Get Mystery Box with random crypto!

Tashkent Zoo Official

Telegram kanalining logotibi tashzoo — Tashkent Zoo Official T
Telegram kanalining logotibi tashzoo — Tashkent Zoo Official
Kanal manzili: @tashzoo
Toifalar: Hayvonlar , Rasmiy kanallar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 2.15K

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2021-05-31 18:09:52
178 views15:09
Ochish/sharhlash
2021-05-31 16:49:06 Ajoyib yangilik!

1-iyun kuni faqat Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini nishonlabgina qolmasdan, balki hammamiz uzoq kutgan poni klub eshiklarini ham ochamiz!

Hа-hа! Endi bolajonlaringiz yoqimtoy ponilarda sayr qilishlari, ushbu ajoyib jonivorlar bilan do‘stlashishlari va o‘zlarini haqiqiy chavandozlardek his etishlari mumkin.

Keling va bunday olamshumul voqeani o‘tkazib yubormang.

Biz barchangizni intiqlik bilan kutib qolamiz.

______

Отличная новость!

1 июня мы не только будем праздновать Международный день защиты детей, но и откроем двери долгожданного пони клуба!

Да-да! Теперь ваши детки смогут покататься на милых пони, подружиться с этими замечательными животными и почувствовать себя настоящими наездниками.

Приходите и не пропустите это грандиозное событие.

Мы всех вас очень ждём.

Автор фото: Динара Чиркова, А. Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
215 viewsedited  13:49
Ochish/sharhlash
2021-05-31 16:48:57
215 views13:48
Ochish/sharhlash
2021-05-27 15:47:48 Кushevat + Bobrik = sevgi.

Agar bizning jonivorlar yozishni bilganlarida devorlarimizni shunday yozuvlar bezagan bo‘lar edi, hoynahoy.

Kushevat va Bobrik – bu bizda yashaydigan, bir-birini sevadigan va o‘zlarining go‘zal «love-story»lari bilan bizni xursand qilib kelayotgan oq turnalar juftligi.

Ular turnalarning noyob turlarini ko‘paytirish va tabiatga qaytarishga ixtisoslashtirilgan Oks davlat biosfera qo‘riqxonasi tomonidan 2009-yilda bizga hadya etilgan.

O‘sha paytdan buyon ular doim birga va ajralishmaydi. Avvaliga ular katta volyerda bir-biridan uzoqlashishmasdi, keyinchalik, balog‘atga yetganliklarini namoyish eta boshlashdi va biz ular uchun alohida volyer yaratib berdik.

Bu qushlarimiz – muhabbat barcha yosh uchun teng ekanligini tasdiqlab turuvchi juftlik. Кushevat Bobrikdan 1 yoshga katta, u 2002-yil 29-mayda tug‘ilgan, uning jufti esa – 2003-yil 2-iyunda.

Bobrik, laqabi kulgili bo‘lishiga qaramasdan, juda jahldor va rashkchi yigit. Кushevat tuxum bosib o‘tirganida, uni himoya qiladi va hech kimni yoniga yaqinlashtirmaydi.

Umid qilamizki, bu muhabbat katta va go‘zal avlod debochasi bo‘lib xizmat qiladi.

Xo‘sh, kelayotgan bayram bilan ularni tabriklaymizmi, do‘stlar?

_____

Кушеват + Бобрик = любовь.

Наверное, именно эта надпись красовалась бы на заборах, если бы наши обитатели умели писать.

Кушеват и Бобрик – это парочка стерхов, которые обитают у нас, любят друг друга и радуют своей красивой love-story.

Они были переданы нам в дар в 2009 году Окским государственным биосферным заповедником, который специализируется в разведении редких видов журавлей и их реинтродукции в природу.

С тех самых пор они всегда держатся вместе и не разлучаются. Сначала они не отходили друг от друга в большом вольере, а позже начали проявлять брачное поведение и мы им создали отдельный вольер.

Наши обитатели – это пара, доказывающая, что любви все возрасты покорны. Кушеват старше Бобрика на 1 год, родилась 29 мая 2002 года, а ее избранник – 2 июня 2003 года.

Бобрик, несмотря на свое смешное имя, грозный и ревнивый парень. Пока она насиживает на яйцах, он её оберегает и никого не подпускает близко.

Мы очень надеемся, что эта любовь станет началом большого и красивого потомства.

Ну что, поздравим их с предстоящими праздниками, друзья?

Автор фото: А. Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
272 views12:47
Ochish/sharhlash
2021-05-27 15:47:00
255 viewsedited  12:47
Ochish/sharhlash
2021-05-26 12:57:23 Toshkent hayvonot bog‘ining eng mazali bo‘limi.

Hа-hа! Bizda shunaqasi ham bor va bu oziq-ovqat bo‘limi, albatta.

Jonivorlarimiz uchun atalgan ozuqa aynan shu bo‘limga olib kelinadi va oziq-ovqat bo‘limi rahbari Abror Rahmatxo‘jayev boshchiligidagi veterinariya klinikasi xodimlari hamda zootexniklardan iborat maxsus komissiya tomonidan sifati puxta tekshirib chiqiladi.

Tekshiruvdan keyingina har bir bo‘lim o‘z jonivorlariga atalgan mahsulotlarni olib ketadi.

Endi esa eng qizig‘i!

Har hafta hayvonot bog‘iga quyidagi mahsulotlar olib kelinadi:

Banan – 70-80 kg;
Sabzi – 500-600 kg;
Olma – 250 kg (reptiliya, tuyoqlilar va boshqalar uchun);
Кivi – 20 kg (primatlar, tuyoqlilar bo‘limi va to‘tiqushlar uchun);
Go‘sht – 400 kg (yirtqichlar, sutemizuvchilar, qushlar, suvda suzuvchilar, reptiliyalar uchun);
Каrtoshka – 300-400 kg;
Каram – 500 kg (primatlar, qushlar, tuyoqlilar uchun);
Bodring – 300 kg;
Tariq, makkajo‘xori, beda, xashak (qushlar, urg‘ochi fil Putri va boshqalar uchun;

Shuningdek, limon va qulupnay (sutemizuvchilar va tuyoqlilar uchun).

Yilning sovuq mavsumida ro‘yxatga ananas, apelsin va boshqa mavsumiy meva va sabzavotlar qo‘shiladi.

Momiqvoylarimiz barcha zarur vitamin va mikroelementlarni kerakli miqdorda olishadi, totli yeguliklarini ishtaha bilan paqqos tushirishadi va hayotdan mamnun yashashadi.

«Wildlife care» kompaniyasining kelganligi va o‘zaro hamkorligimiz boshlanganidan beri mahsulot ta'minoti sifati va muddati ijobiy tomonga sezilarli darajada o‘zgarganligini ham alohida ta'kidlab o‘tishni istardik.

Bundan tashqari!

Jonivorlarimiz mehmonlarni juda yaxshi ko‘rishadi va tashrifingizni doim intiqlik bilan kutishadi, aziz do‘stlar.

————-

Самый вкусный отдел Ташкентского зоопарка.

Да-да! Такой у нас тоже есть, и это, конечно же, продуктовый отдел.

Именно туда завозят еду для наших обитателей, а также тщательно проверяют ее на качество комиссией, состоящей из сотрудников ветеринарной клиники и зоотехников во главе с заведующим отделом продуктового склада Аброром Рахматхуджаевым.

И только после проверки каждый отдел забирает продукты для своих жильцов.

А теперь самое интересное!

Каждую неделю зоопарк получает:

Бананы – 70-80 кг;
Морковь – 500-600 кг;
Яблоки – 250 кг (для рептилий, копытных и др);
Киви – 20 кг (для приматов, копытного отдела и попугаев);
Мясо – 400 кг (для хищных млекопитающих, птиц, водоплавающих, рептилий);
Картофель – 300-400 кг;
Капуста – 500 кг ( для приматов, птиц, копытных);
Огурцы – 300 кг;
Пшено, кукуруза, клевер, солому (для птиц, слонихи Путри и др);

А также лимоны и клубнику (для млекопитающих и копытных).

В прохладное время года в список добавляются ананасы, апельсины и другие сезонные овощи и фрукты.

Наши пушистики получают все необходимые витамины и микроэлементы в нужном количестве, с аппетитом уплетают свои вкусности и радуются жизни.

Особенно хочется отметить тот факт, что с приходом и началом нашего сотрудничества с компанией «Wildlife care» качество и своевременность поставки продуктов значительно улучшились.

И еще!

Наши обитатели очень любят гостей и ждут вашего визита, дорогие друзья.

Автор видео: Динара Чиркова

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
181 views09:57
Ochish/sharhlash
2021-05-26 12:57:20
171 views09:57
Ochish/sharhlash
2021-05-25 16:08:55 Eng yaxshisi – bolajonlarga!

Aziz do‘stlar! Tez orada, 1-iyun kuni, atrof bolajonlar kulgisi, yorqin hislar va bayramona kayfiyatga to‘ladi.

Negaki, hammamiz Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini nishonlaymiz.

Biz va «Wildlife care» boshqaruvchi kompaniyasi bir chetda qolmaslikka qaror qildik va katta mamnuniyat ila bayram munosabati bilan uyushtirilgan aksiyani e'lon qilamiz.

Faqat 1-iyun kuni! Bolajonlar uchun hayvonot bog‘iga kirish MUTLAQO BEPUL bo‘ladi!

Farzandlaringizni, jiyanlaringizni, jajji qarindoshlaringizni oling va hayvonot bog‘imizga mehmonga keling.

Jonivorlarimiz sizlarni intiqlik bilan kutib qolishadi.

____________

Все лучшее – детям!

Дорогие друзья! Совсем скоро, 1 июня, воздух наполнится детским смехом, яркими эмоциями и атмосферой праздника.

Все потому, что все мы будем отмечать Международный день защиты детей.

Мы и управляющая компания «Wildlife care» решили не оставаться в стороне и, с радостью, объявляем об акции в честь праздника.

Только 1 июня! Вход в зоопарк для детей будет СОВЕРШЕННО БЕСПЛАТНЫМ.

Берите детей, племянников, маленьких родственников и приходите к нам в гости.

Наши обитатели будут вас очень ждать.

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
81 viewsedited  13:08
Ochish/sharhlash
2021-05-25 16:08:36
79 views13:08
Ochish/sharhlash
2021-05-24 15:13:50 Hamma qatori emas.

Menga bu gapni ko‘p aytishadi. Bunday «maqtovlar» ko‘nglimni og‘ritadimi? Umuman yo‘q!

Hа, men boshqachaman va qardoshlarimga o‘xshamayman. Men – vaysaqi oqqush polaponiman.

Mening tashqi ko‘rinishim ko‘p savollar tug‘diradi: mening tumshug‘im qora, patlarim esa kulrang. Ammo bu men boshqalardan yomonman degani emas. Tez orada men katta bo‘laman va, xuddi Andersenning ertagidek, go‘zal oqqushga aylanaman. Bu ertakni men juda yaxshi ko‘raman.

Men Toshkent shahridagi ajoyib hayvonot bog‘ida tug‘ilganman, biz ota-onam bilan hozirgacha shu yerda yashaymiz.

Biz, bolalarni, hech qachon yolg‘iz qoldirishmaydi. Biz onam — Belosnejka bilan dam olayotgan vaqtimizda otam — Snejok bizning tinchligimizni qo‘riqlaydi va hech kimni yaqin yo‘latmaydi. Hattoki suv havzasidagi qo‘shnilarimizni ham. Mana shunaqangi g‘amxo‘rlik.

Вirgalikda biz – kuch va katta quvonch manbaimiz. Negaki, biz bir-birimizni juda yaxshi ko‘ramiz.

Ishonmaysizmi? Unda mehmonga keling. Biz sizni juda kutib qolamiz.
_________

Не такой, как все.

Я часто слышу подобное в свой адрес. Обижают ли меня такие «комплименты»? Совсем нет!

Да, я другой и не похож на своих сородичей. Я детёныш лебедя-шипуна.

Моя внешность вызывает много вопросов: у меня черный клюв и перья серого цвета. Но это совсем не значит, что я чем-то хуже других. Совсем скоро я вырасту и превращусь в изящного белого лебедя, как из сказки Андерсена. Она, кстати, моя любимая.

Я родился в Ташкентском зоопарке, где мы до сих пор живём с родителями.

Нас, детишек, никогда не оставляют одних. Пока мы отдыхаем с мамой – Белоснежкой, папа – Снежок бережет наш покой и никого и близко не подпускает. Даже наших соседей по водоёму. Такая вот забота.

Вместе мы – сила и источник большой радости. Все потому, что мы очень друг друга любим.

Не верите? Приходите к нам в гости. Мы вас очень ждём.

Автор фото: А. Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
173 viewsedited  12:13
Ochish/sharhlash