Get Mystery Box with random crypto!

Tashkent Zoo Official

Telegram kanalining logotibi tashzoo — Tashkent Zoo Official T
Telegram kanalining logotibi tashzoo — Tashkent Zoo Official
Kanal manzili: @tashzoo
Toifalar: Hayvonlar , Rasmiy kanallar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 2.15K

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2021-06-14 16:26:40
242 views13:26
Ochish/sharhlash
2021-06-12 11:16:55 Внимание!

Завтра, 13.06.2021, в 11:00 выставка рисунков на тему: «Моё любимое животное» в Ташкентском зоопарке.

Всем участникам конкурса, которые принесли свои рисунки заранее в зоопарк, а также их родителям, вход с 10:30 в день выставки БЕСПЛАТНЫЙ!
290 views08:16
Ochish/sharhlash
2021-06-12 10:34:50
309 views07:34
Ochish/sharhlash
2021-06-10 17:18:09 Ukkilarimiz haqida bir so‘z ayting.

Biz ular haqida soatlab gapirishga tayyormiz. Va tomosha qilishga ham. Negaki bu qushlar o‘zining betakror ko‘rinishi bilan bir qarashdayoq o‘ziga mahliyo qilib qo‘yadi.

Yorqin va sirli, xotirjam va qat'iyatli. Bugun biz sizlarga o‘ziga xos qushlar — ukkilar haqida so‘zlab beramiz.

Shunday qilib:

Ukki – bu, boyqushsimonlar turkumiga mansub tungi qush.

Ular o‘lchami bilan ham, qanotlarining uzunligi bilan ham boyqushlardan anchagina katta.

Ularning vazni 2-4 kg, tanasining uzunligi esa 50-72 sm bo‘lishi mumkin. Qanotlarining uzunligi esa 1.5-2 metrgacha yetadi.

Ukkilar – juda yaxshi ovchilar. Bunda ularga o‘tkir eshitish qobiliyati, qanotlari chetlarida joylashgan yumshoq parlar evaziga shovqinsiz uchish hamda a'lo ko‘rish qobiliyati yordam beradi.

Toshkent hayvonot bog‘ida ukkilar o‘zlarini juda yaxshi his qilishadi, ko‘payishadi va ko‘pincha boshqa hayvonot bog‘laridan o‘zaro almashuv dasturiga asosan olib kelinadi. Biz esa, o‘z navbatida, qanotli do‘stlarimizni boshqa hayvonot bog‘lariga, chunonchi, Boku hayvonot bog‘iga ham taqdim etganmiz.

Yaqindagina bizda Gadjet laqabli ukkivoycha tug‘ildi (u haqida avvalgi nashrlarimizda yozganmiz), xodimlarimiz hozirda uni parvarishlash bilan ovoralar.

Siz ham bizning go‘zallarimiz bilan tanishmisiz? Tanish bo‘lmasangiz, bu yoqimli uchrashuvni keyinga qoldirmang.
___

О наших филинах замолвите слово.

Мы готовы говорить о них часами. И смотреть тоже. Ведь эти птицы завораживают своей необычной внешностью с первого взгляда.

Яркие и загадочные, спокойные и цепкие. Сегодня мы расскажем вам о филинах – птицах очень своеобразных.

Итак:

Филин – это сумеречная птица, которая относится к отряду совообразных.

Они значительно больше сов и по размеру, и по размаху крыльев.

Их вес может варьироваться от 2 до 4 кг, а длина тела от 50 до 72 см. Размах крыльев достигает до 1.5-2 метров.

Филины – отличные охотники. И в этом им помогают: развитый слух, бесшумный полет, который достигается наличием мягкого опушения по краям крыльев, а также отличное зрение.

В Ташкентском зоопарке филины чувствуют себя прекрасно, хорошо размножаются и часто попадают к нам из других зоопарков по обмену. А мы, в свою очередь, также передавали своих пернатых в разные зоопарки, в частности, в Бакинский.

А совсем недавно у нас родился филиненок Гаджет (мы о нем писали в предыдущих публикациях), за которым сейчас ухаживают наши сотрудники.

А вы знакомы с нашими красавцами? Если нет, то не откладывайте эту приятную встречу.

Автор фото: Александр Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
218 views14:18
Ochish/sharhlash
2021-06-10 17:18:04
200 views14:18
Ochish/sharhlash
2021-06-09 12:11:38 Ajablanarli, ammo haqiqat! ️

Ular dinozavrlardan oldin paydo bo‘lishgan va 450 million yildan ortiq vaqt davomida dunyo okeanida yashab kelishmoqda.

Gap kim haqida? Albatta, sirli va chiroyli baliqlar haqida.

Ular haqida ko‘proq bilib oling va hayratda qoling.

Shunday qilib:

Baliqlar gaplasha oladilar. Xabarlarni bir-biriga yetkazish uchun ular odam sezmaydigan past tonli tovushlar yoki ultratovushdan foydalanadilar.

Ba'zi baliq turlari, masalan, laqqa baliqlar, vishillashi, g‘ichirlashi, xirillashi va hatto hushtak chalishi mumkin. Buning uchun ular tanasining turli qismlaridan foydalanadilar.

Baliqlar ranglarni ajratibgina qolmay, balki ulardan o‘zlarini himoya qilish uchun ham foydalana olishadi.

Baliqlarning xotirasi juda zo‘r. Ular yo‘nalishni tanlashda adashishmaydi, labirintdan chiqish yo‘lini topa olishadi va hatto odamlar yuzini eslab qolishga qodir.

1994-yilda olimlar oltin baliq bilan tadqiqot o‘tkazib, uni mukofot olish uchun tugmani bosishga o‘rgatishdi (buni sutka davomidagi ma'lum soat davomidagina amalga oshirish mumkin edi). Baliq bu vazifani uddaladi.

Ba'zi baliq turlari hatto o‘z egasini tanishga qodir.

Siz-chi, baliqlar haqida nimalarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring va bilimlaringizni obunachilarimiz bilan bo‘lishing.

__

Удивительно, но факт!

Они появились раньше динозавров и населяют мировой океан уже более 450 миллионов лет.

О ком мы? Конечно же, о загадочных и красивых рыбах.

Узнавайте о них и удивляйтесь.

Итак:

Рыбы могут разговаривать. Для передачи сообщений друг другу они используют звуки низких тонов или ультразвуки, которые не сможет почувствовать человек.

Некоторые виды рыб, к примеру сомовые, могут шипеть, скрипеть, хрипеть, и даже посвистывать. Для этого они используют разные части тела.

Рыбы не только различают цвета, но и способны использовать их для своей защиты.

У рыб отличная память. Они хорошо умеют ориентироваться в пространстве, находят выход из лабиринта и даже запоминают человеческие лица.

В исследовании 1994 года ученые обучали золотую рыбку нажимать на рычаг, чтобы получить вознаграждение (причем сделать это можно было только в течение одного часа в сутки). И рыбка справилась.

Некоторые виды рыб даже способны узнавать хозяина.

А что о рыбах знаете вы? Пишите в комментариях и делитесь с нашими подписчиками.

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
759 viewsedited  09:11
Ochish/sharhlash
2021-06-09 12:11:37
256 views09:11
Ochish/sharhlash
2021-06-08 18:09:54 Sizni unutilmas taassurotlar kutmoqda!

Aziz do‘stlar, Toshkent hayvonot bog‘ida shinamgina poni-klub ish boshladi, bu yerda 4 ta yoqimtoygina ponilar – Indeyes, Baron, Botya va Bryusli sizni kutmoqda.

O‘g‘il va qizlar ponilar bilan maroqli vaqt o‘tkazishni boshlab yuborishdi va haqiqiy chavandoz sifatida o‘zlarini sinab ko‘rishmoqda.

Klubimizda 2 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar ponida sayr qilishlari mumkin. Klub ertalabgi 9.00 dan kechki 19.00 gacha ishlaydi.

Bizning jonivorlarimiz hotirjam va yaxshi o‘rgatilgan, hatto farzandingiz hech qachon otda sayr qilmagan bo‘lsa ham, xavotirga o‘rin yo‘q – instruktorimiz hammasini ko‘rsatib, tushuntiradi va otda minish uchun shlem beradi.

Bundan tashqari!

Biz maxsus fotohudud ham yaratdik, u yerda esdalikka rasmga tushish mumkin.
Farzandlaringiz esa, muhitga to‘liq sho‘ng‘ish uchun kovboy bosh kiyimini ham kiyib olishlari mumkin.

Siz ham mehmonga keling hamda o‘zingiz va farzandlaringizga bir olam yorqin hislarni hadya eting.

Biz sizni kutib qolamiz.

____

Вас ждут незабываемые впечатления!

Дорогие друзья, с 1 июня в Ташкентском зоопарке начал свою деятельность уютный пони-клуб, где вас ждут 4 очаровашки-пони – Индеец, Барон, Ботя и Брюсли.

Мальчишки и девчонки уже вовсю наслаждаются нашими животными и пробуют себя в качестве настоящих наездников.

В нашем клубе могут кататься дети от 2 до 10 лет. Работает он с 9 утра до 19.00 вечера.

Наши животные уравновешенны и прекрасно обучены и если ваш ребенок никогда не катался на лошадях, то вам не стоит переживать – наш инструктор все покажет, объяснит и выдаст шлем для верховой езды.

А еще!

Мы создали специальную фотозону, где можно сделать фото на память.
А ваши малыши могут надеть шляпы ковбоев, чтобы окунуться в атмосферу.

Приходите и вы к нам в гости и подарите массу ярких эмоций себе и своим детям.

Мы вас очень ждём.

Автор фото: Александр Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
55 views15:09
Ochish/sharhlash
2021-06-08 18:09:40
55 views15:09
Ochish/sharhlash
2021-06-07 16:08:32 Mening yo‘lim.

Hammaga salom! Mendan siz, aziz obunachilarimiz uchun o‘z tariximni yozishni so‘rashganida, quvonchimning cheki yo‘q edi, negaki men siz bilan muloqot qilishni juda yaxshi ko‘raman.

Shunday qilib, keling, tanishamiz.

Меning ismim Malishka. Men burama shox echkichaman va Toshkent hayvonot bog‘iga 2020-yil yozining boshida kelib qolganman.

Меni cho‘pon kuchugidan tortib olib, hayvonot bog‘i vetklinikasiga jo‘natishgan, bu yerda esa menda bosh-miya jarohati borligi aniqlandi: boshimda o‘sha kuchukning tishlari qoldirgan 2 ta chuqur jarohat. Naqd ikki kun davomida shifokorlar oldimdan bir qadam ham siljimay, bor kuchlari bilan menga g‘amxo‘rlik qilishdi…

Tez orada men oyoqqa turdim va «Tuyoqlilar» bo‘limiga o‘tkazildim, u yerdagi jonivorlar bilan tezda do‘stlashib oldim.

Hozir men ancha ulg‘aydim va soppa-sog‘man, turmushga chiqishga ham ulgurdim, bolajonlarim bilan hammani xursand qilish va qizil kitobdagi jonivor turlarini saqlab qolishga tayyorman.

Mehmonga keling, aziz do‘stlar! Yaqindan tanishib olamiz.

_

Мой путь.

Всем привет! Когда меня попросили написать свою историю для вас, наши дорогие подписчики, радости моей не было предела, ведь я очень люблю общаться с вами.

Итак, давайте знакомиться.

Меня зовут Малышка. Я винторогая козочка и попала я в Ташкентский зоопарк в начале лета 2020 года.

Меня отбили от собаки пастуха и направили сюда в ветклинику, где у меня обнаружили черепно-мозговую травму: 2 глубокие раны на голове, оставленные клыками этой собаки. Целых два месяца врачи не отходили от меня ни на минуту, заботясь обо мне изо всех сил…

В скором времени я вылечилась и была переведена в отдел «Копытные», где быстро сдружилась с его обитателями.

Сейчас я, совсем взрослая и здоровая, успела выйти замуж, готова радовать всех своим потомством и сохранять вид краснокнижных.

Приходите в гости, дорогие друзья! Будем знакомиться ближе.

Автор фото: Александр Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
188 viewsedited  13:08
Ochish/sharhlash