Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.25K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 13

2023-04-08 08:03:22
Konstitutsiyaviy islohotlarga befarq emasmiz!

O‘zbekiston Respublikasi referendumi jarayonida Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini aholining keng qatlamiga yetkazish maqsadida bugunTermiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti volontyor talabalari Uzun tumanidagi 16-umumta’lim maktabida bo’lishdi.

Tadbirda Yangi Oʻzbekistonning Konstitutsiyasiga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar haqida keng tushunchalar berildi. Konstititsiyadagi o'zgartirish va qo'shimchalar mamlakatimiz tinchligi, obodligi va farovonligiga qaratilganligi e’tirof etildi.


Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.1K views05:03
Ochish/sharhlash
2023-04-07 18:27:05
Ijodkorlar va talaba-yoshlar uchrashuvi

Yoshlarni adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yozuvchi, shoirlarning hayoti va ijodi bilan tanishtirish maqsadida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari B.Ergashov, Yoshuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo'linmasi rahbari M.Ollomurod, shoir Sh.Salom Termiz davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev va yozuvchilar uyushmasi a’zolari, professor–o‘qituvchilar hamda adabiyotga ixlosmand talaba-yoshlar ishtirok etgan uchrashuv taasurotlarga boy bo‘ldi.

Sababi uchrashuv davomida ijodkorlar yoshlarga o‘zining hayot yo‘li, erishgan yutuqlari boshdan kechirgan qiyinchiliklar va ijod maxsulining yaratilish tarixi haqida birima-bir so‘zlab berishdi va she’riyat a’zolari o‘zlaring she’rlaridan namunalar keltirishdi. Shuningdek, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yosh ijodkor Bek Alining "Voh" nomli kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.6K views15:27
Ochish/sharhlash
2023-04-07 15:25:05
Termiz davlat universitetiga O’zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitetda professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlarga yaratilgan sharoitlar, ularning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishlari uchun yaratilgan imkoniyat va qulayliklar, universitet binolari, shuningdek, oliygohda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda saylov uchastkalari bilan yaqindan tanishdi.

Jarayondan fotolavhalar

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1.1K views12:25
Ochish/sharhlash
2023-04-07 13:30:55
“Referendum-2023”

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi:islohotlar, yuksak taraqqiyot sari” mavzusidagi referendum doirasidagi targ‘ibot tadbiri o'tkazildi.

Termiz shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'qituvchi va o'quvchilari ishtirokidagi tadbir samimiy muloqot asosida o‘tdi.

Tadbirda Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti "Nazariy fizika" kafedrasi o'qituvchisi S.Bobomuratov, 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'qituvchilari, o'quvchilari ishtirokida yangi tahrirdagi konstitutsiyamizning mamlakatimiz taraqqiyotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, jumladan ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning barchasi inson qadrini ulug'lashga va yuksalishiga xizmat qilishi, yoshlarning bilim olishiga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida tushunchalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.3K views10:30
Ochish/sharhlash
2023-04-07 12:48:42
Tojikiston Milliy Fanlar Akademiyasi matematika instituti direktori, akademik Zarullo Xusenovich Rahmonov Termiz davlat universitetida

Termiz davlat universitetida Tojikiston Milliy Fanlar Akademiyasi matematika instituti direktori, akademik Zarullo Xusenovich Rahmonov Fizika-matematika fakulteti 4-kurs matematika ta’lim yo‘nalishi talabalariga "Tub sonlar qatnashgan ba’zi additiv masalalarning yechimlari" mavzusida ma’ruza qildi.

Xuddi shunday 1-kurs matematika mutaxassisligi  magistrantlariga ham "Kichik intervallardagi tub sonlar qatnashgan additiv masalalar" mavzusida darslar o’tildi.  

Dars mashgʻulotida oʻz sohasining yetuk professori zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarbligi  haqida batafsil tushunchalar bermoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.5K views09:48
Ochish/sharhlash
2023-04-07 11:01:44
Kengashda muvaffaqiyat va yutuqlarga erishgan, ilmiy unvon hamda ilmiy daraja olgan professor-o‘qituvchilarga diplom attestatlari tantanali topshirilishidan fotolavhalar.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.2K views08:01
Ochish/sharhlash
2023-04-07 09:21:09
Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi rektorat majlislar zalida o'tkazildi.

Kengash avvalida muvaffaqiyat va yutuqlarga erishgan, ilmiy unvon hamda ilmiy daraja olgan professor-o‘qituvchilarga diplom attestatlari tantanali ravishda topshirildi.

Kun tartibida universitetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida 2022-2023-o‘quv yili kuzgi semestr natijalari, yakuniy nazoratlari va kurs ishlarining tahlili, Kuzatuv Kengashining 2023-yil 14-martdagi 4-sonli qarorining ijrosi, Yoshlar Ittifoqining 2022-yilgi faoliyati hisoboti va 2023-yilgi rejalari va kasaba uyushmasining 2022-yilgi faoliyati tahlili, istiqboldagi vazifalar va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Kengash aʼzolari universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, monografiya, risola hamda o‘quv qo‘llanmalarni nashr etish uchun tasdiqlab berishdi.

Shuningdek, darslik, monografiya, o‘quv qo‘llanmalari nashr etilganlar ham qutlandi.

Yakunda kun tartibiga qo‘yilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi bo‘yicha qarorlar chiqarildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.4K views06:21
Ochish/sharhlash
2023-04-05 21:31:04
Yurt posbonlari har jabhada ilgʻor

Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov va Oʻzbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo bilan Termiz tumanidagi “Yangi ariq” MFYda joylashgan harbiy qismda uchrashuv tashkil etildi.

Unda ayni paytda yurtimizda kechayotgan siyosiy jarayon 30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendum va Yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning mazmun-mohiyati haqida soʻz bordi.

Eʼtirof etish kerakki, Konstitutsiyaga kiritilayotgan har bir yangi norma, avvalambor, inson va uning huquqlarini kafolatlashga qaratilgan.

Tantanali tadbirdan soʻng mehmonlar “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, harbiy xizmatchilarning bir kunlik faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1.7K views18:31
Ochish/sharhlash
2023-04-05 20:31:26
#IshonchTV | #Zamin_online

Kimyo fanlari doktori Nikolay Lukashev: Malakali kadrlar tayyorlash - zamon talabi!

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.2K views17:31
Ochish/sharhlash
2023-04-05 20:06:30
#referendum_2023
#IshonchTV | #Zamin_online

Termiz davlat universitetida bo'lib o'tgan "Referendum va yoshlar” forumi OAV nigohida

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.7K views17:06
Ochish/sharhlash