir tabiatli inson deb o’ylaganini to’g’ri qabul qilaman. Chunki 16 yoshimgacha men rostan ham ko’pchilik uchun sirli va og’ir tabiatli shaxs edim.

Hozir sizlarga o’zim haqimda qisqacha hikoya qilib beraman, ammo, iltimos, meni tushunishga harakat qiling, chunki men uchun eng qiyini bu o’zim haqimda gapirish. Futbol ? Men bu haqida soatlab siz bilan suhbatlashim mumkin. Ammo shaxsiy hayotim haqida so’zlash men uchun mushkul.

Davomi bor...

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
6.4K views18:03
Ochish/sharhlash
2022-01-06 18:04:19
Joze Mourinyo: "Men Qozondagi Chempionlar ligasi bahsini yaxshi eslayman. Tarkibda jiddiy muammolar bor edi. Mario Balotellidan tashqari jamoaning deyarli barcha hujumchilari jarohatda edi va u o'yinning 42-daqiqasida sariq kartochka oldi. Tanaffusning 15 daqiqasidan 14 daqiqasi davomida men uni qolgan vaqtda ehtiyot bo'lib o'ynashi kerakligini aytdim. Hech nimaga e'tibor bermasdan, hech kimga tegmasdan... Uchrashuvning 46-daqiqasida Mario qizil kartochka oldi"

Jozening bu intervyusida Marioning butun faoliyati mujassam

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
10.9K views15:04
Ochish/sharhlash
2022-01-06 12:02:50 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Chelsi" futbolchilari Kante va Silvada kovid aniqlandi

Messi koviddan tuzaldi va Parijga yetib keldi. Leo yaqin kunlar ichida mashg'ulotlarni boshlaydi

Umtiti yanvarda "Nyukasl"ga o'tishi mumkin [sport]

Piontek "Fiorentina"ga o'tishni istamoqda [Di Martsio]

"PSJ" "Lion" to'purari Paketani tarkibiga qo'shib olishi mumkin [L'Equipe]

Anchelotti "Alkoyano" bilan bahsdan so'ng: "Real" futbolchilarining ta'tili "Xetafe" bilan bahsdan so'ng o'z yakuniga yetdi"

Militao joriy mavsum "Real" safida 3ta gol urdi va ularning barchasi burchak to'pidan so'ng sodir bo'ldi

Asensio joriy mavsum "Real" safida barcha turnirlarda gol urdi

Tuhel Lukakuning "Tottenhem" bilan o'yini haqida: "Romelu bosimdan chiqishni biladi va qiyinchiliklarni yengishni biladi"

Konte: "Biz "Tottenhem" va "Chelsi" orasidagi farq qanchalik kattaligini ko'rdik. Jamoalarni hozir solishtirib bo'lmaydi"

Tuhel "Tottenhem" bilan bahsdagi g'alabadan so'ng: "Chelsi" ko'proq ham gol urishi mumkin edi. Ammo hali hech nima hal bo'lgani yo'q. Javob bahsi og'ir bo'ladi"

Tuhel "Tottenhem"ga qarshi o'tkazgan 5ta o'yinning barchasida g'alaba qozondi. To'plar nisbati 11:1

Mbappe irqchilik haqida: "Kurashni ijtimoiy tarmoqlardan boshlash kerak, ammo futbolchilar ham bunga qo'shilishlari zarur"

Xavi: "Barcha bizning g'alabamizni kutgan edi. Ammo hozir raqiblar ham jismonan va taktik kuchli"

Dani Alves "Barsa" safida debyut qildi. U kataloniyaliklar libosida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi

Alfonso Devis koronavirusga chalindi. Bu "Bavariya"ning kovid yuqtirgan 9-futbolchisi

2021-yilda Vlahovichning transfer narxi 54 mln yevroga ko'tarildi. Holand, Vinisius, Pedrining narxlari ham 50 mln yevroga oshgan [Transfermarkt]

Agar Kavani va Marsial qishda "MYU"ni tark etsa, mankunyanliklar Ikardini jamoaga taklif etishlari mumkin [Adriena Grenye]

"Napoli" - "Yuventus" bahsi qoldirilmaydi. Ikkala jamoada ham koronavirus oqibatida katta yo'qotishlar mavjud [Sky Sport Italia]

"Barsa" va "Aston Villa" Koutinyo ijarasi bo'yicha muzokara o'tkazmoqda [Helen Kondis]

Pyanich Morataning "Barsa"ga transferi haqida: "O'zingizni baxtli his etadigan joyni tark etishdan oldin, ikki marta o'ylab ko'ring"

Donnaruma, Mendi va Noyer FIFA tomonidan yilning eng yaxshi darvozaboni bo'lishga nomzodlar qatoriga kiritildi

Angliya liga kubogidagi "Arsenal" - "Liverpul" bahsi mersisaydliklar safida kovid bilan bog'liq muammolar tufayli boshqa kunga qoldirildi

Eriksen: "Mening maqsadim - 2022-yilgi mundial. Yuragimni har qanaqa uslub bilan tekshirdik, muammo yo'q"

"Valensiya" murabbiyi Bordalas: "Barsa"ning qarzi 300 mln yevroga teng. Ammo ular 55 mlnga futbolchi sotib olishdi va yana Morata, Holandni ham istashmoqda. Moliyaviy FairPlay qayerda qoldi?"

Agarda "Man.Siti" qishki transferlarda ishtirok etishni istasa Gvardiolaga 150 mln funt taqdim etiladi [Manchester Evening News]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
12.8K views09:02
Ochish/sharhlash
2022-01-05 10:14:42 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Trippyer "Nyukasl" bilan shartnoma imzoladi. Transfer bonuslarsiz hisoblaganda 12 mln funtni tashkil etadi [Fabritsio Romano]

Agar "Barsa" kerakli pulni topib bera olsa Holand kataloniyaliklar safiga o'tadi. Rayola Laportaga va'da berdi. Holand esa Mbappe bilan bir jamoada o'ynashni istamayapti [Cuatro]

Insinye Kanadaning "Toronto" klubi bilan 2027-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi [Fabritsio Romano]

Ozil Turkiyaning 3-divizion jamoasi "Korum"ni sotib olish haqida o'ylamoqda

Tuhel: "Lukaku uzr so'radi va jamoaga qo'shildi. Uning "Chelsi"ga bo'lgan sadoqatiga shubha yo'q. Oldinga qadam qo'yish vaqti keldi"

Lukaku: "Chelsi" muxlislari ishonchini qaytarish uchun barchasiga tayyorman"

Holand 31-yanvarga qadar kelajakda o'ynashi kutilayotgan jamoasini tanlaydi. "Real" va "Barsa" u bilan muzokara o'tkazmoqda [Marca]

"Real" Mbappega 50 mln yevro taklif qiladi. Hozir barchasi Parij qo'lida [Brankini italiyalik jurnalist]

"Liverpul" jamoada kovidga chalingan futbolchilar ko'payayotgani tufayli Angliya liga kubogidagi "Arsenal"ga qarshi bahs qoldirilishini so'radi

Donnarumada koronavirus aniqlandi

Buffonda ham koronavirus aniqlandi. 43-yoshli posbon karantinga olindi

"Yuventus"ga qarshi bahs oldidan "Napoli" murabbiyi Spalettida ham kovid aniqlandi. O'yin boshqa kunga qoldirilishi mumkin

Umtiti boshqa jamoaga ijaraga o'tishga rozilik bildirdi [Mundo Deportivo]

"Arsenal" Koutinyoni sotib olish majburiyatisiz ijaraga olishi mumkin. Futbolchi maoshi pasayishiga rozilik bildirishi kerak [Diario Sport]

"PSJ" Usmon Dembele bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi [Mundo Deportivo]

"Real", "Chelsi", "Nyukasl" va "Napoli" Demiralga qiziqish bildirmoqda. Futbolchining transfer huquqi "Yuve"ga tegishli [Fanatik]

Rangnik sardorlik bog'ichi haqida: "De Xea va Ronaldudan birini tanlashim kerak edi. Darvozabondan ko'ra maydonda harakat qiladigan futbolchi tanladim"

"Napoli" 600 ming yevro evaziga Tuanzebeni ijara olado va Chempionlar ligasiga chiqa olsa "MYU"ga qo'shimcha 400 ming ham to'laydi [Fabritsio Romano]

"Man.Siti" Ferran Torresni qaytib sotib olish huquqi bilan "Barsa"ga sotgan [Fabritsio Romano]

Anchelotti: "Real" Ispaniya kubogini yutishni istaydi va "Alkoyano"ga qarshi bahsni yuqori darjada o'tkazmoqchi"

Pol Ins: "MYU" Rangnik qo'l ostida rivojlanmayapti"

Roten: "Neymarning yoshi o'tib bormoqda va vazni ortayapti. U sog'lom turmush tarzini olib bormayapti"

Chilida tug'ilgan chaqaloqqa Grizmann Mbappe deb ism qo'yishdi [Le Parisien]

"Barselona" prezidenti Laportda ham kovid aniqlandi. Jamoaning kovidga chalingan futbolchilari soni esa 10 nafarga yetdi

"Chelsi" Lyuka Dinni ijaraga olmoqchi. "Everton" esa faqat transferga ruxsat bermoqda [Rudi Galetti]

"Nyukasl" qishki transferlarga 200 mln yevro sarflashga tayyor [fichajes]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
14.7K views07:14
Ochish/sharhlash
2022-01-04 13:49:59 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Man.Yunayted” Argentina ligasi to‘purari Xulian Alvaresga 4 yillik shartnoma taklif qiladi. “Rivert Pleyt” forvardining tovon puli 20 mln yevroni tashkil qiladi [Nikolo Skira]

"Al-Hilol" Obameyangga 3 yillik shartnoma taklif qildi. Ammo futbolchi Yevropada o'ynamoqchi [Nikolo Skira]

"Real" Mbappe bilan kelishuv amalga oshishiga ishonmoqda [El Chiringuito]

Mbappe Fransiya Kubogida "Vann" klubiga qarshi bahsdagi xet-trigi evaziga "PSJ" safida 150-golini faoliyatidagi 201-golini kiritdi

Rednapp: "Rangnik sxemalarni o'ylab topmoqda, ammo barcha maqtagan uning 4-2-2-2 uslubi ish bermayapti. Jamoada birdamlik yo'qolgan"

Rangnik TOP4lik haqida: "Kafolat bera olmayman. Agar 100 foiz ishonchim komil desam ham hech kim ishonmasdi"

Shou mag'lubiyat haqida: "MYU"da o'z ishining ustalari yig'ilgan. Ammo ba'zida mahoratning o'zi kamlik qiladi. Bizda ko'p narsa o'xshamadi"

Rangnik "Vulverhempton"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng: "MYU" meni boshqaruvimda o'ynagan eng kuchli raqib. O'yinimizdan qanoatlanmadik"

Lyuka Ernandesda kovid aniqlandi, Sane va Upamekanoning test natijalari ham shunga ishora qilmoqda, ammo bu rasman tasdiqlanmadi

Torres va Pedrida koronavirus aniqlandi. "Barsa" ularni izolyatsiyaga oldi

"Barsa" Dembele bilan kelisha olmasa qishda uni "MYU"ga ijaraga berishi va o'rniga Marsialni olib kelishi mumkin [ARA]

"Real", "PSJ", "Yuve" va "Bavariya" Ryudiger transferi bo'yicha muzokaralarni boshlashdi [Sky Sports]

Beyl, Isko va Marselo ketgach "Real" ularning maoshidan 60 mln yevro tejab qoladi [As]

Ferran Torres "Barsa"da yiliga 5,5 mln yevro maosh oladi [Diario Sport]

"Barsa" Holand transferidan voz kechgani yo'q. Yozda Depay transferga qo'yiladi [As]

Fil Jons 2 yil deganda "MYU" libosida maydonga tushdi

"Man.Yunayted" 1980-yildan buyon ilk bor o'z maydonida "Vulverhempton"ga mag'lub bo'ldi

Tyago Silva "Chelsi" bilan shartnomani uzaytirgani haqida: "Buyuk klub safida 3 yil o'ynay olaman deb o'ylamagan edim"

Aspilikueta: "Chelsi" o'yin darajasini oshirishi kerak. "Siti" plankani juda yuqoriga qo'ydi"

Vlahovich: "Fiorentina"ni yevrokuboklarga qaytarmoqchiman. Keyin nima bo'lishini bilmayman"

Infantino: "FIFA 30 yil ichida A Seriyaning bir yillik taqvimichalik o'yinlar o'tkazmaydi. Har ikki yilda mundial bo'lsa hech nima o'zgarmaydi"

Ins Ronaldu haqida: "Mag'lubiyatdan keyin barcha noliyotgan bo'lsa va muxlislarga rahmat aytmasa unga sardorlik bog'ichini berish nega kerak ?"

"Arsenal" Vlahovich uchun "Fiorentina"ga 55 mln yevro va Torreyrani berishga tayyor

Lukaku va Tuhel o'zaro suhbatlashib olishdi va bo'lib o'tgan voqealarni unutishga qaror qilishdi [Sky Sports]

Anxel Korrea "Atletiko" bilan shartnomasini 2026-yilga qadar uzaytirdi

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
15.2K viewsedited  10:49
Ochish/sharhlash