Get Mystery Box with random crypto!

Kevin de Bruyne hikoyasi (4-qism) Yigʼinlarda qatnashib yurga | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Kevin de Bruyne hikoyasi (4-qism)

Yigʼinlarda qatnashib yurgan paytimda kayfiyatim juda yaxshi edi. Mavsum boshidagi toʼrt oʼyinning ikkitasida asosiy tarkibda maydonga tushdim va menimcha yaxshi o’ynadim. To’g’ri balki u qadar zoʼr oʼynamagan boʼlishim mumkin, lekin yaxshi oʼynadim. Biroq toʼrtinchi oʼyindan keyin hammasi tugadi. Zaxiraga mixlandim va menga boshqa imkon taqdim etilmadi. Hech kim sababi nima ekanini tushuntirmadi ham.

Ha, oʼzimda ham xatolar boʼldi. АPL futbolchisi oʼzini bunday vaziyatlarda qanday tutishi kerakligini bilmasdim. Muxlislar koʼp narsani bilishmaydi, masalan, agar murabbiyning rejalarida boʼlmasang, mashgʼulotlarga zo'r berishning foydasi yo'q. Xuddi shu holatga hozir tushsam, menga muammo emas, oʼzim shugʼullanib ham, kerakli formani ushlab tura olaman. Аmmo 21 yoshligingda bu haqida bilmas ekansan. Angliya Kubogida "Suindon Taun"ga qarshi bahsda menga yana bir bor imkon berildi, ammo bu paytda formadan chiqib ketgan edim. Shu bilan hammasi tugadi.

Dekabrda Joze meni xonasiga chaqird. Bu hayotimdagi ikkinchi burilish nuqtasi edi. U oldiga bir qator qogʼozlarni qoʼyib olgandi va birini oʼqiy boshladi.

“Bitta assist. Gol yoʼq. Oʼnta jarohat”.

Bir daqiqadan so’ng uning nima qilayotganini angladim. Keyin u boshqalarning statistikalarini keltira boshladi. Villian, Oskar, Mata, Shyurrle... “Besh gol, 10 uzatma...” va yana bir nimalar…

Joze mendan bunga biror izoh berishimni kutayotgandi va men unga shunday dedim:

“Lekin… ularning ayrimlari 15, 20 oʼyinda qatnashishdi. Men esa bor yo’g’i uch oʼyinda maydonga tushdim. Demak, koʼrsatkichlar ham farq qilishi tabiiy”.

Bu biroz gʼalati bo’lgandi. Biz meni yana biror jamoaga ijaraga berish kerakligi haqida suhbatlashdik. O’sha vaqtlarda Mata ham uning rejalariga kirmasdi va Joze aytdiki, agar Mata sotilsa, men oltinchi emas, beshinchi tanlov boʼlarkanman.

Men unga rostini aytdim: “Klubga kerak emasligimni his qilib turibman. Men futbol oʼynamoqchiman. Meni boshqa biror jamoaga sotib yuborsangiz degandim”

Menimcha, Jozega bu yoqmadi, lekin nazarimda, u ham menga o’yin amaliyoti kerakligini tushunib turardi. Yakunda “Chelsi” meni sotishga qaror qildi va transfer borasida muammo tugʼilmadi. Londonliklar menga sarflangan puldan ikki barobar koʼproq pul olishdi. “Volfsburg”da esa men o’zimni juda yaxshi his eta boshladim.

U yerda hammasi oʼzgardi. Faqat futbol tomonlama emas. Yonimda endi boʼlajak rafiqam ham bor edi. Uning yordamida koʼp jihatdan shakllandim. Аytib bergani biroz uyalyapman, ammo u bilan qanday tanishganimiz ham qiziq. Mayli, hech narsani sir tutmaslikka vaʼda berganim uchun ham bu voqeani aytib beraman.To’g’risi bu biroz g’alati bo’lgandi.

Hammasi birgina tvitdan boshlandi. U paytda hali “Verder”da ijarada oʼynar, tvitterda ham bir necha ming folloverim bor edi, xolos. Oʼyin haqidami, boshqami, nimadir yozdim va bir chiroyli qiz “layk” bosdi. Yonimda oʼtirgan sherigim buni koʼrib qoldi va menga u qiz juda chiroyli ekanini va javob yozishim kerakligini ayta boshladi.

“Yoʼq, yoʼq. Men yoqimtoy emasman. Odamlar meni tushunmaydi. U qiz javob ham bermasa kerak” deb qoʼrqdim.

U telefonimni olib qoʼydi va oʼzicha bir nimalar deb yoza boshladi. Keyin esa menga telefonni ko’rsatib shunday dedi: "Nima qilay, joʼnataymi?"

Davomi bor...

1-qism
2-qism
3-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan