Get Mystery Box with random crypto!

Sektor rahbarlari va bitiruvchi talaba yoshlar uchrashuvi “Y | TerDU rasmiy kanali

Sektor rahbarlari va bitiruvchi talaba yoshlar uchrashuvi

“Yoshlar markazi” binosida Oltinsoy tumani sektor rahbarlari ishtirokida sektor rahbarlari va bitiruvchi talaba yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimi oʻrinbosari I.Safarov, Oltinsoy tumani hokimi B.Maxmatraemov, Termiz davlat universiteti Yoshlar masalalari va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha prorektor O.Shofiyev, universitet yoshlar ittifoqi yetakchisi I.Tolipov, talabalar hamda boshqalar ishtirok etishdi.

Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda soʻzga chiqqanlar bugun yoshlar uchun mamlakatimizda keng imkoniyatlar yaratilayotgani va ularning bandligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

Bitiruvchi talaba yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda Oltinsoy tumanining 30ga yaqin tashkilotlari 400ga yaqin boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi va turli vakansiyalarini talabalarga taklif etishdi.

Shundan soʻng, talaba yoshlar va uchrashuv ishtirokchilari uchun iftorlik dasturxoni yozildi. Konsert dasturi esa barchaga birdek xush kayfiyat bagʻishladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt