Get Mystery Box with random crypto!

Tashkent Zoo Official

Telegram kanalining logotibi tashzoo — Tashkent Zoo Official T
Telegram kanalining logotibi tashzoo — Tashkent Zoo Official
Kanal manzili: @tashzoo
Toifalar: Hayvonlar , Rasmiy kanallar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 2.15K

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2021-05-24 15:13:38
171 views12:13
Ochish/sharhlash
2021-05-22 07:13:05 Xalqaro biologik xilma-xillik kuni.

22 may kuni butun dunyoda muhim sana – Xalqaro biologik xilma-xillik kuni nishonlanadi.

Barcha befarq bo‘lmagan insonlar flora va faunani saqlab qolish qay darajada muhim ekanligini eslatishadi, asosiy e'tibor jonli mavjudotlarning normal hayot tarzi – chuchuk suv tozaligi, dunyo okeani tarkibining barqarorligi, atmosferaning tozaligi va gaz tarkibi kafolati ekanligiga qaratiladi.

Afsuski, hatto bir donagina «qimmatli bo‘lmagan» jonivor turining yo‘qolishi ham ekotizimning umumiy butunligi va samaradorligiga putur yetkazishini hamma ham tushunib yetavermaydi...

Ayni damda biologik xilma-xillikni saqlab qolish muammosiga butun dunyoda katta e'tibor qaratilmoqda.

Hayvonot va botanika bog‘lari sonini ko‘paytirish, shuningdek, yo‘qolib borayotgan turlarni erksizlik sharoitida, keyinchalik tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborish sharti bilan ko‘paytirish orqali noyob turlarni asrab qolish mumkin.

Hayvonot bog‘lari va qo‘riqxonalar yordamida insoniyat zubrlar, Prjevalskiy otlari, qulonlar, David bug‘ulari, Shimoliy Amerika bizonlari, hind karkidonlari, gavaya kazarkalari va boshqa qator jonivorlarni butkul qirilib ketishdan saqlab qolishga erishdi.

Aynan hayvonot bog‘lari insonlarda ular ham jonli tabiatning bir qismi ekanliklari haqidagi tasavvurni uyg‘otadi va yo‘qolib borayotgan hamda noyob jonivor turlarini saqlab qolishga yordam beradi. Bizning hayvonot bog‘imizda, masalan, 330 turga mansub 8 ming ekspozitsion jonivorlar parvarishlanadi. Ularning taxminan yarmi Qizil Kitob va SITES ilovalari ro‘yxatiga kiritilgan.

Вugungi sana munosabati bilan Toshkent hayvonot bog‘i vakillari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlari parlamenti, talabalar va boshqa tashkilotlar ishtirokida tadbir uyushtirildi, unda jonivorlarni asrab-avaylash va tabiatni muhofaza qilish qanchalik muhim ekanligi eslatib o‘tildi.

Siz ham tabiatni asrang, aziz do‘stlar. Flora va faunani asrash – siz va bizning qo‘limizda.

__

Международный день биологического разнообразия.

22 мая во всем мире отмечается важная дата – Международный день биологического разнообразия.

Все неравнодушные люди напоминают о важности сохранения флоры и фауны, делая упор на то, что нормальная жизнедеятельность живых существ – это гарантия чистоты пресных вод, стабильный состав мирового океана, чистота и газовый состав атмосферы.

К сожалению, не все понимают, что потеря одного даже «малоценного» вида животного влечет за собой нарушение целостности и продуктивности экосистем, в целом...

В настоящее время проблеме сохранения биологического разнообразия уделяется в мире все больше внимания.

Сохранить редкие виды можно с помощью увеличения числа зоопарков и ботанических садов, а также путем разведения исчезающих видов в условиях неволи с последующим возвращением размножившегося вида в природную среду.

Благодаря зоопаркам и заповедникам человечеству удалось спасти от полного вымирания зубров, лошадей Пржевальского, куланов, оленей Давида, североамериканских бизонов, индийских носорогов, гавайскую казарку и ряд других животных.

И именно зоопарки развивают в людях представление о том, что они часть мира живой природы и помогает сохранить исчезающие и редкие виды животных. В нашем зоопарке, к примеру содержится 330 видов и 8 тысяч экспозиционных животных. Около половины видов включены в Красную Книгу и в списки приложений СИТЕС.

В честь сегодняшней даты состоялось мероприятие при участии представителей Ташкентского зоопарка, депутатов парламента от Экологической партии Узбекистана, студентов и других организаций, где было упомянуто, насколько важно беречь животных и охранять природу.

Берегите ее и вы, дорогие друзья. Сохранение флоры и фауны – в наших с вами руках.

(все животные на фотографиях занесены в Красную книгу Республики Узбекистан)

Фото: А. Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
169 viewsedited  04:13
Ochish/sharhlash
2021-05-22 07:12:48
153 views04:12
Ochish/sharhlash
2021-05-21 16:53:15 Qora, qora laylak.

Laylaklar faqat oq emas, balki qora tusda ham bo‘lishini bilarmidingiz? Bilmagan bo‘lsangiz, bugungi postimiz siz uchun qushlar olamining sirli pardasini ochib beradi.

Bu go‘zal qushlar bilan yaqindan tanishishga tayyormisiz?

Keling, boshlaymiz.

Shunday qilib, qora laylak – bu o‘rmon qushi, u tinch o‘rmon hududlari, tog‘lar yoki o‘tib bo‘lmaydigan botqoq va daryo atrofi hududlarida uya quradi.

Sevimli taomlari – jonli ozuqa (baliqlar, qurbaqalar, suvda yashovchi umurtqasizlar va hk).

Qiziq dalillar:

Ko‘zi atrofidagi teri rangiga qarab, ularning yoshini bilib olish mumkin: yosh qushlarda u kulrang-yashil tusda, yoshi kattalarida esa – qizil rangda bo‘ladi;

Ular monogam, ammo o‘z jufti bilan faqat nikoh davridagina birlashadi. Вoshqa vaqtda laylaklar yolg‘izlikni afzal ko‘radi;

Yosh laylaklar uyasidan 64-65 kunlik davrida uchirma bo‘ladi;

Umrining o‘rtacha davomiyligi – 20 yilcha, hayvonot bog‘larida esa – deyarli 30 yil;

Qora laylaklar «Qizil Kitob»ga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida sanaladi.

Ular juda ko‘rkam va beqiyosdirlar. Bu esa shaxsan kelib, ularni o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rishga arziydi.

Qayerda deysizmi? Albatta hayvonot bog‘imizda.

Sizni kutib qolamiz, do‘stlar.

_____

Черный, черный аист.

А вы знали, что аисты бывают не только белыми, но и черными? Если нет, то наш сегодняшний пост станет для вас открытием таинственного мира птиц.

Готовы познакомиться с этими красавцами поближе?

Давайте начнем.

Итак, черный аист – это лесная птица, которая обычно гнездится в тихих лесных районах, горах или недоступных территориях около болот и рек.

Любимое меню – животная пища (рыбы, лягушки, водные беспозвоночные и тд).

Интересные факты:

Их возраст можно узнать по цвету кожи вокруг глаз: у молодых особей она окрашена в серо-зеленые тона, у взрослых – в красные;

Они моногамны, но в пару с избранником объединяются только на время брачного периода. В остальное время аист предпочитает одиночество;

Вылетают из гнезда молодые аисты в возрасте 64-65 дней;

Средняя продолжительность жизни – около 20 лет, в зоопарках – почти 30;

Черные аисты занесены в «Красную книгу» и находятся под угрозой иисчезновения.

Они прекрасны и необычны. И это стоит того, чтобы прийти и увидеть их своими глазами.

Где? Конечно же, в нашем зоопарке.

Ждём вас, друзья.

Фото А. Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
471 viewsedited  13:53
Ochish/sharhlash
2021-05-21 16:52:38
165 views13:52
Ochish/sharhlash
2021-05-20 15:45:34 Men ham yaxshiman, sen ham yaxshisan.

Ilonlar – mavhum jonivorlar. Kimdir ulardan qo‘rqadi, yana boshqalar esa ularning nafosatidan hayratda qolib, bajonidil bo‘ynilariga o‘rab olishadi.

Biz, hayvonot bog‘i xodimlari uchun, ilonlarning yomoni bo‘lmaydi. Faqat zaharlisi va zaharsizi bor xolos.

Ular zaharidan tashqari yana qaysi jihatlari bilan farqlanadi, buni hozir bilib olamiz. Xo‘sh, boshladikmi?

O‘zbekistondagi zaharli ilonlarni (kobradan tashqari) zaharsizlaridan farqlovchi asosiy jihatlari – tor tirqishsimon ko‘z qorachig‘i va qisqa qalinlashgan dumi.

Коbra, ko‘pgina zaharsiz ilonlar kabi, dumaloq ko‘z qorachig‘i va uzun ingichka dumga ega.
Ammo, zaharsiz ilonlardan farqli ravishda u, himoyalanish uchun yoki xavf tug‘ilganda, tikka turib oladi.

Qo‘shimcha qilamiz: zaharli ilonlardan qo‘rqish kerak emas!

Negaki ular hech qachon sababsiz chaqishmaydi. Ular instinktiv ravishda o‘z quroli kuchini «anglashadi» va xavf haqida ogohlantirishadi.

Masalan, kobra o‘ziga xos ravishda tik turib oladi, yapaloqbosh va ko‘lvor ilon baland ovozda vishillaydi, shaqildoq ilon shaqildog‘ini shiqillatadi, ularning qarindoshi – bo‘shilon esa dumining uchini likillatadi, charxilon esa – tanasining yon tomonidagi tangachalarini ishqalash orqali ovoz chiqaradi.

Shu yo‘l bilan, ular mojaroga yo‘l qo‘ymasdan va zaharini ishga tushirmasdan dushmanni to‘xtatib qolishga intilishadi.

Ularga duch kelib qolsangiz, ehtiyot bo‘ling va ularni o‘zingiz xafa qilmang.

Siz ilonlardan qo‘rqasizmi? Yoki yo‘q? Balki ular bilan bog‘liq qiziq voqealarni bilarsiz? Izohlarda yozib qoldiring.

—————

И я хороший, и ты хороший.

Змеи – животные неоднозначные. Кто-то их боится, а кто-то с удовольствием сажает их себе на шею и восхищается их грацией.

Для нас, работников зоопарка, плохих змей не бывает. Бывают ядовитые и неядовитые.

А чем они отличаются, ну кроме яда, естественно, мы сейчас узнаем. Вы с нами?

Основные отличия ядовитых змей Узбекистана (кроме кобры) от неядовитых – узкий щелевидный зрачок глаз и короткий утолщенный хвост.

Кобра, как и большинство неядовитых змей, имеет круглый зрачок и длинный тонкий хвост.
Но при этом, в отличие от них, она при защите и угрозе поднимается в стойку.

Хотим добавить: бояться ядовитых змей не стоит!

Ведь они никого не кусают беспричинно. Они инстинктивно «осознают» силу своего оружия и предупреждают об опасности.

Например, кобра, как сказали ранее, встает в характерную для нее стойку, гадюка и гюрза громко шипят, гремучники трещат погремушками, а их родственник – щитомордник трясет кончиком хвоста, эфа – издает звук трением чешуек на боку туловища.

Таким образом, они стремятся остановить врага, избегая конфликта и не пуская в ход свой яд.

Проявляйте осторожность при встрече с ними и не обижайте их сами.

А вы боитесь змей? Или нет? А может у вас есть интересные истории, связанные со встречей с ними? Пишите в комментариях.

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
250 viewsedited  12:45
Ochish/sharhlash
2021-05-20 15:45:11
239 views12:45
Ochish/sharhlash
2021-05-19 15:32:03 Ehtiyot bo‘ling: o‘ta xavfli.

Barcha jonivorlarimiz bir qarashdayoq mehr uyg‘otadigan yoqimtoylar ekanligiga qaramay, ular orasida biroz xavotir uyg‘otadiganlari ham yo‘q emas.

Ular kim bo‘ldi?

Albatta, «Yirtqichlar» bo‘limi aholisi.

Bu bo‘lim eng xavfli hisoblanadi va unda ishlovchi barcha xodimlar xavfsizlik texnikasiga qat'iy amal qilishadi. Jonivorlar bilan har qanday ishlarni birdaniga 2 ta, hattoki 3 ta xodim bir bo‘lib o‘tkazishadi.

Ularga Nodir Bahromov rahbarlik qiladi, u har kuni ertalab jonivorlar bilan ishlash bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradi. Bo‘limdagi 24 jonivor hayoti va salomatligiga 11 ta xodim qaraydi.

Bo‘lim vakillari orasida qizil kitobga kiritilgan jonivorlar ham bor: Navro‘z laqabli amur yo‘lbarsi (Moskva hayvonot bog‘idan mart oyida olib kelinganligi uchun shunday nomlangan), hamda uning dugonasi – bizning hayvonot bog‘imizda tug‘ilgan Osiyo laqabli urg‘ochi yo‘lbars.

Hayvonot olamining sultoni – Kaliningraddan bizga olib kelingan Aleks laqabli sher nufuzli o‘rinni egallab turadi. Hozir u 9 yoshda.

Shuningdek, Termizdan olib kelingan Daryo laqabli urg‘ochi yo‘lbars, Nobosibirsk hayvonot bog‘idan olib kelingan Xelga laqabli urg‘ochi sher, serval, cho‘l va kanada bo‘rilari, ajoyib ayiqlar va boshqa ko‘plab jonivorlarni ko‘rishingiz mumkin.

Mushuksimonlar oilasi vakillari faqatgina go‘sht iste'mol qilishadi, volyerlari ozodaligini qadrlashadi, mehmonlarni yaxshi qarshi olishadi va ular bilan bajonidil muloqot qilishadi.

Bo‘limning qaysi jonivori haqida batafsilroq bilish sizga qiziq? Izohlarda yozib qoldiring. Keyingi safar u haqida batafsil so‘zlab beramiz.

————

Осторожно: особо опасны.

Несмотря на то, что все наши обитатели – милые очаровашки, влюбляющие в себя с первого взгляда, есть те, которые вызывают некоторые опасения.

Кто же они?

Конечно, жители отдела «Хищные».

Он считается самым опасным отделом, где все работники соблюдают технику безопасности. Любые манипуляции с животным проводят сразу 2, а даже 3 человека.

Заведует им Надыр Бахрамов, который каждое утро проводит инструктаж по работе с животными. Всего на 24 жильцов приходится 11 сотрудников, следящих за их жизнью и здоровьем.

Среди представителей отдела есть краснокнижные животные: амурский тигр Навруз (прибыл к нам из Московского зоопарка в марте, отчего и получил такую кличку), а также его подруга – тигрица Азия, которая родилась в нашем зоопарке.

Почётное место занимает царь зверей – лев по имени Алекс, прибывший к нам из Калининграда. Сейчас ему уже 9 лет.

Также вы можете увидеть у нас тигрицу Дарьё, которая попала к нам с Термеза, львицу Хельгу из Новосибирского зоопарка, сервала, пустынного и канадского волков, забавных медведей и многих других обитателей.

Представители кошачьих едят исключительно мясо, ценят чистоту в своих вольерах, хорошо реагируют на приходы гостей и мило с ними общаются.

Интересно узнать о каком-то определенном жителе отдела? Пишите нам в комментариях. И в следующий раз мы обязательно расскажем о нем подробнее.

Автор фото: А. Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
218 viewsedited  12:32
Ochish/sharhlash
2021-05-19 15:31:48
206 views12:31
Ochish/sharhlash
2021-05-18 11:12:46 Baxtli bo‘lgin, qadrdonimiz Sindi!

Quyosh nurlari havoni isitayotgan va bir olam ijobiy hislarni taqdim etayotgan ushbu kunda biz go‘zal Sindi ismiga ega jonivorimizning tug‘ilgan kunini nishonlamoqdamiz.

Sindi – surma rang ko‘zoynakli langur yoki ko‘zoynakli ingichkatan urg‘ochisi, 2012-yil 18-may kuni hayvonot bog‘imizda tug‘ilgan.

Uning ota-onasi bizga Malayziyaning «Zoo Melaka» hayvonot bog‘idan 2009-yilda olib kelingan.

Bu juftlik hayvonot bog‘imizda yashayotgan davri ichida 7 marta farzandli bo‘lgan, ularning ba'zilari hozirda Novosibirsk hayvonot bog‘ida yashab, muvaffaqiyatli ravishda ko‘payishmoqda.

Sindi, tug‘ilgan kuning bilan. Sog‘lom va uzoq umr tilaymiz.

Bizning jonivorimizga siz nimalarni tilaysiz, aziz do‘stlar? Tabriklaringizni izohlar orqali kutib qolamiz.

__

Будь счастлива, дорогая Синди!

Пока солнечные лучи уютно согревают и дарят море позитивных эмоций, мы празднуем день рождения нашей обитательницы с красивым именем Синди.

Синди – самка дымчатого очкового лангура, или очкового тонкотела, родилась в нашем зоопарке 18 мая 2012 года.

Её родители поступили к нам из Малайзии из зоопарка Zoo Melaka в сентябре 2009 года.

За все время, пока они жили у нас, у пары родилось 7 детенышей, некоторые из которых сейчас обитают в Новосибирском зоопарке и успешно размножаются.

Синди, с днём рождения. Желаем здоровой и долгой жизни.

Автор фото: А. Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
128 viewsedited  08:12
Ochish/sharhlash