Get Mystery Box with random crypto!

Kevin De Bruyne hikoyasi (1-qism) Men juda rostgo’y insonman | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Kevin De Bruyne hikoyasi (1-qism)

Men juda rostgo’y insonman va sizga bir sirni ochaman. “Manchester Siti”ga kelgunimga qadar men Rahim Sterling bilan qanday munosabatda bo’lishimni bilmas edim. Men u bilan uchrashmaganman, ammo ingliz nashrlarida uni umuman boshqa shaxs qilib ko’rsatishardi. Shu tufayli men ham u haqida boshqacharoq fikrda edim.

Aslida u unchalik ham yomon yigit deb o’ylamasdim. Biroq turli nashrlar uni kattafe’lligiga ishora qilishardi. Shu tufayli men uni biroz… inglizlar nima deyishardi a ?

Manman, mahmadona.. u haqida taxminan shunday fikrda edim ?

Hozirda bizning Rahim bilan aloqalarimiz juda mustahkam. Chunki biz “Siti”ga deyarli bir vaqtda kelganmiz va o’sha vaqtlarda biz haqimizda juda ko’p negativ fikrlar aytilar edi. Ular meni “Chelsi” yuz o’girgan, Rahimni esa pul uchun “Liverpul”dan voz kechgan futbolchi deb bilishar edi. Qisqasi ular bizni yomon personajlarga aylantirib qo’yishgandi.

Albatta men o’zim haqimdagi maqolalarni o’qiganimdan so’ng buni jiddiy qabul qilmasdim. “Men ? Men og’ir harakterlimanmi ? Bu kulguli. Ular meni xatto tanishmaydi hamku!” deb kulib qo’yardim o’zimga o’zim. Ammo boshqa futbolchilar haqida o’qisang bu seni ular haqidagi fikringga biroz bo’lsa ham ta’sir o’tkazar ekan va bunga qarshi hech nima qila olmas ekansan.

Keyin esa men Siti tarkibiga kelib qo’shildim va Rahim bilan tanishdim. Biz u bilan mashg’ulotda biroz suhbatlashdik va men o’zimga o’zim shunday derdim: “To’xta, bu bola chindan shunchalik zo’rmi ? Bu yerda nimalar bo’lyapti o’zi?”

Rostini aytsam, hayotda ham futbolda ham mening yaqin insonlarim juda kam. Men boshqa insonlarga o’z ichimdagini ochishim qiyin. Biroq vaqt o’tgani sari Rahim bilan munosabatimiz qalinlashib bordi. Ustiga ustak, farzlandlarimiz ham deyarli bir vaqtda dunyoga kelishdi va hozir ham birgalikda bir jamoada o’ynashmoqda. Men u bilan yaqindan tanishdim va u qanchalik aqlli va rostgo’y insonligini tushundim. U ayrim nashrlarda yozilgan insondan keskin farq qiladi.
Rahim – men futbolda uchratgan juda hushmuomala va kamtar yigitlardan biri. Bu haqiqat.

Tanishuvimizning dastlabki kunlarida u menga shunday degandi: “Og’ayni, sen men o’ylaganimdan ancha farq qilar ekansan. Men seni uyalchang va odamovi bo'lsang kerak deb o'ylardim. Ammo sen ancha xushchaqchaq ekansan"

Men unga shunday javob bergandim: “Mening hazilim o’zi shunaqa quruqroq”

Keyin u yana savol berdi: “Senchi, men haqimdagi fikring qanaqa edi ?”

Men unga: “Rostini aytsam, seni biroz manman bo’lsang kerak deb o’ylagan edim” deb javob berdim.

U menga ajablangancha qarab shunday degandi: “Hoy, og’ayni!”

Men unga qarab: “Nima ? Sen ham meni biroz odamovi bo’lsang kerak deb o’ylagandim dedingku!"

O’ylashimcha, bu juda yaxshi dars. Tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, futbolchilar aslida siz kutganingizdan farq qilishi mumkin. Ayniqsa, siz ular bilan yaqindan tanishsangiz. Bu aslida tabiiy jarayon. Rahim meni ham biroz og’ir tabiatli inson deb o’ylaganini to’g’ri qabul qilaman. Chunki 16 yoshimgacha men rostan ham ko’pchilik uchun sirli va og’ir tabiatli shaxs edim.

Hozir sizlarga o’zim haqimda qisqacha hikoya qilib beraman, ammo, iltimos, meni tushunishga harakat qiling, chunki men uchun eng qiyini bu o’zim haqimda gapirish. Futbol ? Men bu haqida soatlab siz bilan suhbatlashim mumkin. Ammo shaxsiy hayotim haqida so’zlash men uchun mushkul.

Davomi bor...

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan