Get Mystery Box with random crypto!

'TALABALAR OQSHOMI' MAROQLI O’TDI Termiz davlat universitetin | TerDU rasmiy kanali

"TALABALAR OQSHOMI" MAROQLI O’TDI

Termiz davlat universitetining 6-TTJ hovlisida talaba-yoshlar uchun "TALABALAR OQSHOMI" konsert dasturi tashkil etildi.

Bundan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, madaniy hordiq chiqarish va ularga ko’tarinki kayfiyat, zavq ulashishdan iboratdir.

Ushbu oqshomda talabalar o’zaro samimiy muloqotda bo’lib, dildan yayrashdi. Ayniqsa, tashkil etilgan turli interaktiv o’yinlar, qiziqarli bellashuvlar talabalar xotirasida uzoq saqalanadigan bo’ldi.

Alohida tayyorgarliklar asosida o’tkazilgan konsert dasturida yangragan milliy va zamonaviy qo’shiqlarga shu kuni yig’ilgan barcha birdek raqsga tushib, vaqtlarini mazmunli o’tkazishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt