Get Mystery Box with random crypto!

9-aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun Ushbu s | TerDU rasmiy kanali

9-aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

Ushbu sana munosabati bilan buyuk zot va temuriylarning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasini yodga olamiz.

Ayni shu maqsadda, Termiz davlat universitetida O'zbek filologiyasi fakulteti hamda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri aktyorlari jamoasi hamkorligida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan "BIZ TEMUR AVLODLARIMIZ" mavzusida badiiy-ijodiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda Amir Temur hayoti va olib borgan siyosati haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Ayniqsa mahoratli teatr aktyorlari jamoasi hamda fakultetning iqtidorli yoshlari bilan birgalikda Abdulla Oripovning "SOHIBQIRON" dramasidan keltirilgan monologdan parcha yig'ilganlarga ajoyib taassurot qoldirdi.

Yakunida ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt