Get Mystery Box with random crypto!

Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal H
Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @turdialiyev_hasan
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.34K
Kanalning ta’rifi

Sharhlovchi Hasan Turdialiyevning rasmiy kanali:
Reklama bo'yicha savollarga 👉 @Sport_Rek
Instagram: https://instagram.com/hasan_turdialiyev

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 128

2022-01-01 17:56:57 Odatda "Man.Siti" hisobda yutqizgan taqidirda ham o'yinda yutadi. Ammo juda kam jamoalar "Siti"ni o'yinda ham yuta olgan. Kloppning "Liverpul"i, Tuhelning "Chelsi"si. Bugun "Arsenal" ham qizil kartochkaga qadar shunday taassurot uyg'otdi.

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
10.3K views14:56
Ochish/sharhlash
2022-01-01 17:51:38
"Man.Siti" hisobda yutgan bo'lsada, "Arsenal" muxlislar uchun g'alaba qozondi

Hakam haqida ortiqcha gapirishni hojati yo'q. U haqida Gvardiolaning o'yindan keyingi fikri men uchun qiziq bo'lyapti. Umuman o'yin haqida Pep nima der ekan ?

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
10.5K viewsedited  14:51
Ochish/sharhlash
2021-12-31 20:04:16
2021-yilda telegram kanalida katta o'sishga erishdik. Barchasi sizning qo'llab-quvvatlashingiz tufayli. Ishonch uchun rahmat!

2022-yilda ham rejalarimiz ko'p. Bizni kuzatishda davom eting

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
8.4K viewsedited  17:04
Ochish/sharhlash
2021-12-31 18:15:01
Bu qaysi futbolchi?

P.S: Bu futbolchi 2017-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.


To'g'ri javobni topa olasizmi
10.2K views15:15
Ochish/sharhlash
2021-12-31 08:34:45 ​​Xalqaro sport jurnalistlari assotsiatsiyasi (AIPS) 2021-yilning eng yaxshi sportchisini aniqlashdi. Bir necha hafta davomida o'tgan so'rovnomada assotsiatsianing butun dunyodagi jurnalistlari ishtirok etishdi.

So'rovnoma yakuniga ko'ra, Robert Levandovski barchadan ko'proq ovoz to'pladi.

So'rovnoma natijalariga ko'ra 2021-yilning TOP-10 sportchilari ro'yxati quyidagicha bo'ldi:

1. R.Levandovski (futbol): 435;
2. M.Ferstappen (formula 1): 349;
3. L.Messi (futbol): 314;
4. K.Ronaldu (futbol): 296;
5. K.Varholm (yengil atletika): 291;
6. N.Jokovich (tennis): 289;
7. A.Siladi (qilichbozlik) 281:
8. A.Dyuplantis (yengil atletika): 243;
9. E.Kipchoge (yengil atletika): 207;
10. L.Hemilton (formula 1): 203.

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
148.5K views05:34
Ochish/sharhlash
2021-12-30 11:55:53 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Dembele va "Barselona" kelisha olmadi [Mundo Deportivo]

Tuhel: "Pulishich bilan bo'lgan vaziyatda 100 foizlik penalti bor edi. Maunt bilan vaziyat ham bahsli edi"

Tuhel Lukakuning gollari haqida: "Hayratdaman. U buni qachongacha davom ettira olishini bilmayman"

Gvardiola "Siti"ni peshqadamligi haqida: "Dekabrda hech kim chempion bo'lmaydi. Bizni hali mag'lubiyat ham kutmoqda"

Rangnik: "Man.Yunayted"ga jamoaviy progress kerak. Aynan bir futbolchining qanday ishtirok etishi muhim emas"

"Man.Siti" APLda ketma-ket 10 o'yinda g'alaba qozondi. Gvardiola boshchiligida "Siti" 4-marta bunday natija qayd etmoqda

"Chelsi" joriy mavsum APLda hisobda oldinda bora turib 11 ochko yo'qotdi. Bu o'tgan mavsumdagidan ko'proq

"Sevilya" Marsialni mavsum oxiriga qadar ijaraga oladi [L'Equipe]

Ferran Torres: "Barsa"ga o'tishim mening futbolchi va shaxs sifatida o'sishim uchun muhim qadam"

Pedri, Fati va Depay "Barselona"da umumiy jamoa maahg'ulotlariga qaytishdi [Marca]

"Yuventus" - "Napoli" bahsi kovid tufayli boshqa muddatga ko'chirilishi mumkin [Goal]

"Chelsi" "Everton"dan Lyuka Dinni ijaraga olishi mumkin [Di Martsio]

"Barsa" yozda top hujumchi sotib olmoqchi. Asosiy maqsad - Holland, Vlahovich va Adeyemi esa unga alternativ sifatida ko'rilmoqda [Diario Sport]

Militao "Real" tarkibida dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

"Inter" Shkrinyar bilan shartnomani 2026-yilga qadar uzaytirishi mumkin [Nikolo Skira]

"Man.Siti" 2021-yilda umumiy hisobda 19 safar o'yinida g'alaba qozondi. Bu APL mutloq rekordiga aylandi

"Barselona" Aspilikueta va Kristensenni tarkibga qo'shib olmoqchi. Ularning shartnomasi yozda o'z yakuniga yetadi [Diario Sport]

Marselo agar "Real" bilan shartnomani uzaytirmasa faoliyatini yakunlashi mumkin [Marca]

Klopp "Lester"dan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Biz juda yomon o'ynadik. Jamoa ritmni yo'qotdi va uni o'yin davomida topa olmadi"

Salah APLdagi faoliyatida ikkinchi marta penaltini golga aylantira olmadi

Ronaldinyo: "PSJ" dunyoning eng yaxshi jamoasi, Mbappe bu yerda uzoq vaqt qoladi. Ularda Chempionlar ligasini yutish imkoniyati bor"

Mbappe: "Yo'q. Qishda "Real" tarkibiga o'tmayman va mavsumni "PSJ"da tugataman"

"Barselona"da Alba, Alves, Langle, Balde, Umtiti, Dembele va Gavida koronavirus qayd etilgan, Roberto, Breytueyt, Destda jarohat bor

Vinisius, Kurtua, Valverde va Kamavinga kovidga topshirgan test natijalari musbat chiqdi

Bernardu Silva: "APL hozirda eng yaxshi liga. Ispaniya bir necha yil davomida dominantlik qildi"

"Inter" Skamakka uchun "Yuventus" bilan raqobatlashadi [Football Italia]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
10.7K views08:55
Ochish/sharhlash
2021-12-29 15:12:10
Ko'pchilikka o'rnak bo'lishi va motivatsiya ulashishi mumkin bo'lgan hikoya.

Luish Nani hikoyasi...





Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
39.8K views12:12
Ochish/sharhlash
2021-12-29 13:59:56
Ёшлар йилида ёшлар учун нималар қилинди?

Ёшлар ишлари агентлиги директори Алишер Саъдуллаев ёшлар билан очиқ мулоқоти давомида жорий йилда ёшлар учун йўлга қўйилган тизимлар, лойиҳалар ҳамда келгусида ёшлар учун амалга оширилиши кутилаётган имкониятлар ҳақида батафсил маълумот берди.

Тўлиқ видео:



@pressuzb
5.2K views10:59
Ochish/sharhlash
2021-12-28 11:16:41 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Arsenal" Koutinyoga qiziqishda davom etmoqda [todofichajes]

Gvardiola: "Agueroga o'rinbosar yo'q. "Man.Siti" oxir oqibat hujumchi sotib olmadi. Klub hujumchi sotib olishi kerak"

Rojers: "Ikkinchi golda penalti yo'q edi. Lyaport o'zi yiqilib tushgan edi"

Tuhel: "APL mavsumni davom ettirishga qaror qilgan ekan, demak 5ta o'zgarishga qaytishi kerak. Vaziyat jiddiy"

Konte: "Tottenhem" o'yinini kuchaytirish kerak bo'lgan nuqtalar bor. Pozitiv holat ko'proq, ammo 2 kundan keyin bari o'zgarishi mumkin."

Saka "Arsenal" safida 10ta gol urgan Anelkadan keyingi eng yosh futbolchiga aylandi

Smit-Rou "Arsenal"da zaxiradan maydonga tushib ketma-ket uch o'yinda gol urgan Rositskiydan keyingi ikkinchi futbolchiga aylandi

"Barsa" Messi ortidan pul ishlashda davom etmoqda. Klub Leoning imzosi tushurilgan futbolkalarni 1170 yevrodan, sardorlik bog'ichini esa 643,5 yevrodan sotmoqda [As]

"Real" Beyl va Iskoni yanvarda sotmoqchi. Shuningdek, Azar, Yovich va Dias bo'yicha ham takliflarni ko'rib chiqishga tayyor [Marca]

Vlahovichning orzusi "Real"da o'ynash. Ammo klub unga qiziqayotgani yo'q. Uning asosiy xaridorlari APL klublari, "Yuventus" va "Bavariya" bo'lib turibdi [Sky Sport Italia]

"Roma" "Arsenal"da Meytlend-Naylzni ijaraga olishi mumkin [Di Martsio]

"Sevilya" Marsialga asosiy xaridor ammo maosh borasida muammolar bor [Estadio Deportivo]

Ferran Torres Ispaniyada tibbiy ko'rikdan o'tmoqda [Fabritsio Romano]

Dembelega "MYU", "Liverpul" va "Nyukasl"dan takliflar bo'lmoqda. Futbolchi "Barsa"ning taklifiga javobini aytganicha yo'q [Mundo Deportivo]

Jorjinyo APLda bir taqvim yilida penaltilardan urilgan gollar bo'yicha rekord o'rnatdi

Tuhel Lukaku haqida: "Shifokorlarimiz qarshiligiga qaramay uni maydonga tushirgan edik"

Matich Rangnik haqida: "APL 15 yil avvalgidan ko'ra mukammallashgan. Murabbiy moslashishiga vaqt kerak"

Bonuchchi: "Agar biz Portugaliyaga ro'baro kelsa Ronaldu oyoqlarini ayamaymiz"

"Man.Siti" dunyodagi eng qimmat tarkibga ega klub deb topildi. Jamoa futbolchilari narxi 1004 mlrdga baholandi. Keyingi o'rinlardada "Chelsi" (879), "MYU" (865) va "Liverpul" (861) bormoqda

Janluka Di Martsio: "Holland agentiga agar "Barsa" varianti o'xshamas, "Real" bilan kelishish haqida aytdi. Unga APL yoqmayapti"

Rafinya ijara asosiyda "Real Sosedad" jamoasi tarkibiga qo'shildi

Van Deyk, Tyago va Fabinyo umumiy jamoa mashg'ulotlariga qaytishdi

Alves va Langleda koronavirus aniqlandi

"Nyukasl" qishda Veynaldumni ijaraga olmoqchi [As]

"Yuventus" Skamakkani sotib olmoqchi. "Sassuolo" futbolchi uchun 40 mln yevro so'ramoqda [TMW]

"Nyukasl" qishda Iskoni sotib olish haqida o'ylamoqda [As]

Eto'O, Anchelotti va Dani Alves ispaniya solig'idan katta qarzdorligi ma'lum bo'ldi [Marca]

"Liverpul" "Vest Hem" futbolchisi Bouenga va "Lids" futbolchisi Rafingaya qiziqish bildirmoqda [Liverpool Echo]

Pirlo "Benfika"da ish boshlashi mumkin [Calciomercato]

"Real" Iskoni yozda tekinga qo'yib yuborishga ham tayyor [ABC]

Rojers APL taqvimi haqida: "Bu tartibsiz taqvim. Futbolchilar 72 soatgacha tiklanib ulgurishmaydi"

Mbappe: "PSJ" "Real"ni yutadi. Men 2022-yilda Chempionlar ligasi va mundialda yutmoqchiman"

Sablyos "Real"dan "Betis"ga o'tishga yaqin. Transfer 15 mln yevroga baholanmoqda [Rudi Galetti]

"Real" Ryudiger uchun "Bavariya" va "PSJ" bilan raqobatlashishga tayyor [As]

Hau: "Nyukasl" g'alaba loyiqroq edi. Umid qilaman bu yangi jamoaning qayta uyg'onishi edi"

Rangnik: "MYU"ning o'yini umuman yoqmadi. Lekin ochko olganimiz biz uchun yaxshi natija"

Nevill "MYU" haqida: "Ikki autsayderga qarshi bahsda hech nima ko'rsata olishmadi"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
11.3K viewsedited  08:16
Ochish/sharhlash
2021-12-27 20:08:27
Kilian Mbappe GlobeSoccerAwards tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Levandovski, Benzema, Salah, Ronaldu, Messidan birotasi yutsa kerak deb o'ylagan edim. Ammo Mbappe emas

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
8.1K views17:08
Ochish/sharhlash