Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent hayvonot bog‘ining eng mazali bo‘limi. ⠀ Hа-hа! Biz | Tashkent Zoo Official

Toshkent hayvonot bog‘ining eng mazali bo‘limi.

Hа-hа! Bizda shunaqasi ham bor va bu oziq-ovqat bo‘limi, albatta.

Jonivorlarimiz uchun atalgan ozuqa aynan shu bo‘limga olib kelinadi va oziq-ovqat bo‘limi rahbari Abror Rahmatxo‘jayev boshchiligidagi veterinariya klinikasi xodimlari hamda zootexniklardan iborat maxsus komissiya tomonidan sifati puxta tekshirib chiqiladi.

Tekshiruvdan keyingina har bir bo‘lim o‘z jonivorlariga atalgan mahsulotlarni olib ketadi.

Endi esa eng qizig‘i!

Har hafta hayvonot bog‘iga quyidagi mahsulotlar olib kelinadi:

Banan – 70-80 kg;
Sabzi – 500-600 kg;
Olma – 250 kg (reptiliya, tuyoqlilar va boshqalar uchun);
Кivi – 20 kg (primatlar, tuyoqlilar bo‘limi va to‘tiqushlar uchun);
Go‘sht – 400 kg (yirtqichlar, sutemizuvchilar, qushlar, suvda suzuvchilar, reptiliyalar uchun);
Каrtoshka – 300-400 kg;
Каram – 500 kg (primatlar, qushlar, tuyoqlilar uchun);
Bodring – 300 kg;
Tariq, makkajo‘xori, beda, xashak (qushlar, urg‘ochi fil Putri va boshqalar uchun;

Shuningdek, limon va qulupnay (sutemizuvchilar va tuyoqlilar uchun).

Yilning sovuq mavsumida ro‘yxatga ananas, apelsin va boshqa mavsumiy meva va sabzavotlar qo‘shiladi.

Momiqvoylarimiz barcha zarur vitamin va mikroelementlarni kerakli miqdorda olishadi, totli yeguliklarini ishtaha bilan paqqos tushirishadi va hayotdan mamnun yashashadi.

«Wildlife care» kompaniyasining kelganligi va o‘zaro hamkorligimiz boshlanganidan beri mahsulot ta'minoti sifati va muddati ijobiy tomonga sezilarli darajada o‘zgarganligini ham alohida ta'kidlab o‘tishni istardik.

Bundan tashqari!

Jonivorlarimiz mehmonlarni juda yaxshi ko‘rishadi va tashrifingizni doim intiqlik bilan kutishadi, aziz do‘stlar.

————-

Самый вкусный отдел Ташкентского зоопарка.

Да-да! Такой у нас тоже есть, и это, конечно же, продуктовый отдел.

Именно туда завозят еду для наших обитателей, а также тщательно проверяют ее на качество комиссией, состоящей из сотрудников ветеринарной клиники и зоотехников во главе с заведующим отделом продуктового склада Аброром Рахматхуджаевым.

И только после проверки каждый отдел забирает продукты для своих жильцов.

А теперь самое интересное!

Каждую неделю зоопарк получает:

Бананы – 70-80 кг;
Морковь – 500-600 кг;
Яблоки – 250 кг (для рептилий, копытных и др);
Киви – 20 кг (для приматов, копытного отдела и попугаев);
Мясо – 400 кг (для хищных млекопитающих, птиц, водоплавающих, рептилий);
Картофель – 300-400 кг;
Капуста – 500 кг ( для приматов, птиц, копытных);
Огурцы – 300 кг;
Пшено, кукуруза, клевер, солому (для птиц, слонихи Путри и др);

А также лимоны и клубнику (для млекопитающих и копытных).

В прохладное время года в список добавляются ананасы, апельсины и другие сезонные овощи и фрукты.

Наши пушистики получают все необходимые витамины и микроэлементы в нужном количестве, с аппетитом уплетают свои вкусности и радуются жизни.

Особенно хочется отметить тот факт, что с приходом и началом нашего сотрудничества с компанией «Wildlife care» качество и своевременность поставки продуктов значительно улучшились.

И еще!

Наши обитатели очень любят гостей и ждут вашего визита, дорогие друзья.

Автор видео: Динара Чиркова

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz