Get Mystery Box with random crypto!

#Sõragan_edingiz O'zbekiston oliygohlaridan xorijiy oliygohla | Ta'limga oid (Perevod)

#Sõragan_edingiz

O'zbekiston oliygohlaridan xorijiy oliygohlarga o'qishni ko'chirish tartibi qanday?

Har bir davlatda o'qishni ko'chirish bo'yicha o'z tartib-qoidasi bor. Xorijiy talabalar va mahalliy talabalar uchun o'qishni ko'chirish tartibi turli xil ko'rinishida bo'ladi, jumladan O'zbekistonda ham.

Xorijiy mamlakatlarda o'qishni ko'chirish tartibi asosan oliygohlar o'rtasida hal qilinadi, ya'ni huddi biz singari vazirlik darajasidagi vahimali narsa emas. Agarda siz O'zbekistondagi qaysidir oliygoh talabasi bo'lsangiz o'qishingizni xorijiy mamlakatlardagi birorta oliygohga ko'chirmoqchi bo'lsa o'sha oliygoh bilan bog'lanishingiz tavsiya etiladi.

Sababi ko'p davlatlarda va ko'p hollarda o'qishni ko'chirish tartibini oliygohning o'zi mustaqil hal qiladi. Ya'ni sizning ishingiz o'qishingizni ko'chirmoqchi bo'lgan oliygoh bilan bitadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod