Get Mystery Box with random crypto!

Кushevat + Bobrik = sevgi. ⠀ Agar bizning jonivorlar yozishn | Tashkent Zoo Official

Кushevat + Bobrik = sevgi.

Agar bizning jonivorlar yozishni bilganlarida devorlarimizni shunday yozuvlar bezagan bo‘lar edi, hoynahoy.

Kushevat va Bobrik – bu bizda yashaydigan, bir-birini sevadigan va o‘zlarining go‘zal «love-story»lari bilan bizni xursand qilib kelayotgan oq turnalar juftligi.

Ular turnalarning noyob turlarini ko‘paytirish va tabiatga qaytarishga ixtisoslashtirilgan Oks davlat biosfera qo‘riqxonasi tomonidan 2009-yilda bizga hadya etilgan.

O‘sha paytdan buyon ular doim birga va ajralishmaydi. Avvaliga ular katta volyerda bir-biridan uzoqlashishmasdi, keyinchalik, balog‘atga yetganliklarini namoyish eta boshlashdi va biz ular uchun alohida volyer yaratib berdik.

Bu qushlarimiz – muhabbat barcha yosh uchun teng ekanligini tasdiqlab turuvchi juftlik. Кushevat Bobrikdan 1 yoshga katta, u 2002-yil 29-mayda tug‘ilgan, uning jufti esa – 2003-yil 2-iyunda.

Bobrik, laqabi kulgili bo‘lishiga qaramasdan, juda jahldor va rashkchi yigit. Кushevat tuxum bosib o‘tirganida, uni himoya qiladi va hech kimni yoniga yaqinlashtirmaydi.

Umid qilamizki, bu muhabbat katta va go‘zal avlod debochasi bo‘lib xizmat qiladi.

Xo‘sh, kelayotgan bayram bilan ularni tabriklaymizmi, do‘stlar?

_____

Кушеват + Бобрик = любовь.

Наверное, именно эта надпись красовалась бы на заборах, если бы наши обитатели умели писать.

Кушеват и Бобрик – это парочка стерхов, которые обитают у нас, любят друг друга и радуют своей красивой love-story.

Они были переданы нам в дар в 2009 году Окским государственным биосферным заповедником, который специализируется в разведении редких видов журавлей и их реинтродукции в природу.

С тех самых пор они всегда держатся вместе и не разлучаются. Сначала они не отходили друг от друга в большом вольере, а позже начали проявлять брачное поведение и мы им создали отдельный вольер.

Наши обитатели – это пара, доказывающая, что любви все возрасты покорны. Кушеват старше Бобрика на 1 год, родилась 29 мая 2002 года, а ее избранник – 2 июня 2003 года.

Бобрик, несмотря на свое смешное имя, грозный и ревнивый парень. Пока она насиживает на яйцах, он её оберегает и никого не подпускает близко.

Мы очень надеемся, что эта любовь станет началом большого и красивого потомства.

Ну что, поздравим их с предстоящими праздниками, друзья?

Автор фото: А. Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz