Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 21.09K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 12

2023-04-10 18:02:05
#TerDU | #xalqaro_aloqalar

Vladimir davlat universiteti professorlari TerDUda

Batafsil ushbu havolada

Преподаватели Владимирского Государственного Университета в ТерГУ

Подробнее по этой ссылке

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.5K views15:02
Ochish/sharhlash
2023-04-10 17:19:07
#Abdulla_Qodiriy

"O'zbek romanchiligining asoschisi"

10-aprel barchaga keng ma’lum shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, o‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi Abdulla Qodiriyning tavallud topgan kuni.

Termiz davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida Abdulla Qodiriy tavalludiga bag'ishlangan "O'zbek romanchiligining asoschisi" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Abdulla Qodiriyning hayot yo'li, eng sara she'rlari, ijodi hamda badiiy mahorati borasida fikrlar bildirildi.

Shuningdek, iqtidorli talabalar tomonidan Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asari asosida sahnalashtirilgan sahna koʻrinishi tomoshabinlarga manzur keldi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.5K views14:19
Ochish/sharhlash
2023-04-10 08:28:40
#ibrat

Suv qadri...

Dengizchilardan biri Tinch okeanida adashib qolib, yigirma bir kun suv o‘rtasida qolib ketdi. Tutqunlikdan qutulib, omonlikka chiqqanida odamlar: «Bu voqeadan olgan eng katta ibratingiz nimada bo‘ldi?» deb so‘rashdi.

Shunda u: «Bu tajribadan eng katta olgan sabog‘im shu bo‘ldiki, kishining huzurida ichishga yaroqli chuchuk suv va kifoya qilgudek taom bo‘lsa, hayotdan nolishning aslo keragi yo‘q ekan», deb javob berdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.2K views05:28
Ochish/sharhlash
2023-04-10 06:00:54
#RTV | #Ovoza

Talabalar referendumda faol bo'ladi. "Referendum va yoshlar" forumi OAV nigohida

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.7K views03:00
Ochish/sharhlash
2023-04-09 13:00:57 #TerDU_xabarlar_dayjesti

Termiz davlat universitetida hafta davomida bo'lib o'tgan xabarlar dayjesti. (3.04.2023- 9.04.2023)

1.Milliy libos – millat qiyofasi

2. "Referendum va yoshlar” forumi

3. “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tadbiri

4. “REFERENDUM-2023” TARG’IBOT

5.“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovi bo‘yicha onlayn seminar tafsilotlari

6.O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

7.Muddatli harbiy xizmat har bir yigitning – sharafli burchidir

8.Yurt posbonlari har jabhada ilgʻor

9.DXX Chegara qoʻshinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida yana bir kun mazmunli o'tdi

10. “Mening Konstitutsiyam – mening kelajagim!”

11.Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

12. TALABALAR TURAR JOYLARIDA YARATILGAN SHAROITLARNI RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI O'RGANDI

13.Konstitutsiya barchamizniki

14. Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasi - mening Konstitutsiyam

15.Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

16.Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

17.Tojikiston Milliy Fanlar Akademiyasi matematika instituti direktori, akademik Zarullo Xusenovich Rahmonov Termiz davlat universitetida

18.Termiz davlat universitetiga O’zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo tashrif buyurdi.

19.Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

20.Ijodkorlar va talaba-yoshlar uchrashuvi

21. Konstitutsiyaviy islohotlarga befarq emasmiz!

22. "TALABALAR OQSHOMI"

23.“Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – bu mening Konstitutsyam”

24."O'zbekistonning yangi tahrirdagi konstitutsiyasi"

25. 9-aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.4K viewsedited  10:00
Ochish/sharhlash
2023-04-09 11:31:05
9-aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

Ushbu sana munosabati bilan buyuk zot va temuriylarning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasini yodga olamiz.

Ayni shu maqsadda, Termiz davlat universitetida O'zbek filologiyasi fakulteti hamda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri aktyorlari jamoasi hamkorligida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan "BIZ TEMUR AVLODLARIMIZ" mavzusida badiiy-ijodiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda Amir Temur hayoti va olib borgan siyosati haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Ayniqsa mahoratli teatr aktyorlari jamoasi hamda fakultetning iqtidorli yoshlari bilan birgalikda Abdulla Oripovning "SOHIBQIRON" dramasidan keltirilgan monologdan parcha yig'ilganlarga ajoyib taassurot qoldirdi.

Yakunida ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.2K views08:31
Ochish/sharhlash
2023-04-09 10:28:27
#kun_hikmati

Kitob (bitik) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni oʻrgatuvchi murabbiydir.

9-aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun (1336-yil, 9-aprel — 1405-yil, 18-fevral).

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.1K views07:28
Ochish/sharhlash
2023-04-08 13:54:32
#referendum_2023

"O'zbekistonning yangi tahrirdagi konstitutsiyasi"

Ayni kunlarda Respublikamizning barcha hududlarida 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumiga oid targʻibot tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.

Shunday targ'ibotlardan biri Termiz davlat universiteti magistratura bo'limi volontyor talabasi Y.Xoldorov tomonidan Muzrabot tumani "Yurtim jamoli" MFYda ham o'tkazildi.

"O'zbekistonning yangi tahrirdagi konstitutsiyasi" nomli tadbirda ishtirokchilariga yangi tahrirdagi konstitutsiyaning mazmun mohiyatini tushuntirib o'tildi va barchani referendumda faol ishtirok etishga chorladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.0K views10:54
Ochish/sharhlash
2023-04-08 13:38:10 #TAʼZIYA

Termiz davlat universiteti jamoasi Qori-Niyoziy nomidagi O'zPFITI professori, pedagogika fanlari doktori, akademik Djurayev Risboy Haydarovichning umr yo'ldoshlari Svetlana Murodxojayevaning vafot etganligi munosabati bilan chuqur taʼziya izhor etadi.

Haq taolo marhumning oilasi, yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru- mukofotlar ato etsin.

Inna lillahi va inna ilayhi roji'un.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.9K viewsedited  10:38
Ochish/sharhlash
2023-04-08 09:14:21
“Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – bu mening Konstitutsyam”

Xabaringiz bor, 30-aprel kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon referendum bo’lib o’tadi.

Shu munosabat bilan joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoda. Jumladan, Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi oʻqituvchilari N.Hamzayev, D.Shukurov, O.Turdimurodov va U.Roʻziyevlar Oltinsoy tumanidagi 54-umumtaʼlim maktabi jamoasi va ota-onalari bilan muloqot o’tkazishdi. Unda “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – bu mening Konstitutsyam” mavzusi doirasida so’z bordi.

Tadbir davomida insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʻururi ustuvor maqsad qilib olingan, izchil va puxta oʻylangan, bir necha bosqich davomida ishlab chiqilgan Bosh qomusimizning yangi tahrirdagi varianti haqida ma’lumot berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1.3K views06:14
Ochish/sharhlash