Get Mystery Box with random crypto!

Kevin de Bruyne hikoyasi (5-qism) Yoʼq, desam, xuddi qoʼrqoqq | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Kevin de Bruyne hikoyasi (5-qism)

Yoʼq, desam, xuddi qoʼrqoqqa oʼxshab qolardim. Shu tufayli unga “Xoʼp, joʼnataver", dedim. Tasavvur qiling, oʼzimcha katta futbolchi boʼlmoqchiman, lekin bitta qizga sms joʼnatgani dadillik yetishmaydi. Baxtimga, sms ketdi va u menga javob berdi. Biz bir necha oy davomida yozishib yurdik va bir birimiz bilan yaqindan tanishdik. Odatda biror inson bilan uzoq vaqt gaplashsam keyin u bilan muloqotga kirishishim yengilroq bo’ladi. U hayotimni oʼzgartirib yubordi, ochigʼi, usiz qanday yashar edim, bilmayman.

Аfsuski, odamlar futbolchilarning rafiqalari haqida ancha yengil taassurotda boʼlishadi, ammo rafiqam hayotimdagi eng muhim insondir. U 19 yoshida mening orzularimni ruyobga chiqarish uchun men bilan ketgandi. Biz bu yo’lni birgalikda bosib o’tdik. U meni o’z qobig’imdan chiqishga o’rgatdi va mening bu injiqliklarimga bardosh bera oldi.

2015 yilgi transfer oynasi paytida biz ilk bor farzdanli bo’lishimizni bildik. “Manchester Siti”, “PSJ” va “Bavariya” menga qiziqayotgan edi. Biroq bu oilamiz uchun biroz asabiy davr edi. Biz ilk farzandini kutayotgan yosh oila edik va kelgusida qayerda yashashimiz haqida aniq bilmas, qayerga o’tishim ham mavhum edi. Shaxsan o’zim “Siti”ga o’tishni istardim. Men Vinni Kompani bilan yozishdim va u aytgan loyiha meni qiziqtirib qoldi. Klubga hurmatsizlik bo’lmasligi uchun buni aytmadim. Chunki men “Volfsbur”da ham baxtiyor edim. Shuning uchun faqat jimgina kutdim. Men uchun bu mushkul emas.

Uch hafta davomida agentim menga bir safar “Bo’ldi barchasi hal” desa, biroz o’tib “u qo’ng’riqoqqa javob bermayapti”, derdi.

Bular rafiqamga ta’sir qildi. Bir kuni ertalab u o‘zini juda yomon his qila boshladi. Nima qilishni bilmasdik. Balki homilaga biror narsa bo‘ldimi, deb qo‘rqa boshladik. Rafiqam og‘irlashdi, qon keta boshladi. Shubhasiz bu mening hayotimdagi eng yomon daqiqalar edi – kasalxonaga bordik, bolamizni yo‘qotdik, deb o‘ylay boshladik. Men palata eshigi tagida o‘tirar, qo‘limdan hech narsa kelmasdi. Shu o‘tirganda transfer haqida o‘ylay boshlaysan va hammasi ostin-ustun bo‘lib ketadi. Xayriyatki, bolamizga hech narsa qilmadi, hammasi yaxshi yakun topdi.

Oilamsiz qanday yashardim, bilmayman. Men bilan futbolda nima sodir bo‘lgan bo’lsa ham ularnning barchasi aslida, rafiqam va bolalarim bilan solishtirganda hech narsa.

O‘sha kun navbatdagi tub burilish nuqtasi bo‘ldi. Tushundimki, futbol hayot va mamot masalasi emas ekan. To rafiqamni uchratib, oila qurib, farzandlar ko‘rmagunimcha, 23 yil men shunday o‘ylab kelganman, lekin endi, hech qayerga yakka o‘zim borishim kerak emasligini tushundim. Oila – hamma narsa.

“Manchester Siti”ga o‘tganimdan keyin hammasi zo‘r bo‘lib ketdi. Ayniqsa, ikkinchi mavsumda Pep kelganidan so’ng.

Biz o‘xshash odamlarmiz. Rostini aytganda, u mendan battar futbol shaydosi. Biz – futbolchilar, o‘yin paytida juda kuchli ruhiy stressni boshdan kechiramiz, ammo o‘ylashimcha, Pep bizdan ikki barobar ko‘p siqilardi. Chunki unga faqat g‘alaba kifoya qilmasdi, unga doim mukammallik kerak edi.

U bilan ilk uchrashganimda u meni yoniga o‘tirishga taklif qildi va aytdi: “Kevin, meni tingla. Sen bemalol dunyoning eng yaxshi besh futbolchisidan biri bo‘lishing mumkin. Eng yaxshi beshtalik. Muammoasiz”.

Men shok holatida edim. Pep bu gaplarni shu qadar ishonch bilan aytdiki, mening o’zim haqimdagi fikrim o’zgarib ketdi. Menimcha, bu haqiqiy daholik. Chunki endi men uning haq ekanini isbotlashni xohlayotgandim.

Odatda futbolning katta qismi qo‘rquv va negativdan iborat. Ammo Pep bilan hammasi faqat ijobiy tus oladi. U o‘z oldiga erishish umuman ilojsiz bo‘lgan bir qator maqsadlar qo‘yadi. U taktika qiroli, to‘g‘ri, ammo ko‘pchilik uning qay darajada bosim ostida bo‘lishini, bu bosimni Pepning o‘z o‘ziga qo‘yib olishini, mukammallik yo‘lida qanday yashashini bilishmaydi.

Davomi bor...

1-qism
2-qism
3-qism
4-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan