Get Mystery Box with random crypto!

Ishchi guruh aʼzolarining navbatdagi manzili Sherobod tumanida | TerDU rasmiy kanali

Ishchi guruh aʼzolarining navbatdagi manzili Sherobod tumanidagi “Buyuk ipak yoʻli” MFY boʻldi

Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Maraximov, viloyat davlat arxivi direktori D.Joʻrayeva va boshqalar dastlab Sherobod tumanidagi “Buyuk ipak yoʻli” mahallasi
binosini koʻzdan kechirishdi.

Shundan soʻng, ishchi guruh mahalladagi ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar holidan xabarlashdi. B.Zokirov koʻchasi, 7-uyda yashovchi R.Sadatova 3 yildan buyon buyraklarida 50-30% qurishidan aziyat chekib keladi. Ishchi guruh koʻmagi bilan bemorda jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladigan boʻldi.

Mahalladagi shu kabi muammolar oʻrganilib, ularga tegishli yechim izlash yoʻllari koʻrildi. Buni mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan islohotlarning amaldagi ifodasi, deyish mumkin.

Shuningdek, mahalla aholisiga 30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendumda ishtirok etish tartiblari tushuntirildi. Qolaversa, fuqarolar uchun saylov uchastkalarida yaratilgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi. Targʻibot tadbirida yangilanayotgan konstitutsiyada aholi salomatligini asrash bilan bogʻliq normalar 4 barobar koʻpayganligiga, xususan, ilk marotaba har bir insonning sogʻligʻini saqlash huquqi hamda aholining kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqi Konstitutsiya darajasida eʻtirof etilayotganiga alohida eʻtibor qaratildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt