Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Live

Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live T
Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live
Kanal manzili: @talim_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.25K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda
Murojaat uchun: @TalimLiveBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Talabaga_oid

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-05-26 14:55:54 #Qabul2023

2023-yil 26-may kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi

Izoh: ovozli chat oxirida telegram messenjeri ishlamay qoldi. Shuning uchun ovozli chatning so‘nggi qismi saqlanmagan.

anba: @BaholashUz

Ta’lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
11.9K views11:55
Ochish/sharhlash
2023-05-26 14:53:58
#qabul2023

Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlarga eslatma!

2023/2024-o‘quv yili “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishiga qabul test sinovlarida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan ham savollar tushadi.

Huquqshunoslik fanidan test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati ilovada (rasm).

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
11.6K views11:53
Ochish/sharhlash
2023-05-20 19:32:16
Masofaviy taʼlim shaklidan o‘qishni ko‘chirib bo‘lmaydi-mi?

Oliygoh.uz kanali "Qanday hollarda xorijdan o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi?" sarlavhasi bilan xorijiy OTMlarning masofaviy ta'lim shaklida o‘qiyotganlarga o'qishni ko'chirishga ruxsat etilmasligi mazmunida ma'lumot tarqatdi. Aslida ham shundaymi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi 393-sonli qarorida oʻqishni ko'chirish va rad etilishiga asos bo‘luvchi sabablar yozilgan bo'lib, mavjud ta'lim shaklidan o'zga ta'lim shaklida tahsil olgan talabalarga o'qishni ko'chirishga ruxsat etilmasligi ko‘rsatilgan.

2022-yilga qadar, Respublikamizda masofaviy ta'lim shakli mavjud bo‘lmaganligi sababli, xorijiy OTMlarning masofaviy ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning "perevod arizasi" rad etildi. Biroq, 2022-2023 o'quv yilidan boshlab masofaviy ta'lim shakli joriy etildi. Demak, masofaviy ta'lim shakli - Respublikamizda mavjud ta'lim shakli hisoblanadi va VM 393-sonli qarorida ko‘rsatilgan mavjud bo‘lmagan ta'lim shakllari qatoridan o‘rin olmaydi.

Sodda qilib tushuntirganda, xorijiy OTMlarning masofaviy ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar ham Respublikamizdagi davlat oliygohlariga o'qishni ko‘rishlari mumkin.

Ta'lim Live (20.05.2023)

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
5.3K viewsedited  16:32
Ochish/sharhlash
2023-05-20 12:02:01 O'tgan 6 yil mobaynida oliy ta'lim muassasalari soni 3 barobarga oshdi

2017 - yilda - 77 ta OTM
2023 - yilda - 210 ta OTM

@Talim_Live
6.9K viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash
2023-05-20 11:51:49

Bu yilgi kirish imtihonlarida qanday o'zgarishlar bo'ladi?

Bu yilgi test sinovlari uchun 30 mingdan oshiq yangi test savollari tayyorlandi;

Bu yilgi imtihon savollarida murakkab testlar 50% gacha kamaytirildi;

Sertifikatlar masalasi ilgari 10 minga yaqin edi bu yil bu ko'rsatkich 70 mingga yaqin ko'rsatkichni ko'rsatmoqda. (7 barobar oshgan)

Bugungi kunda 48 ta imtiyoz turi mavjud bo'lib, uzbmb.uz sayti orqali bilib olishlari mumkin;

Kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyent 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo'lishi kerak;

1-fani xorijiy tili ijodiy bo‘lgan ta'lim muassasalarida Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan 4 ta ko'nikma bo'yicha imtihon olinadi;

Har bir abituriyent natijasi 24 soatda e'lon qilinadi va abituriyent shaxsiy kabinetida shakllanadi;

Bu yilgi test sinovlar yopiq binolarda bo‘lib o‘tadi;

1-smenada 45 mingga yaqin, 1 kunda 90 mingdan ortiq abituriyent imtihon topshiradi.

Matematika, fizika va kimyo fanlaridagi murakkab masala testlar olib tashlangan.

Bu yil test sinovlari 92 ta yopiq binoda o'tkaziladi. Binolar mahalliy hokimliklar tomonidan sovutgichlar bilan ta'minlanadi

Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbari Majid Karimov

Ta'lim Live

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.0K viewsedited  08:51
Ochish/sharhlash
2023-05-20 11:23:34 #live

Bu yili 1mln 200 mingga yaqin abituriyent o‘qishga topshirishi kutilmoqda.

@Talim_Live
6.5K viewsedited  08:23
Ochish/sharhlash
2023-05-20 10:42:34
Birozdan so‘ng Xalqaro press-klubning “Qabul-2023: kvotalar, imkoniyat va imtiyozlar” mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi jonli sessiyasi boshlanadi.

Oliy talim tizimida shu kungacha rejalashtirilgan maqsadlar qay darajada bajarildi va bu yilgi o’zgarishlar qanday bo’ladi?

Bu yilgi imtihon sinovlarining o’tgan yilgi sinovlardan farqli tomonlari nimada?

Xotin-qizlar bo’yicha ta’lim sohasida, shuningdek, ularning kasb-hunar egallashi orqali bandligini ta’minlash xususida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Unda shu kabi savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutasaddilari hamda OTM rektorlari javob berishadi.

Jonli efirni soat 13:10 da “O‘zbekiston 24”, “UzReport” va “RTV-Renessans” telekanallari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
6.5K views07:42
Ochish/sharhlash
2023-05-17 09:59:03
#Qabul_2023
#Professional_taʼlim

Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 98 042 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

Shundan:

Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha – 93 310 ta;
Dual ta’lim shakli bo‘yicha – 4 732 ta.

KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish

DUAL ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish

Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Qabulga doir foydali bot: @eduuzuniversalbot

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:

@Talim_Live
4.7K views06:59
Ochish/sharhlash
2023-05-10 19:15:51 #Perevod_2023

​​​​
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha baholash mezoni bu yil qanday bo'ladi?

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMdan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat OTMga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari o'tgan yili 23–25-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan edi.

2022-yilda baholash mezoni quyidagicha edi:

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun mutaxassislik fanlarida (20 ta savol) 3,15 balldan, majburiy fanlarda (10 tadan savol) 2,1 balldan berilib, 3 soat vaqt ajratilgan edi.

2023-yilda quydagicha baholash mezoni kutilmoqda:

Maksimal ball – 189 ball. Majburiy fanlar blokidagi savollarga 1 balldan, mutaxassislik blokidagi 1-fanga – 3,1 balldan, 2-fanga – 2,1 balldan beriladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.6K viewsedited  16:15
Ochish/sharhlash
2023-05-10 18:12:30 Endilikda o‘qituvchilar o‘zining otpusknoy pulini hisoblab ko‘rishlari mumkin!

Xabaringiz bor, bir oydan so‘ng o‘qituvchilarning otpusknoy pullari chiqishni boshlaydi! Endilikda, har bir o‘qituvchi qancha pul olishini oldindan hisoblab ko‘rishi mumkin.

Buning uchun siz
@Oylik_hisobchibot ga kirib, Mehnat taʼtili bo‘limini tanlaysiz va hisoblab ko‘rasiz.

Otpusknoyingizni hisoblab ko‘rishi uchun bosing
@Oylik_hisobchibot
7.9K views15:12
Ochish/sharhlash