Get Mystery Box with random crypto!

🎭

Telegram kanalining logotibi othernessness — 🎭 O
Telegram kanalining logotibi othernessness — 🎭
Kanal manzili: @othernessness
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

🔕

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-02-12 21:20:20 Oʻzimga,oʻzimizga yarashmaydigan koʻp ishlarni qilamiz.
Insoniylikka yarashmaydigan koʻp ishlarni qilamiz...
1 view18:20
Ochish/sharhlash
2023-01-28 15:40:02
Shunchaki,aytishga soʻz yoʻq.

Faqat xulosalar.

Alloh bizni ota-onalarmizga munosib farzandlardan qilsin))

Ps) Videoda kim nimani tushundi.

Agar,komentariyaga yozgingiz kelmasa bu linkga http://t.me/questianonbot?start=1894124677 yozing. Kim yozgani bilinmaydi. Anonim bot) Fikr qiziq menga..

@othernessNess
26 views12:40
Ochish/sharhlash
2023-01-24 18:06:42 15 daqiqa. Mastona.

1-tavsiyam: avval Navoiyning mana bu gʻazalini oʻqing. Oxirigacha!

"Ashraqat min…
Ashraqat min aksi shamsil-ka’si anvorul-hudo,
Yor aksin mayda ko‘r deb, jomdin chiqdi sado.
G‘ayr naqshidin ko‘ngil jomida bo‘lsa zangi g‘am,
Yo‘qtur, ey soqiy, mayi vahdat masallik g‘amzudo.
Ey, xush ul maykim, anga zarf o‘lsa bir sing‘an safol,
Jom o‘lur getinamo, Jamshid, ani ichkan gado.
Jom-u may gar bo‘yladur, ul jom uchun qilmoq bo‘lur,
Yuz jahon har dam nisor, ul may uchun ming jon fido.
Dayr aro hush ahli rasvo bo‘lg‘ali, ey mug‘bacha,
Jomi may tutsang meni devonadin qil ibtido.
Toki ul maydin ko‘ngil jomida bo‘lg‘ach jilvagar
Chehrayi maqsudi mahv o‘lg‘ay hamul dam moado.
Vahdate bo‘lg‘ay muyassar may bila jom ichkarim,
Jom-u may lafzin degan bir ism ila qilg‘ay ado.
Sen gumon qilg‘andin o‘zga jom-u may mavjud erur,
Bilmayin naf etma bu mayxona ahlin, zohido.
Tashnalab o‘lma Navoiy, chun azal soqiysidur,
“Ishrabu, yo ayyuhal-atshon” kelur har dam nido."


2-tavsiyam: endi mana bu 15 daqiqalik videoni koʻring. Ishoning, ketgan vaqtga achinmaysiz.Oxirigacha!





3-tavsiyam: yuqoridagi gʻazalni boshidan 2-marta oʻqing. Maza qilib!

P)s: 15 daqiqa. Ozgina sukut. Turfa hayollar. Yangi qarashlar. Yangi olam.

Odam oʻylanib qoladi,tarixda shunday insonlar oʻtganki,ular ham yerlik boʻlganmi degan fikr keladi. Yoki biz bu yerlik emasmiz. Balki shundaylar hozir ham oramizda bordir.

Faqat ular koʻrinmas. Oʻzining dunyosida. Ular sarxusht. Ular sukr maqomida. Ular mastona. Ular qalbida moychechaklar gullagan insonlar. Ular men va siz hali anglab yetmagan makonlarda yashovchilar.

Hayotini ibodatga bagʻishlagan Alloh suygan bandalar.

Lugʻatimdagi soʻzlarni manosini koʻpini anglamasam kerak. Qoʻllanishi faqat zohiriy. Faqat shaxsiy manfaatlar uchun soʻzlarni behuda sarf qilish. Sukut saqlashni biz oʻzimizga dushman etganmiz.

Oʻzingdan hech uyalasanmi ey odam? Hayotingni toʻlaligicha sahnalashtirib olgandeksan. Dunyoni buncha sevmasang ey men?

Ba'zan shunchaki lol qolasan odam. Va hali yana lol qolishda davom etasan nazarimda))

Tavsiya post. Ulashamiz...

@othernessNess
53 views15:06
Ochish/sharhlash
2023-01-18 21:46:55 Tahoratsiz holda ilm yuqmaydigan boʻlib qoldim))

#shu_shu
17 views18:46
Ochish/sharhlash
2023-01-17 20:13:44
30 views17:13
Ochish/sharhlash
2023-01-13 17:04:03 Mening kuchli tarafim nima?

"So’zi o’tkir odam — yozishi, yelkasi keng odam — suzishi kerak.

Bitta muammo bor,u shundaki, sen o’zingni kuchli taraflaringni bilmaysan.Nafaqat sen, hech kim bilmaydi.

Tez yuradigan odam o’zini tez yuraman deb o’ylamaydi, boshqalarni sekin yuradigan deb o’ylaydi.

Yaxshi tinglovchi, o’zini zo’r tinglovchiligini emas, boshqalarni eshita olmasligini sezadi.

Iqtidor shunday narsa, egasiga ko’rinmaydi.

Iqtidor — boshqalar bilan bir xil harakat qilasan, natija yaxshiroq chiqaveradi. Shu darajada yaxshiroq chiqadiki, boshqalar buni sezishadi,aytishadi.
Agar aytishmasa so’rash kerak:

-ota-onadan;
-ustozlardan;
-yaqin do’stlardan;"


Aziz_Rahimov


Qiziqish—iqtidor emas.
A yana,iqtidorlilar shunday tugʻulgan,boshqalar unday emas deyishadi. Yoʻq,aslida hamma bir xil boʻlib tugʻuladi. Hammada yashirin iqtidor boʻladi.

Kimdur uni sezib rivojlantiradi. Baʼzilar,kimlardir harakatdan qoʻrqib,qiyinchilikdan qoʻrqib iqtidordan kechadi. Keyin oʻzi undayda,oʻzi bundayda deb bir chekkada semechka chaqib oʻtiradi.

P)s: Yapon shoiri Lya-lu-la aytganidek- "An anoyi un ani,hulata tit tana xuq qali",ya'ni,men sizlardan soʻramoqchiman—" Meni iqtidorim nimada?"

@othernessNess
18 views14:04
Ochish/sharhlash
2023-01-13 06:27:01 Aqllilik chashmalaridan))

Bir kishi kasal uzra tun boʻyi yigʻladi zor,
Tongda yigʻlagan oʻldi, sogʻayib turdi bemor.

Sa'diy Sheroziy

Bu satrlarni oʻzimda har xil qoʻllab koʻrishni boshladim.

Ba'zan, kelgan bir muammoni malomat qilib,uni yechimini emas,balki uni hozirgi holatidan yana ham boʻrttirib,pashshadan fil yasab koʻrsatadigan, huddi bu muammolar oʻtib ketmaydigandek vaqtni bekor sarflaydi baʼzilar.

Ha vaqt oʻtadi,kun-tun almashib turaveradi. Muammolar hal boʻlar ham. Lekin oʻtgan umr qaytmaydi,sarflangan bekorchi vaqt "qumsoatni" teskari qilib qoʻyish bilan yana hammasini boshiga qaytarmaydi.

P)s: Oʻzim vaqtimni zoʻr tejab qoʻyaman demayman) Hamma ishim mukammal emas. Oxiriga yetmaganlari ham yoʻqmas. Shunchaki,oʻzim uchun juda koʻp xulosalarni endi chiqaryapman.

Ilmiy faktlarga koʻra inson bosh miyasi 25yoshgacha rivojlanishda davom etadi. Minde oʻylasam hali umid borga oʻxshaydi

@othernessNess
27 views03:27
Ochish/sharhlash
2023-01-12 20:42:41
Hamma yoqqa burnini tiqib koʻradiganlar meni qarshimda shunaqa koʻrinadi
28 views17:42
Ochish/sharhlash
2023-01-12 10:27:41 Zu-zu aytar—"qandayinam sovuq,
Nima bu holat.
Nima ayb qilgan ediga,
Qachongacha etaylik toqat?"

Shu-shu aytar,yuzda tabassum,
"Bunchalar boʻlmaginda noshukur.
Sen boq oʻzingga—iymoningga,
Qahraton qish yetib bormasin qalbingga."

P)s:
-Meniyam qalbim xuddi shu qorga oʻxshaydi
-Shunchalik oqmi?
-Yoʻq,borgan sari sovub ketyapti...


@othernessNess
31 views07:27
Ochish/sharhlash
2023-01-08 21:08:37 Bizga mehmonga Shu-shu hamda Zu-zu keladigan boʻlib turibdi.

Shu-shu ijobiy obrazda biz bilan birga boʻladigan qahramon. U hammadan boshqacha. Hech kim unga oʻxshamaydi. Yoki u hechkimga oʻxshamas.

Xullas, u xatoni koʻrsa, rostni aytadi. Sevgiga toʻla. Mehribon. Shu bilan birga xafa boʻlsa xafa boʻldim deb aytadi, lekin doim birinchi boʻlib oʻzi kechiradi,xato boshqada boʻlsa ham. Xuddi bolalardek xarxasha qiladi. Fe'li bolalardek bolsa ham,aqli raso. Kerak paytda bilmayman deyishni biladi. Lekin hammasini bilib turgan boʻladi.

Tavakkaldan qoʻrqmaydi. Uning sifatlari koʻp. Yaxshilari serob albatta. Yomoni ham yoʻq emas. Boshqa sifatlari bilan "yoʻl-yoʻlakay" gaplashamiz hali yana.

Zu-zu salbiy obrazlarda oʻzini koʻrsatish istagida. Uning ham sifatlari koʻp. U ham xafa boʻladi. Lekin Shu-shu kabi kechirishi oson emas. Qalbida gʻilli-gʻash saqlaydi. Ozgina kibrli.

Yordam qoʻlini choʻzmaydi. Bee'tibor. Odobsiz qiliqlari ham yoʻqmas. Ataylab boshqalarni xafa qiladi. Shu-shuga hasadi ham bor chamamda. Qizgʻonchiq.

Ha mayli hamma gapni aytib qoʻymay. Tepada aytganimdek "yoʻlga" ham gap qolsin.

Xullas Shu-shu hammaga oʻrnak boʻla oladi. Zu-zu ni ham oʻrnak desa boʻladi. Chunki uni qilgan ishlarini, shunchaki, aqli bor hech kim qilmaydi. Odobni odobsizdan oʻrgan deganlaru biz tanimaydigan kimlardir.

P)s: Ikki doʻst— Shu-shu hamda Zu-zuning hayotiga qiziqadiganlar bormi? Ular bilan yaqindan tanishishni xohlaymizmi?

— bulardan birini bosib yoki kommentariyaga yozib oʻz fikringizni qoldirishingiz mumkin.

Men devoringlar,kimlar bor?

@othernessNess
29 views18:08
Ochish/sharhlash