Get Mystery Box with random crypto!

“Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – bu mening Konstitutsyam” | TerDU rasmiy kanali

“Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – bu mening Konstitutsyam”

Xabaringiz bor, 30-aprel kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon referendum bo’lib o’tadi.

Shu munosabat bilan joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoda. Jumladan, Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi oʻqituvchilari N.Hamzayev, D.Shukurov, O.Turdimurodov va U.Roʻziyevlar Oltinsoy tumanidagi 54-umumtaʼlim maktabi jamoasi va ota-onalari bilan muloqot o’tkazishdi. Unda “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – bu mening Konstitutsyam” mavzusi doirasida so’z bordi.

Tadbir davomida insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʻururi ustuvor maqsad qilib olingan, izchil va puxta oʻylangan, bir necha bosqich davomida ishlab chiqilgan Bosh qomusimizning yangi tahrirdagi varianti haqida ma’lumot berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt