Get Mystery Box with random crypto!

Tashkent Zoo Official

Telegram kanalining logotibi tashzoo — Tashkent Zoo Official T
Telegram kanalining logotibi tashzoo — Tashkent Zoo Official
Kanal manzili: @tashzoo
Toifalar: Hayvonlar , Rasmiy kanallar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 2.15K

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2021-05-18 11:12:18
124 views08:12
Ochish/sharhlash
2021-05-13 07:01:36
Ramazon Hayiti – bu saxiylik, ezgulik va yorug‘ niyatlar timsoli.

Shunday ekan, sizni ushbu ajoyib bayram bilan tabriklab, bir olam yorqin taassurotlar, yaxshilikka ishonch va hayotingizning har jabhasida rivoj tilashga ruxsat bergaysiz.

Boshingiz uzra osmon doim musaffo, yaqinlaringiz esa sog‘-salomat va baxtiyor bo‘lishsin.

To‘kin-sochinlik, fayz-baraka, g‘amxo‘rlik va nafosat tilaymiz.

Yana bir bor tabriklaymiz, aziz do‘stlar.

________

Рамадан Хаит – это символ щедрости, доброты и светлых помыслов.

Позвольте же поздравить вас с этим замечательным праздником и пожелать много ярких эмоций, веры в лучшее и процветания во всех сферах жизни.

Пусть над вашими головами всегда будет мирное небо, а родные будут здоровы и счастливы.

Достатка, уюта, заботы и нежности.

Поздравляем ещё раз, дорогие друзья.

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
177 views04:01
Ochish/sharhlash
2021-05-12 18:14:18 Toshkent hayvonot bog‘ining mehribon yirtqichlari.

Ha, shunaqasi ham bo‘ladi… agar gap bizning qushlarimiz haqida bo‘lsa.

Masalan, Vasenka laqabli to‘rt yoshli qora tasqara xodimlarimiz bilan juda yaxshi chiqishadi va, hatto, tozalashga qarashadi. Uning sevimli ozuqasi – bu go‘sht. Kuniga taxminan 800 gr go‘shtni paqqos tushiradi.

Sirli Nemo laqabiga ega bir yarim yoshli uy yapaloqqushi – juda ochiqtabiat yigit. Sayr qilishni va mazza qilib ovqatlanishni yaxshi ko‘radi. Mabodo kayfiyati buzilsa, sevimli yeguliklarini ko‘rsatish kifoya: kayfiyati darrov ko‘tariladi!

Gadjet – bizning Katta ukkimiz. U katta, ammo yoshi jihatidan hali chaqaloq – u bor-yo‘g‘i 3,5 oylik.

Ukkicha juda jajji payti, ikki haftalik bo‘lganda hayvonot bog‘i xodimlari uning parvarishini o‘z qo‘llariga olishdi, negaki uning onasi kichkintoy mustaqil hayotga tayyor degan qarorga kelgandi o‘shanda. O‘sha vaqtdan beri u bizga qattiq bog‘lanib qolgan.
Ishchilarimiz ovozini eshitganda, xursand bo‘lib ketishini ko‘rish juda yoqimli.

Qanotli do‘stlarimizni yirtqich qushlar bo‘limi qarovchisi — Davron Fayziyev parvarishlaydi. U qushlarimizga tinmay g‘amxo‘rlik qiladi va ular hech nimaga muhtoj bo‘lmasliklari uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi.

Bundan tashqari! Qushchalarimiz hayvonot bog‘i mehmonlari bilan muloqot qilishni ham juda yaxshi ko‘rishadi, negaki ular uchun siz – quvonch manbaisizlar.

Keling va jonivorlarimizga quvonch hadya eting.

—————

Добрые хищники Ташкентского зоопарка.

Да, такое возможно… если речь идёт о наших птицах.

Например, четырехлетний черный гриф по кличке Васенька невероятно приветлив с нашими сотрудниками и даже помогает им убираться. Его любимая еда – это мясо. Он съедает около 800 г каждый день.

Полуторагодовалый домовой сыч с загадочным именем Немо – парень общительный. Любит гулять и вкусно поесть. Если он не в настроении, то достаточно показать ему любимые вкусняшки и все: настроение на высоте!

Гаджет – это наш большой филин. Он большой, но по возрасту еще совсем малыш – ему всего 3,5 месяца.

Сотрудники нашего зоопарка взяли заботу о филинёнке в свои руки, когда он был еще совсем крохой, в двухнедельном возрасте, когда мать малыша решила, что он готов к самостоятельной жизни. С тех пор он очень привязался к нам.

Приятно наблюдать, как он пищит, когда слышит голоса работников-так он радуется

Ухаживает за нашими крылатыми обитателями Даврон Файзиев- смотритель хищного отдела птиц. Он неустанно заботится о них и старается сделать все, чтобы им было комфортно.

А ещё! Наши птички очень любят общаться с гостями нашего зоопарка, ведь вы для них – источник радости.

Приходите и подарите ее нашим жильцам.

Автор фото: А. Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
165 viewsedited  15:14
Ochish/sharhlash
2021-05-12 18:13:54
171 views15:13
Ochish/sharhlash
2021-05-11 15:44:11 Tariximizdan…

Moziyga qaytib ish ko‘rmoq doim qiziq. Bu o‘tmishni yodga olish, boshqa muhitni his qilish va Toshkent hayvonot bog‘i jonivorlari haqida bilmaganlarimizni bilib olish imkonini beradi.

Keling, bugun birgalikda bizning tarix tomon, 1958-yilga sayohat uyushtiramiz.

Sobiq xodimimiz Aleksandr Abakumovning xotiralari bo‘yicha Hindiston prezidenti Javohirla'l Neru sovet xalqiga hadya tariqasida hind jonivorlaridan iborat butun boshli to‘plamni taqdim etgan ekan.

Bu jonivorlar janubiy fauna vakillari bo‘lgani uchun ham ularni Toshkent hayvonot bog‘iga joylash qarori qabul qilingan.

Bu guruh tarkibida ikkita bengal yo‘lbarslari – nar Raj va urg‘ochi Rani ham bo‘lgan, ular bizning hayvonot bog‘imizda uzoq vaqt umrguzaronlik qilib, 40 dan ortiq yoqimtoy yo‘lbarschalarning ota-onasiga aylanishgan.

Mehmonga keling va biz haqimizda yanada ko‘proq qiziqarli va foydali ma'lumotlarni bilib oling.

——————

Из нашей истории…

Оглядываться назад всегда интересно. Это позволяет вспомнить прошлое, окунуться в другую атмосферу и узнать неизвестные факты об обитателях Ташкентского зоопарка.

Давайте же сегодня совершим небольшую экскурсию в наше прошлое, в 1958 год.

По воспоминаниям экс сотрудника нашего старого зоопарка Александра Абакумова, президент Индии Джавахарлал Неру передал в дар советскому народу целую коллекцию индийских животных.

Как представителей южной фауны, их решено было поместить в Ташкентский зоопарк.

В составе этой группы были два молодых бенгальских тигра – самец Радж и самка Рани, которые прожили долгую жизнь в нашем зоопарке и стали родителями более 40 очаровательных тигрят.

Приходите к нам в гости и узнавайте еще больше полезной и занимательной информации.

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
285 views12:44
Ochish/sharhlash
2021-05-11 15:43:52
257 views12:43
Ochish/sharhlash
2021-05-10 17:34:21 Tug‘ilgan kuningiz muborak, kichik turnalar!

Taqvimda 10-may, hayvonot bog‘imizda esa quvonchli voqea – juda go‘zal kichik turnalarimiz Fotima va Zuhraning tug‘ilgan kuni.

Ularning onasi Shirinni bizga Moskva hayvonot bog‘idan olib kelishgan, otasi Farhodni esa – Olmaotadan.

Bizning hududimizda uchrashganidan keyin esa ular ajralmas juftlikka aylanishdi, 2016-yilning 10-may kunida esa yoqimtoychalarimizning baxtli ota-onasiga aylanishdi.

Siz-chi, kichik turnalarni bilasizmi? Bilmasangiz, keling, ular bilan yaqindan tanishamiz.

Kichik turna – turnasimonlar oilasining eng mayda vakillari bo‘lib, bo‘yi 95-97 sm, vazni esa 2,5-3,5 kg atrofida bo‘ladi.

Yevropa va Osiyoning dasht va yarimcho‘l mintaqalarida yashaydi, ammo ko‘p qismi Afrika, Nil vodiysi, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyoda qishlaydi.

Taomnomasi – o‘simliklarning turli qismlari, yeryong‘oq, dukkakli ekinlar, don-dun, hasharotlar va boshqa mayda jonivorlardan iborat.

Qishlash joylarining o‘zidayoq monogam juftliklarni hosil qilishadi. Kichik turnalarning uyasi – sho‘rlangan yer po‘stlog‘i, qo‘y axlati va mayda toshlar bilan o‘ralgan kichkinagina o‘racha shaklida bo‘ladi.

Ularni o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rish va yaqindan tanishishni istasangiz, hayvonot bog‘imiz eshiklari siz uchun doim ochiq.

Hozircha esa… keling, go‘zallarimizni 5 yoshi bilan birgalikda tabriklaymiz. Rozimisiz?

—————-

С днём рождения, красавки!

На календаре 10 мая, а у нас радостное событие – день рождения наших красивых красавок Фатимы и Зухры.

Их мама, Ширин, прибыла к нам из Московского зоопарка, а папа Фархад – из Алматинского.

Встретившись на нашей территории, они уже не расставались, а 10 мая 2016 года стали счастливыми родителями наших милашек.

А вы знакомы с красавками? Если нет, то давайте узнаем о них получше.

Красавка – это самый мелкий представитель семейства журавлиных, ее рост 95-97 см, масса 2,5-3,5 кг.

Обитают в степных и полупустынных областях Европы и Азии, но большинство из них зимует в Африке, в долине Нила, в Индии и Юго-Восточной Азии.

Меню – различные части растений, арахис, бобовые культуры, зерно, насекомые и другие мелкие животные.

Образуют моногамные пары еще в местах зимовки. Гнездо красавки – небольшая ямка, окруженная валиком из кусочков солончаковой корки, овечьего помета и мелких камушков.

Если вам интересно взглянуть на них вживую и познакомиться поближе, то двери зоопарка для вас открыты всегда.

А пока… давайте поздравим наших обитательниц с 5-летием в комментариях. Согласны?

Автор фото: А. Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
114 viewsedited  14:34
Ochish/sharhlash
2021-05-10 17:34:19
114 views14:34
Ochish/sharhlash
2021-05-09 08:10:43 9-may – Xotira va qadrlash kuni.

Bu sanani biz doim tabassum va ko‘zlarda yosh bilan kutib olamiz. Insonga xos neki hislar bo‘lsa, quvonchdan tortib qayg‘ugacha qalblarimizda uyqashib ketadi...

Siz va bizning porloq kelajagimiz uchun o‘z hayotini qurbon qilganlarning jasorati va mardligi esa hech qachon xotiramizdan o‘chmaydi.

Har biringizga yillar davomida baxtga to‘la havodan nafas olib, atrofingizni o‘ragan go‘zalliklardan bahra olgan holda tinch va musaffo osmon ostida umrguzaronlik qilish nasib etishini tilab qolamiz.

Bobolarimiz qahramonliklari yuraklarimizga abadiy muhrlansin, baland ovozda yangragan g‘alaba marshi esa qalblarimizni ilhom va g‘ururga to‘ldirsin.

Bayram muborak! Urаааа!
_____

9 мая – День памяти и почестей.

Эту дату мы встречаем с улыбкой и слезами на глазах. Вся гамма чувств, от радости до скорби смешивается в нас воедино...

А отвага и мужество тех, кто отдал жизнь за наше с вами светлое будущее, никогда не забываются.

Хотим пожелать каждому из вас из года в год жить под ясным и чистым небом, вдыхая полной грудью воздух счастья и созерцая всё прекрасное вокруг.

Пусть подвиги наших дедов живут в наших сердцах, а громкий победный марш наполняет вдохновением и чувством гордости.

С праздником! Ураааа!

Автор фото: А. Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
277 viewsedited  05:10
Ochish/sharhlash
2021-05-09 07:50:32
268 views04:50
Ochish/sharhlash