Get Mystery Box with random crypto!

Tashkent Zoo Official

Telegram kanalining logotibi tashzoo — Tashkent Zoo Official T
Telegram kanalining logotibi tashzoo — Tashkent Zoo Official
Kanal manzili: @tashzoo
Toifalar: Hayvonlar , Rasmiy kanallar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 2.15K

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2021-05-07 16:04:13 Bizning Moskva safarimiz haqida.

2021-yil 27-dan 30-aprelgacha Toshkent hayvonot bog‘i vakillari Moskvada bo‘lib qaytishdi, u yerda HBAYMA (Hayvonot Bog‘lari va Akvariumlarning Yevrosiyo Mintaqaviy Assotsiatsiyasi) prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi.

Saylovda hammasi bo‘lib 25 ta hayvonot bog‘laridan vakillar ishtirok etishdi.

Shunday qilib, ovoz berish orqali, HBAYMA prezidenti etib Moskva hayvonot bog‘i bosh direktori lavozimi egasi Svetlana Akulova tayinlandi.

Saylovda ishtirok etishdan tashqari hayvonot bog‘imiz xodimlari bir nechta muhim muzokaralar o‘tkazishdi va ular muvaffaqiyatli yakunlandi.

Xususan, Moskva hayvonot bog‘i rahbariyati bilan tutqunlikda yashayotgan jonivorlar bilan ishlash masalasida mutaxassislarimiz orasida tajriba almashish borasida muzokaralar o‘tkazildi.

Tomonlar veterinariya va zootexnika masalalari bo‘yicha amaliy ish tajribasini orttirish uchun xodimlarimizni Moskva hayvonot bog‘iga xizmat safariga yuborish, shuningdek, jonivorlar bilan treninglar (kiperlar maktabi) o‘tkazish uchun Moskva hayvonot bog‘i mutaxassislarini bizga jo‘natish haqida kelishib olishdi.

Filimon laqabli Osiyo fil bolachasini Moskva hayvonot bog‘i tomonidan bizning hayvonot bog‘imizga berilishi mavzusiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Endi bizning oldimizda mas'uliyatli vazifa turibdi – yangi jonivorimiz uchun munosib yashash sharoitini yaratish va uni urg‘ochi filimiz Putri do‘stona kutib olishini ta'minlash.

Bundan tashqari, vakillarimiz hayvonot bog‘lari rahbarlari – HBAYMA a'zolari bilan qator hujjatlar va hamkorlik kelishuvlarini imzolash uchun ham uchrashishdi. Ular orasida – Boku va Yerevan hayvonot bog‘lari bilan o‘zaro anglashuv memorandumlari.

Oldinda ko‘plab qiziqarli yangiliklar bizni kutmoqda. Biz bilan birga qoling.
- - - - -
О нашей поездке в Москву.

С 27 по 30 апреля 2021 года представители Ташкентского зоопарка находились в Москве, где прошли выборы президента ЕАРАЗА (Евро-Азиатская Региональная Ассоциация Зоопарков и Аквариумов).

Всего в выборах участвовало свыше 25 зоопарков.

Таким образом, путем голосования, президентом ЕАРАЗА стала Светлана Акулова, которая занимает пост Генерального директора Московского зоопарка.

Но помимо участия в выборах, сотрудники нашего зоопарка провели несколько важных переговоров, которые увенчались успехом.

В частности, были проведены переговоры с руководством Московского зоопарка об обмене опытом между нашими специалистами по вопросам работы с животными в условиях неволи.

Стороны договорились о командировании наших работников в Московский зоопарк для стажировки по вопросам ветеринарии и зоотехники, а также о выездах специалистов Московского зоопарка к нам с целью проведения тренингов с животными (школа киперов).

Отдельная тема была посвящена передаче Московским зоопарком азиатского слоненка Филимона в наш зоопарк.

Теперь перед нами стоит ответственная задача – создание достойных условий для содержания нового обитателя и дружелюбного принятия его слонихой Путри в свою компанию.

Более того, наши представители встретились с руководителями зоопарков – членов ЕАРАЗА для заключения соглашений о сотрудничестве и подписания ряда документов. Среди них – меморандумы о взаимопонимании с зоопарками города Баку и Ереван.

Впереди у нас много интересного. Оставайтесь с нами.

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
373 viewsedited  13:04
Ochish/sharhlash
2021-05-07 16:04:08
290 views13:04
Ochish/sharhlash
2021-05-06 13:35:12 Kecha ba'zi jonivorlarimiz uchun unutilmas voqea sodir bo‘ldi.

Biz ularni ozodlikka qo‘yib yubordik! Ularning tabiiy yashash muhitiga.

Toshkent hayvonot bog‘i O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya davlat qo‘mitasi qo‘riqlanadigan hududlarning bioxilma-xilligi bosh boshqarmasi va «Falcon Hunting Solutions» kompaniyasi bilan birgalikda yovvoyi hayvonlarni tabiatda qayta tiklash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishdi.

Bu jonivorlarning bir qismi, yuz donadan ortiq toshaqalar va bo‘g‘ma ilonchalar, avval brakonyerlardan musodara qilinib, hayvonot bog‘iga olib kelingan va karantin vaqtida moslashuv davrini o‘tkazdilar.

Kecha ular ham Toshkent viloyatining dasht mintaqalariga qo‘yib yuborildi.

Shuningdek, kulrang chayka va qoravoylardan olingan avlodning bir qismi ham erkinlikka qo‘yib yuborildi.

Bu tadbirdan ko‘zlangan maqsad – hayvonot bog‘iga musodara tufayli olib kelingan va shu yerning o‘zida katta qilingan jonivorlarni ularning tabiiy yashash muhitiga qaytarishdan iborat.

Negaki hayvonot bog‘i – odamlar uchun namoyish va o‘rganish ma'nosidagina ochilmagan. Balki noyob va yo‘qolib borayotgan turlarni saqlab qolish uchun genetik bank bo‘lib ham xizmat qiladi.

Va biz, ular avlodini ko‘paytirishga yordam berganimizdan keyin, bemalol tabiatdagi qo‘yniga qaytarishimiz mumkin, axir ularning asl makoni aynan tabiat qo‘ynida.
- - - - -
Вчера произошло незабываемое событие для некоторых видов наших животных.

Мы выпустили их на волю! В их естественную среду обитания.

Ташкентский зоопарк совместно с Главным управлением биоразнообразия и охраняемых природных территорий Госкомэкологии Республики Узбекистан и компанией Falcon Hunting Solutions провели мероприятие по реинтродукции диких животных в естественную среду их обитания.

Часть этих животных, черепахи и удавчики, в количестве более ста штук, ранее были изъяты у браконьеров и переданы в зоопарк, где и провели адаптацию на период карантина.

Сегодня они были также выпущены в степные регионы Ташкентской области.

Также на волю выпустили и часть полученного потомства серебристых чаек и бакланов.

Цель данного мероприятия – возвращение в естественную среду тех обитателей, которые попали в Ташкентский зоопарк, как конфискаты, а также тех, кто был выращен здесь и произвел потомство.

Ведь зоопарки несут не только демонстрационный или познавательный смысл для людей. Но являются также и генетическим банком по сохранению редких и исчезающих видов животных.

И мы, помогая им увеличить потомство, можем со спокойной душой отправлять их туда, где они должны быть по своей природе.

Автор видео : Dinara Chirkova

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
373 viewsedited  10:35
Ochish/sharhlash
2021-05-06 13:35:08
406 views10:35
Ochish/sharhlash
2021-05-05 16:35:29 Minnatdorlik posti!

Bizning iltimosimizga befarq qolmagan va jonivorlarimizni turli o‘yinchoqlar hamda bir-biridan qiziq moslamalar bilan xursand qilgan barcha-barchaga minnatdorlik bildiramiz.

Sizga katta rahmat, azizlar!

Siz olib kelgan va chin ko‘ngildan biz bilan ulashgan barcha narsalarni jonivorlarimizga tarqatdik.

Siz keltirgan sovg‘alar jonivorlarimizga qanchalik quvonch bag‘ishlagani videoroligimizda aks etgan. Ularning quvonchini ta'riflashga so‘z ojiz.

Negaki momiqvoylarimiz uchun – bu shunchaki sovg‘alar emas, balki oddiy kunlarga mazmun bag‘ishlaydigan biron yangi va qiziqarli narsani o‘rganish imkoni.

Qilgan ezguligingiz yuz karra bo‘lib qaytsin o‘zingizga ham.

Yana kimdadir jonivorlarimizga o‘yinchoq sovg‘a qilish istagi tug‘ilsa – biz bunga doim xursandmiz.

Muhimi, ular yangi va xavfsiz bo‘lsa bo‘lgani. Savollar tug‘ilsa, bizga yozib yuboring.
- - - - -
Пост благодарности!

Благодарности каждому, кто не остался равнодушным к нашей просьбе, откликнулся и порадовал наших обитателей игрушками и интересными приспособлениями.

Спасибо вам, дорогие!

Все, что вы принесли и то, чем вы от всей души поделились, мы раздали нашим животным.

В видеоролике вы можете посмотреть, как наши жильцы рады вашим подаркам. Их эмоции невозможно передать словами.

Ведь для наших пушистиков – это не просто презенты, а возможность скрасить свои будни, научившись чему-то новому и увлекательному.

Пусть это добро вернётся вам в стократном размере.

А если у кого-то возникнет желание подарить игрушки животным – мы всегда этому рады.

Важно лишь, чтобы они были новыми и безопасными. Если возникнут вопросы, то пишите нам.

Автор видео : Dinara Chirkova

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
357 viewsedited  13:35
Ochish/sharhlash
2021-05-05 16:35:25
317 views13:35
Ochish/sharhlash
2021-05-04 16:12:44 Joni, panjangni ber — menga baxt yor bo‘lsin…

Тoshkent hayvonot bog‘i – eng mehribon va yoqimtoy jonivorlar yashaydigan beqiyos va sir-sinoatga to‘la olam.

Bizning bir necha laqabli yenotsimon kuchugimizni ham shu jonivorlar sirasiga kiritish mumkin.

Kimdir uni Joni deb chaqiradi, kimdir esa Bobo deb. Bu bekorga emas. Hammaning jonivorlarga bo‘lgan munosabati turlicha va ular bilan bog‘liq ma'lum assotsiatsiyalari bor. Eng muhimi, momiqvoq mutlaqo qarshi emas.

Joni-Bobo 2012-yil 4-mayda Novosibirsk hayvonot bog‘ida tug‘ilgan, bizga esa o‘sha yilning dekabr oyida olib kelingan.

Xodimlarimiz Mahmud Bahromov va Gulbahor ismli zootexnikning so‘zlariga qaraganda, kuchuk juda aqlli, xotirjam va muloyim fe'lga ega hamda o‘tkir zehni bilan ajralib turadi.

Qo‘ldan ovqat yeyishni yaxshi ko‘radi va «Mayda sutemizuvchilar» bo‘limi xodimlari uni silashlariga qarshilik qilmaydi.

Qiziquvchan va o‘yinqaroq bu jonivorimiz uchun daraxt shoxlari va yog‘och bo‘laklari o‘yinchoq bo‘lib xizmat qiladi.

Sevimli ozuqasi – go‘sht (tovuq, mol go‘shti), qaynatilgan tuxum. Shuningdek, shirin mevalarni ham mazza qilib yeydi, olma va uzum, ayniqsa, jonu-dili. Taomnomasidagi «sevimli» bo‘limida – sichqinlar, tovuq boshi va bananlar ham bor.

Аsosiysi esa, bugun uning tug‘ilgan kuni.
- - - - -
Дай, Джони, на счастье лапу мне…

Ташкентский зоопарк – невероятный и загадочный мир, где обитают самые добрые и ласковые животные.

К ним смело можно отнести и нашу енотовидную собаку, которая носит несколько кличек.

Кто-то зовет ее Джони, а кто-то Бобо. И это неспроста. Просто у всех свои взаимоотношения с животным и определенные ассоциации, связанные с ним. Главное, что пушистик совсем не против.

Джони-Бобо родилась в Новосибирском зоопарке 4 мая 2012 года, а к нам прибыла в декабре того же года.

По словам наших сотрудников Махмуда Бахрамова и зоотехника по имени Гульбахор, собака отличается умом, спокойным, добродушным нравом, и сообразительностью.

Любит брать корм из рук и позволяет погладить себя работникам отдела «Мелкие млекопитающие».

Любопытная и игривая, игрушками для нее являются веточки и деревянные бруски.

Любимая еда – мясная (курица, говядина), вареные яйца. Также с удовольствием ест сладкие фрукты, больше всего предпочитает яблоки и виноград. В графе «любимое» в ее меню – это мыши, куриные головы и бананы.

А главное, у нее сегодня день рождения.

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
356 viewsedited  13:12
Ochish/sharhlash
2021-05-04 16:12:42
314 views13:12
Ochish/sharhlash
2021-05-04 14:22:00 Особо опасны.

Главным героям, а именно среднеазиатской кобре, гюрзе среднеазиатской, песчаной эфе и обыкновенному щитоморднику, даже сценарий не нужен.

Опасные и ядовитые, они одним видом показывают, что с ними шутки плохи. Таким образом, они предупреждают об опасности, но никогда не пускают свой яд просто из «вредности».

Только для обездвиживания добычи и в случаях защиты от врага.

Что ж, это и вызывает интерес.

А теперь, давайте поговорим о каждом из них чуть подробнее.

⠀- - - - -

O‘ta xavfli.

Bosh qahramonlarimiz, aynan O‘rta Osiyo kobrasi, ko‘lvor ilon, qum charxiloni va bo‘shilonga ssenariyning ham keragi yo‘q.

Xavfli va zahari kuchli ushbu ilonlar o‘z ko‘rinishi bilan, ular bilan hazillashish yomon oqibatlarga olib kelishini namoyon etib turishadi. Shu yo‘l bilan ular xavf haqida ogohlantirishadi, ammo hech qachon zaharlarini shunchaki «injiqlik» tufayli sochishmaydi.

Faqatgina o‘ljani harakatsizlantirish va dushmandan himoyalanish uchungina.

Nima ham derdik, aynan shu jihati qiziqish uyg‘otadi.

Endi esa, keling, ularning har biri haqida batafsilroq so‘z yuritamiz.

Автор видео : Dinara Chirkova

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
352 views11:22
Ochish/sharhlash
2021-05-04 14:21:55
336 views11:21
Ochish/sharhlash