Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.86K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 15

2023-04-02 09:26:19

2.6K views06:26
Ochish/sharhlash
2023-04-01 19:31:20
#referendum_2023

"Ayoli e’zozlangan yurt"

Shunday mavzuda Denov tumanida bo'lib o'tgan tadbirda Termiz davlat universitetining pedagogika-psixologiya kafedrasi mudiri X.Sharofiddinova va boshqalar ishtirok etdi.

Tumandagi "Zarafshon", "Qizilgul" hamda "Lochin" mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Ayoli e’zozlangan yurt” mavzusida yangi tahrirdagi Konstitusiyadagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, xotin-qizlarning haq-huquqlari borasida aholi o‘rtasida keng tushunchalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.6K views16:31
Ochish/sharhlash
2023-04-01 19:00:49
#referendum_2023

"Konstitutsiya o'zimizniki"

Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mazmun mohiyatini xalqqa keng targ'ib qilish maqsadida ko'plab chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Muzrabot tumanining 21-o'rta ta'lim maktabida ham Termiz davlat universiteti magistratura ta'lim yo'nalishining volontyor talabasi Y.Xoldorov tomonidan o'tkazildi.

""Konstitutsiya o'zimizniki"" deb nomlangan tadbir davomida ishtirokchilarga Konstitutsiyamizga kirtilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.0K views16:00
Ochish/sharhlash
2023-04-01 14:57:49
DIQQAT E‘LON

Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodini o‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish hamda targ‘ib etish yo‘nalishida izlanish olib borayotgan, alohida faollik ko‘rsatgan o‘qituvchi va talabalarni rag‘batlantirish maqsadida – Shukur Xolmirzayev nomidagi maxsus stipendiya hamda ko‘krak nishoni uchun hujjatlar qabul qilinmoqda.

Hujjatlar 2023-yilning 20-aprel sanasigacha (shu kuni ham) TerDU Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limida qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: +998919789737

Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali batafsil tanishing.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.2K views11:57
Ochish/sharhlash
2023-04-01 11:15:06
#qushlar _kuni

1-aprel – "Xalqaro qushlar kuni"

Shu munosabat bilan bugun Termiz shahridagi San’at saroyida "Qushlarni asraylik" nomli tadbir va ko`rik tanlov bo‘lib o‘tdi.

Ushbu Tadbirda Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at hamda Tabiiy fanlar fakultetlari talaba-yoshlari faol ishtirok etishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.9K views08:15
Ochish/sharhlash
2023-04-01 10:02:11
Xalqaro chiqindisiz kun doirasida Termiz shaharida o'tkazilgan "Chiqindisiz oliygoh" tadbiri OAV nigohida

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
874 views07:02
Ochish/sharhlash
2023-04-01 09:01:43
#referendum_2023

YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA LOYIHASI MUHOKAMADA

31-mart kuni Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti faollar zalida xalq muhokamasiga qo‘yilgan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida" gi Konstitusiyaviy qonun loyihasi, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi O.Soatov, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati, Rus va qardosh tillar fakulteti dekani P. Bakirov, fakultet dekani X.Turayev hamda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida" gi Konstitusiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan yangilik va o‘zgarishlar, mazkur qonun loyihasi asosida shu yilning 30-aprel sanasida o‘tkazilishi kutilayotgan referendum to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.2K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-04-01 08:31:09
DIQQAT E'LON

HURMATLI TALABA YOSHLAR!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-sonli qaroriga asosan, ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining oylik ijara toʻlovining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravarigacha) Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi va har oyning 7 sanasigacha arizalar qabul qilishi belgilangan.

Shuning uchun navbatdagi arizalar aprel oyining 7 sanasigacha qabul qilinishini maʼlum qilamiz.

Murojaat uchun dekan o’rinbosarlari va tyutorlarga uchrashishi mumkin

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.6K views05:31
Ochish/sharhlash
2023-04-01 08:10:15
#befarqemasman

Konstitutsiya-o'zimizniki!

Yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquqlarini kengayishi va o'qituvchilar faoliyatida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.7K views05:10
Ochish/sharhlash
2023-04-01 07:56:24 Туризм салоҳиятини оширишга қаратилган янги лойиҳалар тақдимоти билан танишилди

Давлат раҳбари раислигида жорий йил 29 март куни ўтказилган мамлакатимиз туризм салоҳиятини жадал ривожлантириш юзасидан видеоселектор йиғилишида қатор вазифалар белгилаб берилди. Шунга асосан Сурхондарё вилоятида туризм салоҳиятини жадал ривожлантириш борасида чора-тадбирлар белгилаб олинди.

Бугун вилоят ҳокими Термиз тумани “Отчопар” мажмуасида бўлиб, вилоятда туризм соҳасини ривожлантириш борасидаги режалар ва лойиҳалар тақдимоти билан танишди.

Хусусан, Термиз туманида “Этно шаҳарча”, “Янги Ўзбекистон” боғи, “Congress Hall”, ресторан, кемпинг, меҳмонхона, институт, кўп қаватли бинолар жойлашган “Янги Ўзбекистон” массиви лойиҳаси, Бойсун туманида экотуризм ва экстримал туризмни ўз ичига олган лойиҳа, “Бойсун баҳори” халқаро фестивали ўтказиладиган экотуризм мажмуаси, “Сурхон” давлат қўриқхонасидаги “Зараутсой” масканида экотуризм маршрутини ташкил этиш каби лойиҳалар тақдимоти ўтказилди.

Шунингдек, Термиз шаҳри Ҳаким Ат-Термизий кўчасидаги 2 қаватли турар-жойлар ўрнида кўп қаватли турар-жойлар, савдо ва маиший хизмат кўрсатиш нуқталари ҳамда замонавий меҳмонхона қуриш, Термиз туманидаги “Эски шаҳар” ҳудудида топилган археологик топилмалар жойини консервация қилиш лойиҳалари ҳамда туризмни ривожлантириш мақсадида “Автотранс Ангор” ва “Ойбек Автотранс” МЧЖлари томонидан олиб келинадиган замонавий автобус ва микроавтобуслар билан танишилди.

Ҳар бир лойиҳа юзасидан тегишли тавсиялар берилиб, Давлат раҳбари томонидан Сурхондарё вилоятида туризмни ривожлантириш борасида белгилаб берилган топшириқларни сифатли амалга ошириш, мавжуд имкониятлардан унумли фойдаланган ҳолда маҳаллий ва хорижий сайёҳларни кенг жалб қилиш бўйича вазифалар белгилаб олинди.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.me/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
2.1K views04:56
Ochish/sharhlash