Get Mystery Box with random crypto!

Tashkent Zoo Official

Telegram kanalining logotibi tashzoo — Tashkent Zoo Official T
Telegram kanalining logotibi tashzoo — Tashkent Zoo Official
Kanal manzili: @tashzoo
Toifalar: Hayvonlar , Rasmiy kanallar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 2.15K

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2021-06-21 17:40:08
475 views14:40
Ochish/sharhlash
2021-06-21 14:44:46
20-iyun — Butunjahon hayvonot bog‘laridagi fillarni himoya qilish kuni
___

20 июня - Всемирный день защиты слонов в зоопарках

#tashzoo
275 views11:44
Ochish/sharhlash
2021-06-17 17:44:57
Телеканал «Dunyo Bo'ylab»
763 viewsedited  14:44
Ochish/sharhlash
2021-06-17 16:16:42 «Oppoqvoylar» Toshkent hayvonot bog‘ida!

Hayvonot bog‘imiz jonivorlari qatori yanada to‘ldi.

Joni va Jenni laqabli ikkita sakkiz oylik oq sherchalar bizning yangi jonivorlarimizga aylanishdi. Ular boshqaruvchi kompaniyamiz «Wildlife care» tomonidan JAR (Afrika) dan olib kelindi.

«Oq sher» iborasini o‘qib, hayron qolgandirsiz? Ammo ular chindan ham tabiatda mavjud va hozir sizga ular haqida batafsilroq so‘zlab beramiz.

Oq sher – bu sherlarning alohida turkumi emas, balki «leykemizm» nomi ostida ma'lum bo‘lgan mutatsiya natijasidir.

Juda kam uchraydi, ularni faqat Janubi-Sharqiy Afrikada yashovchi afrika sherlarining «Panthera leo krugeri» nomli transvaal ost turkumi orasida uchratish mumkin.

Ular albinos emaslar. Ularning chiroyli ko‘zlari va terisi normal tusda.

Rangi ko‘zga tashlanadigan bo‘lgani uchun yovvoyi tabiat qo‘ynida yashash ular uchun juda murakkab masala va bu ov qilishda halaqit beradi. Ular boshqa yirtqichlar va brakonyerlarning o‘ljasiga osongina aylanishadi.

Butun dunyo bo‘yicha ularning soni atigi 300 taga yetadi, shuning ham katta qismi hayvonot bog‘larida.

Bizning oq sherchalarimiz esa volyerimizga chiqarib yuborildi. Momiqvoylarimiz soni ko‘payganidan biz juda mamnunmiz. Bunday noyob jonivorlarni asrab qolish va ularga g‘amxo‘rlik qilish esa biz uchun katta sharaf.

Keling va bizning yangi jonivorlarimiz bilan birinchilardan bo‘lib tanishing.

Siz avval ham oq sherlar haqida eshitganmidingiz? Izohlarda yozib qoldiring.

_

«Белоснежки» в Ташкентском зоопарке!

В полку обитателей нашего зоопарка прибыло.

Нашими новыми жильцами стали два белых львёнка, восьмимесячные Джони и Дженни. Они были привезены из ЮАР (Африка) сотрудниками нашей управляющей компании «Wildlife care».

Вы наверное удивились, услышав словосочетание «белый лев»? Но они действительно существуют в природе и мы сейчас узнаем о них чуть подробнее.

Белый лев – это не отдельный подвид львов, а результат мутации, известной под названием «лейкемизм».

Встречаются чрезвычайно редко и только среди африканских львов трансваальского подвида Panthera leo krugeri, обитающих в Юго-Восточной Африке.

Они не альбиносы. Их красивые глаза и кожа имеют нормальный окрас.

Из-за броского окраса им сложно выжить в дикой природе и это мешает им в охоте. Они легко становятся добычей других хищников и браконьеров.

Всего насчитывается 300 особей во всем мире, большая часть из которых содержится в зоопарках.

А наши белые львята уже находятся у нас в вольере. Мы очень рады тому, что наших пушистиков стало больше. А сохранять и заботиться о таких редких животных – для нас большая честь.

Приходите и повидайтесь с нашими жильцами самыми первыми.

А вы когда-нибудь слышали о белых львах? Пишите в комментариях.

Автор фото: Александр Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
87 viewsedited  13:16
Ochish/sharhlash
2021-06-17 16:16:38
79 views13:16
Ochish/sharhlash
2021-06-16 17:08:19 Yangi jonivorimiz uchun ism tanlaymizmi?

Do‘stlar, hayvonot bog‘imizda yangi jonivor paydo bo‘ldi!

Befarq bo‘lmagan insonlar bizga jajjigina va juda chiroyli qushchani olib kelishdi. Turi – sor qushi. Shu mehribon insonlar va veterinarlarimiz yordami bilan faunaning jozibador vakili hayotini saqlab qolishga erishdik...

Xuddi yoz quyoshi kabi yorqin sariq rangda, o‘tkir tumshuq va tirnoqlar – bularning hammasi bizda bo‘lajak yirtqich katta bo‘layotganidan dalolatdir. Buning ustiga juda chiroyli va patlari parqudek mayin.

Ayni damda polapon mehribon shifokorlar nazorati ostida veterinariya klinikamizda saqlanmoqda.

Ammo kichkinagina muammocha tug‘ildi!

Qanotli do‘stimizga hali ham ism o‘ylab topganimiz yo‘q. Siz esa bu ishni juda yaxshi uddalaysiz.

Aytingchi, jajjitoyimizga qanday ism bergan bo‘lardingiz? Javoblaringizni sabrsizlik bilan kutib qolamiz.

____

Выберем имя для нового обитателя?

Друзья, у нас в зоопарке пополнение!

Неравнодушные граждане привезли нам маленькую и очень красивую птицу. Вид – канюк курганник. Благодаря этим людям и помощи наших ветеринаров жизнь прекрасного представителя фауны удалось спасти...

Ярко-желтый, как луч летнего солнышка, клюв и очень острые когти – все это говорит о том, что у нас растёт будущий хищник. К тому же красивый и с мягким, словно облачко, оперением.

На данный момент наш птенец находится в ветеринарной клинике под чутким присмотром заботливых докторов.

Но у нас есть маленькая проблема!

Кличку нашему пернатому обитателю мы ещё не придумали. А вот у вас это получается просто отлично.

Подскажите, как бы вы назвали нашего новенького? С нетерпением ждём ваши версии.

Автор фото: Динара Чиркова

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
635 viewsedited  14:08
Ochish/sharhlash
2021-06-16 17:08:11
528 views14:08
Ochish/sharhlash
2021-06-14 16:27:26 «Мое любимое животное» в Ташкентском зоопарке.

13 июня солнце светило нам по-особенному ярко.

Все дело в том, что именно в этот день у нас проходила выставка рисунков «Моё любимое животное»!

Талантливые детишки и их родители украсили наш зоопарк своими работами, на фоне которых с удовольствием фотографировались наши посетители. Всего в выставке участвовало более 80 рисунков.

Все работы были прекрасны и по-своему необычны: дети рисовали обезьянок, лисов, кошек, кроликов, волков, пони, верблюдов, жирафов, слонов, медведей и даже крокодилов!

В конкурсе участвовали дети разных возрастов. Самый маленький участник в возрасте 3 лет тоже проявил свой творческий потенциал и красочно изобразил фламинго и черепах. А нарисовать их, между прочим, совсем нелегко!

Ещё мы заметили, что ребята вдохновились нашими крылатыми – розовый фламинго, попугай ара, павлин, эму и другие пернатые на рисунках встречались чаще всего. А наши хищники на их картинах выглядели, как живые!

Юным художникам вручили альбомы для рисования, краски, плакаты с изображением животных зоопарка, а также значки с изображением фауны Узбекистана, предоставленные Управлением по вопросам биоразнообразия Госкомэкологии РУз.

По итогам голосования сотрудников зоопарка, главными призерами стали:

1 место – А. Худоярова, 11 лет;
2 место – А. Лыжник, 13 лет;
3 место – Я. Абдуганиева, 12 лет.

Они получат пригласительные в зоопарк на полгода, 3 месяца и 1 месяц соответственно.

Также отмечены работы Жураевой Д. (10 лет) и Исматуллаева Д. (12 лет), и детей с особенностями развития из клуба «Ангелочек». Этих ребят мы тоже ждём у нас в зоопарке.

Директор Ташкентского зоопарка, Абдухафиз Рустамов, поблагодарил участников мероприятия, сфотографировался с ними на память, а затем пригласил на экскурсию.

Самое главное, что радостная улыбка не сходила с детских лиц. А это – лучший для нас подарок.

Спасибо за участие, ребята. Спасибо за ваш талант.

Автор фото: Динара Чиркова

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz
258 viewsedited  13:27
Ochish/sharhlash
2021-06-14 16:26:55 Toshkent hayvonot bog‘ida «Мening sevimli jonivorim».

13-iyun kuni oftob biz uchun har qachongidan ko‘ra yorqin nur sochdi.

Gap shundaki, aynan shu kuni hayvonot bog‘imizda «Мening sevimli jonivorim» rasmlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi!

Iqtidorli bolajonlar va ularning ota-onalari hayvonot bog‘imizni o‘z ishlari bilan bezashdi, mehmonlarimiz esa bu rasmlar bilan bajonidil suratga tushishdi. Ko‘rgazmada hammasi bo‘lib 80 dan ziyod rasmlar ishtirok etdi.

Hamma ishlar juda ajoyib va o‘ziga xos tarzda betakror chizilgan: bolajonlar maymunchalar, tulkilar, mushuklar, bo‘rilar, poni, tuyalar, jiraflar, fillar, ayiqlar va hatto timsohlarni chizishibdi!

Tanlovda turli yoshdagi bolajonlar ishtirok etishdi. 3 yoshli eng jajji ishtirokchimiz ham o‘zining ijodiy salohiyatini namoyish etib, flamingo va toshbaqalarni yorqin ranglarda aks ettirgan. Ularni tasvirlash esa oson ish emas, aslo!

Bolajonlarimizga qanotli do‘stlarimiz ilhom bag‘ishlaganligini ham sezdik – pushti flamingo, ara to‘tisi, tovus, emu va boshqa qanotlilar rasmlarda boshqalarga qaraganda ko‘proq uchradi. Yirtqichlarimiz esa bu rasmlarda huddi tirikdek jonli tasvirlangan!

Yosh rassomlarga rasm albomlari, bo‘yoqlar, hayvonot bog‘i jonivorlari tasviri tushirilgan plakatlar, shuningdek, O‘zR Davlat Ekologiya Qo‘mitasining Bioxilma-xillik masalalari bo‘yicha boshqarmasi taqdim etgan O‘zbekiston faunasi tasviri tushirilgan ko‘krak nishonlari taqdim etildi.

Hayvonot bog‘i xodimlari bergan ovozlar natijalariga ko‘ra asosiy g‘oliblarimiz deb quyidagilar topildi:

1 o‘rin – А. Хudoyarova, 11 yosh;
2 o‘rin – А. Lyjnik, 13 yosh;
3 o‘rin – Ya. Аbduganiyeva, 12 yosh.

Ular, tegishli ravishda, hayvonot bog‘iga tashrif buyurish uchun 6 oy, 3 oy va 1 oylik taklifnomalar bilan taqdirlanadilar.

Shuningdek, Jo‘rayeva D. (10 yosh) va Ismatullayev D. (12 yosh) hamda «Angelochek» klubidagi rivojlanishida o‘ziga xosliklari bo‘lgan bolalarning ishlari ham alohida e'tiborga loyiq deb topildi. Bu bolajonlarni ham hayvonot bog‘imizda kutib qolamiz.

Toshkent hayvonot bog‘i direktori Abduhafiz Rustamov tadbir ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdi, ular bilan esdalik suratga tushdi, keyin esa ekskursiyaga taklif etdi.

Eng muhimi, bolajonlar yuzidan quvonch to‘la tabassum arimadi. Bu esa – biz uchun eng yaxshi sovg‘a.

Ishtirokingiz uchun katta rahmat sizlarga. Iqtidoringiz uchun rahmat.
217 viewsedited  13:26
Ochish/sharhlash
2021-06-14 16:26:52
218 views13:26
Ochish/sharhlash