Get Mystery Box with random crypto!

Aksirishni ushlab turish xavflimi? Burunga tushgan chang, tu | Tibbiy sahifa 🩺

Aksirishni ushlab turish xavflimi?

Burunga tushgan chang, tutun, mikrob yoki boshqa yot jismlarga nisbatan himoya reaksiyasi sifatida aksirish paydo bo‘ladi.

Aksirish vaqtida nafas tizimidagi bosim odatdagidan 24 martagacha ortadi va buni ushlab turishga urinish ba’zi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Yuqori bosimli aksirishni to‘liq ushlab qolsangiz, bu quloq pardasi yorilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, havoni burun yo‘lidan quloqlarga qayta yo‘naltirish bakteriyalarni yoki zararli shilimshiqni o‘rta quloqqa o‘tib, infeksiya keltirib chiqarishi mumkin.

Aksirishni ushlab qolish tufayli eng yomon oqibatlar sifatida diafragma shikastlanishi, miya anevrizmalari kuzatilishi mumkin. Shuning uchun organizm bunga ehtiyoj sezganida aksirishni to‘xtatishga urinmang!

Tibbiy sahifa