Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Live

Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live T
Kanaldagi mavzular:
Перевод
Нодавлат
Тезкор
Qabul
Магістратура
Статистика
All tags
Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live
Kanaldagi mavzular:
Перевод
Нодавлат
Тезкор
Qabul
Магістратура
Статистика
All tags
Kanal manzili: @talim_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22.74K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda
Murojaat uchun: @TalimLiveBot
Tijoriy hamkorlik uchun: t.me/United_agentligi/43

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 54

2022-09-24 18:38:15
Nodavlat oliy ta’lim tashkiloti tugatilganda talabalarining taqdiri nima bo‘ladi?

Ushbu savolga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Shavkat Xo‘jaqulov javob beradi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
3.4K views15:38
Ochish/sharhlash
2022-09-24 17:02:49 Rasmiy bir xatda: xorijdan o'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmagan talabaning "oddiy kontrakt" asosida o'qishi ko'chirilishi bo'yicha oliygohga tavsiya xati yuborilgan.

Bitta familya uchun bitta xat, shunchaki respect

O‘sha gap! «Adolat qani» deb so‘rashsa, «tupuraverib cho‘ktirib yuborishdi» deb ayt!

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
4.4K viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash
2022-09-24 16:10:05 Qachon talabalar ham odam sifatida ko'riladi?

O‘qishini ko‘chirgan talabalar ancha sarson qilinmoqda. Davlat OTMlari fanlardagi farq tufayli kredit-modul tizimini bahona qilib otni kallasidek kredit hisoblab bermoqda.

O‘z huquqlarini uqib olgan oliygohlar talabalar huquqlariga tupurib qo‘ygan. Kredit-modul tizimida talaba fan o‘qituvchisini, dars vaqtini o‘zi mustaqil tanlashi kerak. Lekin bizdagi tizim faqat bir taraflama ishlaydi.

Xorij tizimini olib kirmoqchi bo‘lsangiz to‘liq olib kiring. Faqat o‘zingizga foydasi tekkan tomonlarini olib, qolgan qismini unutib qo‘ymanglar. Har holda xorijda talabalarni odam sifatida ko'rishadi.

«Adolat qani» deb so‘rashsa, «tupuraverib cho‘ktirib yuborishdi» deb ayt!

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
4.7K viewsedited  13:10
Ochish/sharhlash
2022-09-23 18:34:21
Nega bizda aksariyat talabalar faqat diplom uchun o’qiydi, bilim uchun emas?

Chunki yillar davomida iqtisodimizda davlat ulushi katta bo’lgan, shu sabab bilimga emas, diplomga qaralgan.

Xususiy biznes rivojlangani sari diplom kerak bo’lmay qolaveradi, xodimning bilimiga talab oshib ketadi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
4.2K viewsedited  15:34
Ochish/sharhlash
2022-09-23 17:00:21
Tibbiyot sohasida 33 mln kontrakt to'lab o'qishni 2- kursdan Xususiy tibbiyot Oliygohida davom ettirishni xoxlarmidingiz?!
Anonymous Poll
22%
Ha
48%
Yo'q
11%
Maslahat qilish kerak
19%
Yo'nalishim boshqa
2.4K voters4.4K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-09-22 18:59:52
#nodavlat

Nodavlat oliygohlarning diplomi davlat oliygohlari qatorida tan olinadimi?

Ushbu savolga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Shavkat Xo‘jaqulov javob beradi.

Bu mavzu bo‘yicha avvalroq ham yozgandik.

@nodavlattalim

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.0K viewsedited  15:59
Ochish/sharhlash
2022-09-22 08:39:01 KREDIT-MODUL – OTMlar faqatgina talabadan "soqqa" qilish tizimini ishlatmoqda, majburiyatlar esa bajarilmayapti

Oliy ta'lim tizimida 2020/2021 o'quv yilidan boshlab Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi oliygohlar uchun kredit-modul tizimini joriy etish ko'zda tutilgan va joriy etildi.

Ushbu tizimda o'qitish sistemasi Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosida ta’limning kredit-modul tizimini joriy etish tartibini belgilaydi. Ushbu tizimga ko'ra talaba va oliygohning o'z majburiyati va o'qitishni yangicha tizimi joriy qilinishi kerak.

Lekin OTMlar kredit-modul tizimining faqat oliygoh foydasiga ishlaydigan qismlarinigina qo'llashmoqda. Talaba huquqlari esa poymol etilmoqda. Tizimning faqat ayrim qismlari amal qilmoqda, xo'sh nima uchun?

TALABALAR DIQQATIGA!

Kredit-modul tizimiga ko'ra, fan o'qituvchilarini oliygoh emas talaba shaxsan tanlaydi. Ya'ni fanlar bo'yicha qaysi o'qituvchi darsga kirishini talaba mustaqil belgilaydi va bunda akademik guruhlar, kursdoshlar degan tushunchaning o'zi mavjud bo'lmaydi.

Masalan siz ingliz tili yo'nalishda o'qiysiz. Sizga "Asosiy o'rganilayotgan chet tili" fanidan darsga kirmoqchi bo'lgan o'qituvchini mustaqil o'z vaqtingizga qarab tanlaysiz. Qolgan talabalar ham shunday. Shunda aynan siz tanlagan o'qituvchi bo'yicha 40 yoki 70 ta talaba darsga kiradi. Boshqa fanda esa yana boshqa talabalar bilan bitta darsda o'tirasiz. Qisqa aytsa har xil fanda har xil talabalar bilan darsda qatnashasiz. Sizda doimiy kursdoshlar bo'lmaydi.

Xo'sh, nima uchun bu tizim amal qilmayaptiyu, talabalarda pul undiruvchi kredit to'lash yaqqol amal qilyapti?

Agarda yuqoridagi talabaning huquqlari amalga oshgudek bo'lsa, o'qituvchini ishda qolish yoki qolmasligini oliygoh emas talaba belgilaydi. Qaysi o'qituvchiga qancha dars berilishi vakolati ham butkul talabalar qo'liga o'tib ketadi. Bu yerda dekan, zamdekan yoki tyutor dekan lavozimlar yo'qolib ketadi. Sababi bu tizimda bunday lavozimlarga xojat yo'q. Lekin OTMlar bu tizimni to'liq amalda qo'llamaydi, sababi vakolatlarini yo'qotib qo'yishdan qo'rqadi.

Xo'sh, talabadan kredit-to'lashni majbur qilishsa nima qilish kerak?

Unda siz ham o'qituvchi tanlash huquqingizni talab qiling. Tartibi haqida batafsil post qilamiz. Sizdan majburiyatingizni talab qilishyaptimi, siz ham huquqlaringiz asosida oliygohdan majburiyatlarini talab qiling.

#Talimgaoid

Sizga huquqiy asos: 2020-yildagi 824-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.9K views05:39
Ochish/sharhlash
2022-09-21 14:16:10 ​​ O‘qishni ko'chirish imtihonlaridan yiqilgan talabalar uchun.

Imtihondan o‘tolmaganlar qanday yo‘l tutishni bilmay maslahat so'rashmoqda. Subyektiv qarashlardan kelib chiqib, 3ta variant keltirib o‘tamiz:

Davlat OTMlariga perevod qilolmaganlarda nodavlat (xususiy) oliygohlarga o‘qishni ko'chirish imkoniyati mavjud. Siz chindan ham sohangiz bo‘yicha kuchli mutaxassis bo'lmoqchi bo‘lsangiz xususiy oliygohlarda o‘qish to‘g‘ri variant. Ko'pchilik biladiki, xususiy oliygohlarda ta‘lim sifati juda yuqori bo‘lib, talabaga erkinlik (formasiz), ijodiy fikrlash, networking va boshqa ustun jihatlarni beraoladi.

Diplomi o‘tadimi o‘zi? (Batafsil),
Litsenziyasi olib qo‘yilsa nima qilaman? (Batafsil) kabi ortiqcha vahimalarga yetarlicha javob berib bo‘lganmiz.

Agar sizga diplom kerak bo‘lsa, bir yil kutib, keyingi yili davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirishingiz mumkin. Davlat OTMlariga bir ammallab kirib olsang, bitirish deyarli oson. Bu variant ham diplom shaydolari uchun yaxshi yo‘l hisoblanadi.

Forma, ro‘mol, soqol, kalta paypoq, dars vaqtida open byudjetga ovoz berish kabi illatlarni hisobga olmasa hammasi yaxshi. Ta‘lim sifati hamma oliygohda har xil.

Siz perevod qilmasdan ham xorijiy oliygohni bitirib diplomni nostrifikatsiya qilishingiz mumkin. Nostrifikatsiya imtihonlari 2ta mutaxassislik fanlaridan bo‘lib o‘tadi, narxi BHMni uch barobariga teng (900 ming so‘m) (bu yerda nostrifikatsiya haqida batafsil yozilgan). Agar siz tahsil olgan OTM Top-1000 talikka kirgan bo‘lsa diplomlar imtihonsiz tan olinadi.

Yo‘l sizniki, tafakkur ila to‘g‘ri yo‘lni tanlaysiz degan umiddamiz!

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.0K views11:16
Ochish/sharhlash
2022-09-21 13:12:01 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 46 foizdan ziyodi ayollar

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 1 146 744 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bunda:

erkaklar — 542 858 nafar (47,34 %) ni;
ayollar — 603 886 nafar (52,66 %) ni tashkil etdi.

Test sinovi natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

102 441 nafari (53,8 %)erkaklar;
87 934 nafari (46,2 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballariga e’tibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilganini ko‘rish mumkin.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:

erkaklarda — 114,98 ballni;
ayollarda — 127,21 ballni;

to‘lov-kontrakt asosida:

erkaklarda — 90,92 ballni;
ayollarda — 101,94 ballni tashkil etgan.

P/S. Erkaklar ta‘limiga ham e'tibor qaratish vaqti kelganga o‘xshaydi

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
6.9K viewsedited  10:12
Ochish/sharhlash
2022-09-20 11:04:55 Talabalar ikkinchi kursdan ishlashi mumkinmi?

Ko'pchilik Oliy ta'lim vazirining mana bu videosiga asoslanib ishlash mumkin ekan deyishmoqda.

Bu videoda vazir ikkinchi kursdan ishlashi mumkin bo'ladi deyilmoqda, ya'ni kelajakda, lekin qachonligi noma'lum. Vazirning gapi qaror yoki qonun emas, hurmatli talabalar.

Maktablarda dars berish haqida gapiradigan bo'lsak, hukumatning «Ta'lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarga malakali o'qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo'nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo'limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.5K views08:04
Ochish/sharhlash