Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Live

Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live T
Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live
Kanal manzili: @talim_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.25K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda
Murojaat uchun: @TalimLiveBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Talabaga_oid

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 53

2022-09-20 11:04:55 Talabalar ikkinchi kursdan ishlashi mumkinmi?

Ko'pchilik Oliy ta'lim vazirining mana bu videosiga asoslanib ishlash mumkin ekan deyishmoqda.

Bu videoda vazir ikkinchi kursdan ishlashi mumkin bo'ladi deyilmoqda, ya'ni kelajakda, lekin qachonligi noma'lum. Vazirning gapi qaror yoki qonun emas, hurmatli talabalar.

Maktablarda dars berish haqida gapiradigan bo'lsak, hukumatning «Ta'lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarga malakali o'qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo'nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo'limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.5K views08:04
Ochish/sharhlash
2022-09-20 08:13:02
Ekming uchlardi sindirish bandasigamas. AUF!

"Savodingga ot sakrab tepkurlar" ruknidan - raisbuva

@Talim_Live
8.1K viewsedited  05:13
Ochish/sharhlash
2022-09-19 11:14:02 Nodavlatdan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish.

Respublika hududida faoliyat yuritayotgan nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o'qishini mos va turdosh boʻlgan ta'lim yo'nalishlariga ko'chirish talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta'lim yo'nalishlari bo'yicha test sinovlari asosida o'tkaziladi.

O'tish ballidan past ball to'plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Oʻzbekiston davlat OTMlarining mos va turdosh boʻlmagan ta'lim yo'nalishlariga koʻchirish oʻrnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta'lim yo'nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik toʻlov asosida amalga oshiriladi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
9.7K views08:14
Ochish/sharhlash
2022-09-19 10:12:41
Agar tibbiyot institututiga kira olmagan bo'lsangiz hafa bo'lmang! Bu albatta yaxshilikka!

O'zbekistonda ahvol juda rasvo! Insondan ko'ra molni davolaydiganlarga ko'proq maosh to'lanadi! Ayniqsa Angor tumani misolida buni ko'rish mumkin!

raisbuva

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.8K viewsedited  07:12
Ochish/sharhlash
2022-09-18 22:22:51 Raqobat effekti — kontrakt narxlari arzonlamoqda.

Xususiy ta‘limdagi raqobat birinchi so‘zini aytdi. Yangi ochilgan nodavlat oliygohlarda kontrakt narxlari nisbatan arzonligi, mavjud oliygohlarni kontrakt summasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ayrim xususiy oliygohlarda kontrakt narxi oldingi yilga nisbatan pastlamoqda. Yangi oliygohlar ochilishi raqobatni yuzaga keltirdi. Bu oddiy xalq uchun juda yaxshi. Chunki tanlash imkoniyati ko‘pligi, takliflarlarning ham ko‘payishiga olib keladi.

Shu yilning fevral oyida litsenziyaga ega 34 nodavlat oliygoh mavjud edi. Bugunga kelib ularning soni 53 taga yetdi. Yana o‘nlab oliygohlar litsenziya olish jarayonida bo‘lib, ularning soni tobora ortib bormoqda. Bir necha yil ichida nodavlat va davlat OTMlaridagi kontrakt narxlarida katta farq qolmay, ularning o'rtasida ham keskin raqobat yuzaga kelishi kutilmoqda.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.2K views19:22
Ochish/sharhlash
2022-09-18 12:14:02 Agar sizga kimdir bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting:

1. O‘sha rahbar yoki mansabdor shaxsdan asos so‘rang, qonuniy asosi bormi, qaysi qaror, qaysi qonun yoki qonunosti hujjati asosida bu gapni gapirmoqda.

2. Tabiiyki, birinchi savolga javob yo‘q, shunda siz o‘sha mansabdor shaxsga yozma murojaat qiling, qonun bo‘yicha u sizning murojaatingizga 15 kun ichida javob qaytarishi kerak.

3. Bu savolga odatda javob berilmaydi, berilgan taqdirda ham qonuniy asos yo‘q bo‘lsa, nima deb javob beradi?

4. O‘zingiz tahsil olayotgan xususiy oliygohdan o‘sha mansabdorga rasmiy xat qilishlarini so‘rang, bu ikki tomonlama ish bo‘ladi.

5. Hech qanday javob berishmasa, sudga murojaat qilib rahbarni javobgarlikka torting, chunki u o‘z vazifasini suiiste’mol qilmoqda.

P.S. O‘z huquqlaringizni talab qilishni o‘rganing, ho‘kiz tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

— Ma'lumot uchun: Ushbu tavsiya O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan litsenziyaga ega 53 ta xususiy oliygoh talabalariga tegishli.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
9.2K views09:14
Ochish/sharhlash
2022-09-18 11:33:02 ​​ XUSUSIY OLIYGOHDAN LITSENZIYA OLIB QO‘YILSA TALABALAR TAQDIRI NIMA BO‘LADI? (2-qism)

Ko'pchilik yuqoridagi tushuntirishni oxirigacha o‘qimay savol beryapti. Soddaroq qilib tushuntirsak.

Xususiy oliygoh yopiladigan bo‘lsa, quyidagi tartibda bo‘ladi.

Birinchi — yangi talabalarni qabul qilish to‘xtatiladi.
Ikkinchi — o‘qiyotgan talabalar o‘qishni tamomlab bo‘lgach litsenziya bekor qilinadi.

O‘qiyotgan talabalar bitirib, O‘zbekiston Respublikasi hududida tan olinadigan diplomga ega bo‘lishadi.

Siz o‘qigan oliygoh butunlay yo‘q bo‘lib, nomi tarixda qolib ketsa ham diplomingiz Respublika hududida o'tadi.

Keraksiz vahima qilmay, litsenziyalangan xususiy oliygohlarga o‘qishga kirsangiz bo‘ladi. Bu postlar pulga yozilmayapti, sizlarga xolis tavsiya!

Keyingi postda - qaysi viloyatda qancha va qaysi xususiy OTM borligi haqida yozamiz.

@nodavlattalim — oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
6.6K views08:33
Ochish/sharhlash
2022-09-18 10:14:02
Super-kontraktda o‘qish imkoniyatlari yana ham kengaytirildi

O‘zi tanlagan 1-yo‘nalishga bali yetmay, boshqa yo‘nalishga o‘qishga kirganlar, imtihondan butkul yiqilganlar va o‘qishini ko‘chirayotganlar uchun super-kontrakt bo‘yicha yangi eshiklar ochildi. Arizalar 1-oktabrgacha qabul qilinadi. Tafsilotlar bilan ushbu lavhada tanishing.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.1K views07:14
Ochish/sharhlash
2022-09-16 21:58:54 #nodavlat_oliygoy

Diplomi Oʻzbekistonda oʻtadimi?

Bugungi kunda 53 ta nodavlat xususiy OTMda litsenziya bor. Ushbu ro'yxatdagi 53 ta oliygohning diplomi Oʻzbekistonda o'tadi (Faylda ro'yxat keltirilgan)

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
19.6K views18:58
Ochish/sharhlash
2022-09-16 14:36:02 ENDI TAʼLIM KREDITI BARCHAGA BERILADI

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muddati bir yil va undan ortiqni tashkil etuvchi barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari, jumladan;

davlat oliygohlari;
nodavlat oliygohlar;
o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari;
O‘zbekistondagi xorijiy oliygoh, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari.

Shuningdek, kunduzgi, kechki, sirtqi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan hamda o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

Asos: Oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 323-qarori

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
10.3K views11:36
Ochish/sharhlash