Get Mystery Box with random crypto!

#Abdulla_Qodiriy 'O'zbek romanchiligining asoschisi' 10-ap | TerDU rasmiy kanali

#Abdulla_Qodiriy

"O'zbek romanchiligining asoschisi"

10-aprel barchaga keng ma’lum shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, o‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi Abdulla Qodiriyning tavallud topgan kuni.

Termiz davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida Abdulla Qodiriy tavalludiga bag'ishlangan "O'zbek romanchiligining asoschisi" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Abdulla Qodiriyning hayot yo'li, eng sara she'rlari, ijodi hamda badiiy mahorati borasida fikrlar bildirildi.

Shuningdek, iqtidorli talabalar tomonidan Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asari asosida sahnalashtirilgan sahna koʻrinishi tomoshabinlarga manzur keldi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt