Get Mystery Box with random crypto!

Kevin De Bruyne hikoyasi (2-qism) Bu mening tabiatim. Ishonch | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Kevin De Bruyne hikoyasi (2-qism)

Bu mening tabiatim. Ishonchim komil ayrim o’quvchilar menga shu savolni berishlari mumkin.

Bolaligimdan men sokin va uyalchang bola bo’lganman. Uyimizda Pleysteyshn yo’q edi. Yaqin do’stlarim ham ko’p emasdi. Men o’zimni faqat maydonda ko’rsatishga intilardim va bu meni qanoatlantirardi. Maydondan tashqarida esa men biroz odamovi edim. Og’zimdan biror so’z olish qiyin edi. Ammo maydonda qiziqqon edim. Bilaman, ko’pchilik ijtimoiy tarmoqlarda mening David Silvaga baland ovozda: “Meni gapirishimga imkon bering!” degan videoni ko’rib kulishi mumkin. Ammo mening yoshlik davrimdagi paytlar bilan taqqoslasak bu oddiy suhbat xolos.

Yoshlikda hamma ham adashishi mumkinligini tushunmas ekansan. Men o’z tajribamdan kelib chiqqan holda buni tushundim.

14 yoshlik paytimda men qabul qilgan qaror hayotimni rosmana o’zgartirib yubordi. Menda “Genk” akademiyasida mashg’ulot o’tkazish imkoniyati tug’ildi. Shu tufayli Belgiyaning boshqa bir qismiga mustaqil ko’chib o’tishga qaror qildim. Akademiya bizning uyimizdan 2 soat yo’l uzoqligida joylashgan bo’lsa ham ota-onamga uyerga bormoqchi ekanimni aytdim.

Muammo shundaki men o’z shahrimizdagilardan uyalar edim. Genkda esa men qolganlar uchun mamlakatning boshqa bir burchagidan kelgan yangi yigit edim. Aslida men yolg’iz yashash tarafdori emasdim, shu tufayli har haftaning yakshanba kuni oilam bilan uchrashish uchun o’z uyimga borardim. Akademiyada o’tgan bu ikki yil hayotim davomidagi eng og’ir yolg’izlik yillari edi.

Balki orangizda ayrim insonlarda shunday savol tug'ulishi mumkindir: “14 yoshingda bunday tavakkal qilish nega kerak ?”

Sizlarga aytishim mumkin bo’lgan yagona javobim shuki – men futbol o’ynaganimda barchasini unutardim. Barcha yoqimsiz tuyg’ular yo’q bo’lib ketardi. Men unga bog’lanib qolgandim. Sodda qilib aytganda bu mening hayotim edi.

Dastlabki yili oddiy yotoqxonada, bittagina yotoq, stol va rakovinasi boʼlgan kichkina xonada yashadim. Keyingi mavsumda esa, bir oila uyiga olib ketdi. Bizga oʼxshagan bolalarga yaqin atrofdagi oilalar uyidan joy berar, boqar, klub esa ularga buning uchun pul toʼlardi. Men ikki sherigim bilan bir xonadonda yashay boshladik. Hayot tarzimiz birmuncha yaxshilandi.

Аsosiy vaqtimni yakka oʼzim xonada oʼtkazar, lekin hammasi joyida edi. Maktabda yaxshi oʼqiyman, koʼchada uzoq yurmayman, janjallar, urishlar yoʼq. Muammo yoʼq. Yil tugagach esa, narsalarimni yigʼishtirib, “oilam” bilan xayrlashdim.

“Taʼtildan keyin uchrashamiz. Yaxshi dam olib kelgin”, – deb kuzatib qoʼyishdi ular.

Аmmo uyimizga qaytgach birinchi bo’lib onamning ko’z yosh to’kayotganiga ko’zim tushdi. Men kimdir vafot etibdimikin yoki qandaydir noxushlik ro’y berdimikan deb o’yladim.

“Nima boʼldi?”

Bu savolimdan keyin onamning javobi mening keyingi hayotimda juda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

Onam shunday dedi: “Ular seni qaytishingni xohlashmayapti”

“Nimalar deyapsiz?”

«Sen yashagan xonadon egalari u yerga yana borishingni istashmayapti»

“Nima? Nima uchun?”

“Shunaqa boʼlganing uchun. Аytishlaricha, sen judayam sokin ekansan. Sen bilan muomala qilish qiyin ekan. Xaraktering ogʼir ekan”.

Men hayratda edim. Bu menga og’ir botdi. U oila menga umuman bu haqida ogʼiz ochmagandi, hech qanday muammo boʼlmagandi. Men oʼz xonamda yashab, hech kimni bezovta qilmagan bo’lsam. Ketayotganimda hammasi joyida edi va ular qoʼl silkib kuzatishdiku. Keyin esa, klubga borib, men ularga ortiq kerak emasligimni aytishibdi.

Bu mening klubdagi faoliyatimga ham taʼsir koʼrsatishi mumkin edi. Chunki jamoada men yulduz emasdim, bunday gaplar klubdagilarning men haqimdagi fikrini ham o’zgartirishi mumkin edi. Shu tariqa, klubdagilar oilamga boshqa xonadonda yashab turishim uchun menga boshqa pul ajratmasligini aytishdi va men yana eski yotoqxonaga qaytishga majbur boʼldim. Bu xuddiki, menga o’xshagan muammolari bor bolalar uchun moʼljallangan internatga oʼxshardi.

Davomi bor...

1-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan