Get Mystery Box with random crypto!

Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal H
Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @turdialiyev_hasan
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.73K
Kanalning ta’rifi

Sharhlovchi Hasan Turdialiyevning rasmiy kanali:
Reklama bo'yicha savollarga 👉 @Sport_Rek
Instagram: https://instagram.com/hasan_turdialiyev

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 122

2021-12-21 10:23:35 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

APL klublari o'rtasida bo'lib o'tgan yig'ilishga ko'ra jamoalar mavsumni to'xtatmaslikka qaror qabul qilishdi [BBC]

Muhammad Salah muxlislar talqiniga ko'ra APLda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Kuchli uchlikdan Rays va Fernandesh joy oldi

"Tottenhem" "Barselona"dan Langleni sotib olishga urinib ko'radi [Jerar Romero]

"Man.Yunayted" "River Pleyt" futbolchisi Alvares transferi bo'yicha ish boshladi [Ole]

Simeone Trippyerni "Nyukasl"ga o'tishiga rozilik bildirdi [todofichajes]

"Valensiya" Iskoni sotib olishga urinib ko'radi [todofichajes]

Xavi: "Sevilya" ayni paytda "Barsa"ga o'rnak bo'lishi kerak. Ular bu mavsum La ligani yutish uchun nomzod"

Tolissoning oila a'zolari uni "Real"ga yoki birorta APL jamoasiga o'tadi deb hisoblashmoqda [As]

"Barsa" Torres uchun "Man.Siti"ga 50 mln yevro taklif bilan chiqdi, "Siti" 60 mln yevro xohlamoqda. Kataloniyatliklarda Torres o'rniga Ziyesh varianti ham mavjud [Fabritsio Romano]

"PSJ" Ikardini "Yuventus"dan Arturga almashtirishi mumkin [La Gazzetta dello Sport]

"Barsa" va Kavani 1,5 yillik shartnoma bo'yicha kelishib olishdi. Transfer uchun "Man.Yunayted" futbolchi bilan shartnomani bekor qilishi kerak [Diario Sport]

Cherchesov "Ferensvarosh" jamoasi bosh murabbiyiga aylandi

Sautgeyt barchani vaksina olishga chaqirdi: "Biz o'zimiz va boshqalar haqida qayg'urishimiz kerak"

Leonardo Ramos jarohati haqida: "PSJ" Ramossiz 4-5 oy muddatga qolib ketadi deb o'ylamagan edik. Buni deb biroz asabiylik kuzatildi"

Messi 2021-yilda "Barselona"ning, Ronaldu esa "Yuventus"ning eng yaxshi to'purari bo'lib qolmoqda

Infantino: "Har 2 yilda mundial o'tkazilishi 4 yil ichida bizga 4,4 mlrd dollar qo'shimcha daromad olib keladi"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
15.5K views07:23
Ochish/sharhlash
2021-12-20 14:44:28 Youtubeda ko'rishni istaganlar uchun





Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
9.3K views11:44
Ochish/sharhlash
2021-12-20 13:07:05
Siz kutgan video

Ustoz shogird suhbati

O'zbek tilida

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
33.9K viewsedited  10:07
Ochish/sharhlash
2021-12-20 12:55:29 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Liverpul"ning 8 o'yindan iborat g'alabali seriyasi barham topdi

Klopp: "Chorshanba kuni o'ynadik, keyin yakshanba kuni. Endi bizni seshanba kuni ham o'yin kutmoqda. Bizga futbolchi yetishmayapti"

Konte: "Tottenhem"ning rejasi bor edi, biz faqat himoyalanmoqchi emasdik. Durangdan biroz afsusdamiz"

Anchelotti: "Real" 3 ochkoga loyiq edi. Ammo bizga hujumdagi harakatlarimizga sifat yetishmadi"

"Borussiya D" bosh direktori "Real" Hollandga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi [El Chiringuito TV]

"Barselona" Koutinyoni "Tottenhem" va "Nyukasl"ga taklif etadi [The Mirror]

"Chelsi" Teo Ernandesga qiziqish bildirmoqda [El Nacional]

"Man.Siti" Kanseluga yangi shartnoma taklif etadi [Daily Star]

"Leypsig" Moribani ijaraga bermoqchi [Goal]

Molina La ligada xet-trik qayd etgan eng yoshi katta (39 yosh) futbolchiga aylandi

Tadichning 2021-yildagi assistlari soni 37taga yetdi va u bir taqvim yilida qayd etilgan assistlar soni bo'yicha Messi rekordidan o'zib ketdi

Keyn joriy mavsum APLda 2-golini urdi. U 2 oydan beri gol ura olmayotgan edi

Tuhel: "Hozir men uchun hisob muhim emas. Eng asosiysi bizning o'yinimiz. Yigitlarning ikkinchi bo'limidan ko'nglim to'ldi"

"Nyukasl" 2021-yilda 79ta gol o'tkazib yubordi va APL antirekordini takrorladi. Hau shogirdlarini oldinda "Man.Yunayted" va "Everton"ga qarshi bahslar kutmoqda

Karrager: "Siti"ni tushunmayman. Tarkibida Angliyaning eng yaxshi futbchisi Sterling bo'la turib Grilishga shuncha pul to'lamoqda"

"Man.Siti" 2021-yil APLda 34 bahsda g'alaba qozondi va bir taqvim yilidagi g'alabalar soni bo'yicha APLda mutloq rekord o'rnatdi

Gvardiola: "Bu bizning eng yomon birinchi taymimiz bo'ldi. Futbolchilar to'pga ortiqcha teginishlarni amalga oshirishdi. Ularda men xohlagan ritm yo'q edi"

"Man.Siti" bir taqvim yilidagi gollari sonini 106taga yetkazdi

Keyn: "Tottenhem" g'alaba qozona olmaganidan biroz afsusda. Bizning vaziyatlar xavfliroq edi"

Mbappe 2021-yilda terma jamoa va klub safida 51ta gol urdi va bu ko'rsatkich bo'yicha faqat Levandosvkidan (69) ortda qoldi

"Vulverhempton" murabbiyi: "Biz "Chelsi"dan ustunlik qildik va ularga ko'proq muammo tug'dira oldik. Durang adolatli hisob, ammo biz ko'prog'iga ham munosib edik"

"Milan"ning g'alabasiz seriyasi 3taga yetdi. Klub turnir jadvalida uchinchi pog'onaga tushib qoldi

"Real" "Kadis" darvozasiga 36ta zarba berdi va 81,95 foiz to'pga egalik qildi. Bu klubning 2005/06-yilgi mavsumdan beri qayd etgan eng yaxshi natijasiga aylandi

UEFA "Tottenhem"ga texnik mag'lubiyat yozdi. Shu tariqa, londonliklar Konferensiyalar ligasidan chiqib ketishdi

"Barselona" yanvarda Torresni sotib olishni istamoqda. "Man.Siti" futbolchi uchun 50 mln yevro so'ramoqda. "Barselona" esa bu mablag'ni topish uchun Koutinyoni sotishi kerak [Sport.es]

Mahrezning "Man.Siti" safidagi gollari soni 50taga yetdi

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
10.7K viewsedited  09:55
Ochish/sharhlash
2021-12-20 09:16:55 Dam olish kunlaridan so'ng top5 chempionatlardagi turnir jadvalidagi holat bilan tanishing

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
11.6K views06:16
Ochish/sharhlash
2021-12-20 09:15:51
11.5K views06:15
Ochish/sharhlash
2021-12-19 09:40:20 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Real" yozda Hollandni sotib olishga urinib ko'radi, ammo yanvarda imkon tug'ilsa buni amalga oshirishga ham tayyor [As]

Anchelotti: "Hozirda "Barselona" "Real"ning to'g'ridan to'g'ri raqibi emas"

Ibrahimovich: "Mbappe menga Ronaldoni eslatib yubormoqda. Hollandning esa gollarga ehtirosi yuqori darajada"

Nagelsmann peshqadamlik haqida: "Birinchi davra natijalaridan juda ham mamnunman"

Levandovski: "Myuller rekordini buza olganim bilan faxrlanaman. 2021-yilda men yangi darajaga chiqa oldim"

Inzagi ketma-ket 5 quruq o'yindan so'ng: "Qog'ozda bu oson ko'rinishi mumkin, ammo aslida unday emas"

Leonardo Mbappe haqida: "Muhim, noyob va mo'jizaviy. "PSJ" nima xohlayotganini yaxshi bilasiz... Buyog'ini vaqt ko'rsatadi"

Alfonso Devis: "Levandovski ayni paytda eng yaxshi hujumchi"

"Barselona" Lyuk de Yongni "Fenerbaxche"ga ijaraga berishi mumkin [Mundo Deportivo]

"Barselona" yozda Frenki de Yong ham sotishi mumkin [Marca]

Diyego Kosta qishda Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin [Goal]

"Inter" 2021-yil A Seriyada 100ta gol urdi. Bu klub rekordi hisoblanadi

"Barselona" 1978-yildan beri ilk bor "Elche"dan gol o'tkazib yubordi

Aguero kelajakda "Man.Siti"ning elchisiga aylanishi va TVda mutaxassis sifatida ishlashi ham mumkin [Ole]

"Arsenal" "Lids"ga qarshi bahsning 1-taymda 11ta aniq zarba yo'lladi. Bu mazkur statistika yuritila boshlanganidan beri qayd etilgan APL rekordiga aylandi

Arteta: "Bir haftada uchta o'yin o'tkazdik. Bu jismonan juda qiyin o'yinlar edi. Ammo yigitlardan ko'nglim to'ldi"

"Barselona" 4 o'yinli g'alabasiz seriyasiga nuqta qo'ydi

"Arsenal" Angliyaning eng yuqori divizionida 7000ta gol urgan uchinchi jamoaga aylandi. Avvalroq bu natijaga "Liverpul" va "Everton" erishgan edi

Reshford "Man.Yunayted"da hujumchilar ko'payib ketayotgani uchun boshqa jamoaga o'tishi mumkin. "Barselona" ham variantlar ichida mavjud [Efe]

Ronaldo futbolchilik faoliyatini boshlagan "Kruzeyro" jamoasining egasiga aylandi. U 70 mln dollarga klubni 90 foiz aksiyasini sotib oldi

Lopetegi: "Bizga taxminan 9-10 nafar futbolchi yetishmayapti"

Rakitich 56ta gol bilan La ligada eng ko'p gol urgan xorvatiyalik futbolchilar orasida 2-o'ringa ko'tarildi. U faqat Shukerdan (114) ortda qolmoqda

"Barselona" rahbarlari Dembeledan jahli chiqmoqda. U Agueroning xayrlashuv marosimiga tashrif buyurmadi [Diario Sport]

Simeone: "Biz hozir qiyin vaziyatdamiz. Natijalarimiz yomon. O'zimizga bo'lgan ishonchni qaytarishimiz kerak"

"Atletiko" 2011-yildan beri ilk bor La ligada ketma-ket 3 o'yinda mag'lub bo'ldi

Luis Suares La Ligada ketma-ket 7 o'yindan beri gol ura olmadi. Bu uning Ispaniyadagi shaxsiy antirekordiga aylandi

Shevchenko "Jenoa"da A Seriyaning ketma-ket 6 o'yinida yuta olmadi va bu borada klub murabbiylari orasida antirekord o'rnatdi

Ronaldu Fergyuson haqida: "Doimo aytganman, u mening futboldagi otamdek inson"

Xavi 1987-yildan beri "Barselona"da eng yomon debyutni amalga oshirgan murabbiyga aylandi

Gavi La ligada gol urgan 2000-yildan keyin tug'ilgan "Barselona"ning to'rtinchi futbolchisiga aylandi

Xavi: "Biz avvalgi etalon o'yinimizga qaytishimiz kerak va to'p bilan ko'proq muomalada bo'lishimiz zarur"

Kavani "Barselona"ga o'tish uchun "Man.Yunayted" bilan shartnomani buzishga ham tayyor [ESPN]

De Ligt: "Inter" bilan o'yinda ochko yo'qotish boshqa masala, ammo kuchsiz jamoalarga qarshi bahsda bu holat kuzatilishi meni jahlimni chiqarmoqda"

Mourinyo: "Men doim "Roma" top klublarni 19 oydan beri yuta olmaydi degan so'zlarni eshitaverardim. Endi esa siz ularni 20 daqiqadan beri yuta olmayapsiz deyishingiz mumkin"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
16.8K viewsedited  06:40
Ochish/sharhlash
2021-12-18 17:24:07
Bizda ham shunday sardorlar bor

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
16.3K viewsedited  14:24
Ochish/sharhlash
2021-12-18 09:04:20 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

2024-yilda Braziliya, Argentina, Kolumbiya, Urugvay, Chili va Peru UEFA Millatlar ligasining A ligasida ishtirok etishadi, Boliviya, Ekvador, Paragvay, Venesuela esa B ligada qatnashishadi

"Barsa" Bartrani ortga qaytarish haqida o'ylamoqda [Diario Sport]

Xavi Holland haqida: "Tebas uning kelishiga birinchi navbatda qiziqishi kerak. Bu La ligaga birinchi navbatda foyda"

Obameyang Afrika Millatlar kubogigacha "Arsenal" safida maydonga tushmaydi. Futbolchi guruhdan alohida shug'ullanmoqda [The Telegraph]

"Chelsi" Kundega bo'lgan qiziqishni yo'qotmagan. "Sevilya" narxni 50-60 mln yevrogacha kamaytirishga tayyor [ESPN]

APL klublari kovid bilan bog'liq masalani hal etish uchun dushanba kuni yig'ilish o'tkazishadi [BBC]

Ispaniya kubogining 1/16 finalida "Real" "Alkoyano" bilan "Barsa" esa "Linares" bilan o'ynaydi

Gvardiola koronavirusga test topshirdi va natijalar manfiy bo'lib chiqdi. Avvalroq Pepda koronavirus alomatlari kuzatilayotgani haqida xabar chiqqan edi

"Man.Yunayted" Marsial bo'yicha hech qanday taklif olmagan. Klub unga kimdir qiziqishiga ishonmayapti [ESPN]

Xavi: "Barsa" La liga uchun kurashdan chiqdi deya olmaymiz. Biz barcha sovrin uchun kurashishimiz kerak"

"Barsa" ter Shtegenni sotmoqchi emas. Xavi unga ishonmoqda [Diario Sport]

Tebas (La liga rahbari): "Barselona" Hollandni sotib ololmasa kerak"

Levandovski 2013-yil Ronalduning gollar soni bo'yicha (69) shaxsiy rekordini takrorladi. Robertga bu uchun 59 o'yin kerak bo'ldi

Levandovski bir yil ichida Bundesligada kiritilgan gollar soni bo'yicha Gerd Myuller rekordidan (42) o'zib ketdi

Asensio, Beyl, Lunin va Rodrigoda koronavirus aniqlandi

Tadich 2021-yilda 37-assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi va Messining 2011-yilda o'rnatgan rekordidan (36) o'zib ketdi

Simeone: "Joau Feliks "Atletiko"ga aynan kerak bo'lgan futbolchi. "Real" bilan bahsda ham u o'z iqtidorini namoyish etdi va shu yo'sinda davom etadi deb umid qilaman"

Salah APLda ketma-ket 15 o'yinda gollarda ishtirok etib kelmoqda va bu ko'rsatkich bo'yicha Vardi rekordiga yetib oldi

Konte: "Dastlab 3 kun mashg'ulot o'tkaza olmadik. Keyin 12 futbolchi bilan shug'ullandik. Bunday sharoitda mashg'ulot o'tkazish oson bo'lmadi"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
12.1K views06:04
Ochish/sharhlash
2021-12-16 11:21:01 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Arsenal" "Vest Hem"ni mag'lub etib turnir jadvalida kuchli to'rtlikka qaytdi

Arteta: "Vest Hem"ga qarshi bahsda to'liq ustunlikka erishish qiyin. Shuning uchun eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak edi"

Luis Suares: "Men bir tadbirda edim va u yerda bizga yana "Bavariya" tushganini aytishdi (birinchi qur'a). Men esa shunday dedim: "Bavariya"? Yanami ?"

"Liverpul" "Portu" futbolchisi Dias transferini tezlashtirmoqchi [TMW]

"Man.Siti" Agueroga: "Qirol Kun, yillar davomida klubning rivojiga qo'shgan hissang uchun tashakkur"

Aguero: "Shifokorlar boshqa o'ynay olmasligimni aytishdi. Men faoliyatim bilan faxrlanaman va minnatdorman"

Modrich va Marseloda koronavirus aniqlandi

La liga rahbari: "Agar "Real" istasa, Mbappeni ham Hollandni ham sotib olishi mumkin. Faqat aql bilan ish tutilishi kerak"

Omikron shtammi tez rivojlanayotgani tufayli Afrika Kuboki o'tkazilmasligi mumkin [RMC Sport]

"Barsa" qishda "Arsenal"dan Obameyangni sotib olishi mumkin [Diario Sport]

"Barselona" ham Holland uchun kurashga qo'shilishi mumkin. Ammo "PSJ"ning bu raqobatga qo'shilishidan havotirda [Diario Sport]

"Real" Agueroga: "Dunyodagi eng yaxshilardan biri. Senga qarshi o'ynash biz uchun sharaf"

Pedri va Fati 2-yanvarda "Malyorka"ga qarshi bahsda "Barsa"ga yordam bera olishadi [Mundo Deportivo]

Gvardiola: "Maradona Italiyani zabt etdi. Messi Ispaniyani. Aguero esa Angliyani"

Italiya va Argentina terma jamoalari 1-iyun kuni Londonda xalqaro turnirda o'zaro o'yin o'tkazishlari mumkin

Levandovski joriy mavsum yana bitta gol ursa Ronalduning 2013-yilda o'rnatgan rekordiga (69 gol) yetib olishi mumkin

"Inter" Eriksen bilan xayrlashishga qaror qildi [Nikolo Skira]

Gvardiola APLda o'zi to'qnash kelgan raqiblarining 29tasidan 28tasini mag'lub etgan. Faqat "Midlsbro" klubi Pep jamoasiga yengilmagan

Frenki De Yong otasi: "Yevropaning top5 jamoalaridan Frenkiga qiziqish bo'lmoqda"

Xavi: "Alves evaziga biz so'nggi uzatmalarimizni yaxshilashimiz mumkin"

"Atletiko" Marsialga qiziqish bildirmoqda [Eurosport]

Ferran Torres "Barsa"ning asosiy maqsadi. Ammo "Man.Siti" bu kelishuvga rozi bo'lmasa Sanches bilan shartnoma imzolanishi ham mumkin [As]

"Barsa" Lyuk de Yongni Aleksis Sanchesga almashtirishi mumkin. Bu uchun Xavining roziligi kerak [Diario Sport]

"Bavariya" De Ligtni sotib olishi mumkin [TMW]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
10.9K viewsedited  08:21
Ochish/sharhlash