Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Live

Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live T
Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live
Kanal manzili: @talim_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.25K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda
Murojaat uchun: @TalimLiveBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Talabaga_oid

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 57

2022-09-02 17:00:19
ABITURIYENT VA PEREVODCHILAR DIQQATIGA: IKKINCHI IMKONIYAT

Toshkentda joylashgan litsenziya ega oliygohlarda hoziroq talaba boʻling!
Qabul: IMTIHONSIZ (Suhbat asosida)


Taʼlim shakli: Sirtqi, Kunduzgi va Kechki
Universitet: Litsenziya va Akkreditatsiyaga ega
Oʻzbekistonda tan olinadigan davlat darajasidagi Diplom
Yoʻnalishlar:
• Iqtisodiyot
• Moliya
• Soliq
• Tarix
• Turizm
• Pedagogika va psixologiya
• Boshlang'ich ta'lim
• Maktabgacha ta'lim
• Filologiya: Ingliz, Arab, Rus tili
• Sport faoliyati

Batafsil maʼlumotlar olish uchun xoziroq biz bilan bogʻlaning!

+998974098884 @westedu1
+998975707022 @westedu4
+998996424281
8.0K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-09-02 15:09:00 #Tezkor
RASMAN: SUPER KONTRAKT ARZONLADI!

Barcha davlat OTMlarida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi.

Ilovadagi jadval orqali yo‘nalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
11.2K viewsedited  12:09
Ochish/sharhlash
2022-09-01 20:48:34 Super-kontraktga kirganlar taʼlim krediti olishi mumkinmi?

Javob: Super-kontraktga kirganlar 1-kursda, yaʼni super-kontrakt to‘lanadigan yili taʼlim krediti ololmaydi. Ammo 2-kursdan boshlab, bemalol taʼlim krediti olishi mumkin.

Manba: @Xushnudbek

Ayrim xususiy banklar super kontrakt uchun kredit ajratayotgani aytilmoqda.

Ta’lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
6.4K views17:48
Ochish/sharhlash
2022-09-01 11:02:41 ​​ XUSUSIY OLIYGOHLARDA QABUL VA O‘QISHNI KO‘CHIRISH HAQIDA!

Xorijdan xususiy oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Xorijdan xususiy oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish mumkin. Bu vaziyatga OO‘MTV aralashmaydi, tartibini xususiy oliygoh belgilaydi.

Imtihon yoki imtihonsiz?

Ayrim oliygohlar imtihon asosida qabul qiladi, ayrimlari suhbat asosida. Qanday shaklda bo‘lishini xususiy OTM o‘zi hal qiladi.

Diplomi o‘tadimi o‘zi?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiya tomonidan litsenziyalangan bo‘lsa, Respublika hududida albatta diplomi o‘tadi. Inspeksiyaning ochiq ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda litsenziya olgan xususiy oliygohlar 47 taga yetdi.

Xususiyda o‘qiganlarga ish yo‘qmi?

"Xususiyda o‘qiganga ish topilmaydi" degan gaplar o‘tmishda qolgan. Xususiy oliygohlarning diplomi davlat oliygohlarining diplomi bilan teng kuchga ega. Kimdir sizga bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting: https://t.me/Talim_Live/1491

Qabul qachongacha davom etadi?

Bu ham xususiy oliygoh ixtiyorida, qabul o‘zi belgilagan vaqtda bo‘ladi. Hozirda ayrimlari qabulni yakunladi, ayrimlarida davom etyapti.

Consulting orqali kirish kerakmi yoki o'zimiz borsak bo‘ladimi?

Bu OTMga bog'liq. Masalan, ba‘zi xususiy oliygohlar umuman consultinglar bilan ishlamaydi, ba‘zilari consulting firmalar bilan ishlashni tizimlashtirgan. Bu oliygohga kirmoqchi yoki ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabgor o‘zi borgandan ko'ra, consulting bilan ishi tez bitadi, ayniqsa suhbatga tayyorlanishda.

Litsenziyasi borligini qayerdan tekshirsam bo‘ladi?

Odatda oliygohlar litsenziyalarini binoning kirishi qismiga ilib qo‘yishadi. Consultinglar esa sizga elektron (pdf, jpg) qilib tashlab berishlari yoki oflayn ko‘rsatishlari mumkin. Siz litsenziyadagi QR kodni scaner qilish orqali haqiqiy yoki soxta ekanligini tekshirishingiz mumkin. Eng afzal yo‘li – taʼlim inspeksiyasining rasmiy web-sayti TDI.UZ orqali litsenziyalangan oliy ta'lim tashkilotlarining ro'yxati bilan tanishsangiz bo'ladi.

Xususiydan litsenziya olib qo‘yilsa talabalar taqdiri nima bo‘ladi? — Bu bo'yicha huquqiy asosda post tayyorlayapmiz (vahimaga o‘rin yo‘q). Hozircha reaksiya bilan qo‘llab-quvvatlab turinglar

P/S. Bu reklama emas, xolis tavsiya

Post olinganda manba ko'rsatilishi shart!

Ta’lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
11.6K viewsedited  08:02
Ochish/sharhlash
2022-09-01 08:14:01
#Perevod_2022

O'QISHINI KO'CHIRAYOTGAN TALABALAR DIQQATIGA

"Agar imtihondan muvaffaqiyatli o'tsangiz ham hujjatlaringiz Vazirlar Mahkamasining 393-sonli nizomida keltirilgan tartib asosida tekshirilishi to‘g‘risida ogohlantirasiz!"

Ushbu ogohlantirish arizasi qabul qilingan talabalar uchun. Ya‘ni, arizangiz qabul qilinib, imtihondan o‘tsangiz ham xursand bo‘lishga shoshilmang. Arizada ko‘rsatilgan hujjatlarni aslini ham taqdim etishingiz kerak bo‘ladi.
Batafsil: https://t.me/Talim_Live/1102

Avvalroq Abduvali Xoliqov — "talaba o‘qishni ko‘chirish imtihonidan o‘tsa ham, OTM uni qabul qilmaslikka haqli" deb aytib o‘tgan edi.

Ta’lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.7K viewsedited  05:14
Ochish/sharhlash
2022-09-01 08:02:06 Knowledge Consulting sizga oliy taʼlim olish imkonini beradi.

Knowledge Consulting Rossiya Federatsiyasining SIBIT (Сибирский институт бизнеса и информационных технологий) universiteti talabasi boʻlishga koʻmaklashadi.

Nima uchun aynan Knowledge Consulting?


Chunki Knowledge Consulting firmasi bilan ishlab kelayotgan institutlar diplomlari nostrifikatsiya qilinib, Oʻzbekistonda tan olinadi. Qolaversa, keyinchalik Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlarida tahsilni davom ettirish imkoniyati ham mavjud.

Knowledge Consulting sizga:
• Iqtisodiyot;
• Menejment;
• Axborot texnologiyalari;
• Pedagogika va psixologiya;
• Boshlangʻich taʼlim;
• Tilshunoslik;
kabi yoʻnalishlarda tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi.

Universitetda tahsil olish summasi esa sizni choʻchitmaydi: bir yillik oʻqish uchun toʻlov summasi 5 mln soʻmdan 6 mln soʻmgacha qilib belgilangan. 

Knowledge Consulting takliflari sizni qiziqtirdimi? U holda shoshiling – atigi 40 ta oʻrin qolgan! Biz bilan hoziroq bogʻlaning: 

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor-3, 59-uy, A3-kv
Telefon:
+998909797245 +998712001077 +998954758565

Knowledge Consulting yangiliklarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Sayt: www.kcon.uz
Telegram: @kconuz 
Facebook: fb.com/Knowledge-Konsulting
7.6K views05:02
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:33:39 #Apellatsiya
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari 6-sentabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi lozim.

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
5.3K views15:33
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:12:49
Python va Sun'iy intellekt onlayn kursiga ro'yxatdan o'ting

Kursda Python basics (Kiritish va chiqarish , shart operatori, Sikl operatorlari, Fuksiyalar, Numpy, Matplotlib, Pandas, Sklearn, Tensorflow, Keras, OpenCV, Deep learning, Machine learning o'rgatiladi.

Python va sun'iy intellekt kursimiz haftada 3 marta Videodarsliklar(ZOOMdan yozib olingan) 10 oy davomida tashlab boriladi.

Kursimiz davomida Githubda 10 ta Sun'iy intellekt portfoliosi. Bundan tashqari 1500 ta amaliy kichik dasturlar , 50 ta Sun'iy Intellekt algoritmi

Bizda 2 ta dars mutlaqo bepul joylar soni cheklangan hoziroq ariza qoldiring
Darsga qatnashish uchun @suniyidrok_admin murojaat qiling
Rasmiy telegram kanalimiz @suniyidrokuz
5.2K views15:12
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:28:01 O'qishi ko'chirilgan talabalar uchun

Imtihonlardan yetarli ball to'plagan talabalar uchun endi quyidagi jarayonlar boshlanadi:

Oliygohga borasiz (6-sentabrdan);
Kerakli hujjatlarni taqdim etasiz;
Aloqa xatini olasiz;
O'qishga joyingizga qaytib, aloqa xatini yetkazasiz;
U yerdan talabalar safidan chetlashtirilib, kerakli hujjatlarning asl nusxasini qaytarib olib kelasiz;
Shundan so'ng, o'qishingiz ko'chirilgan oliygohdan to'lov kontrakt uchun shartnoma olasiz;
Kontrakt to'lovini amalga oshirib, oliygoh ruxsat bergan sanadan boshlab darslarda ishtirok etasiz;
Bu orada fanlardan farq (raznitsa) topshirasiz;
Talabalar safiga qabul qilinganingiz haqida buyruq chiqariladi.

O'qishi ko'chirilgan talabalar uchun ushbu jarayonlar endi boshlanadi.

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
6.5K views13:28
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:17:25
O'zbekistondagi nufuzli HUSUSIY universitetlarning biriga o'qishingizni ko'chirib beramiz!!!

Barcha yonalishlar mavjud!

DAVOLASH ISHI
Kontrakt narxi: Kunduzgi (30/27) mln
STOMATOLOGIYA
Kontrakt narxi: Kunduzgi - 30 mln
Bulardan tashqari siz HOHLAGAN yo'nalishlar ham bor!

Hoziroq biz bilan bog’laning va talaba bo'ling
Telegram kanalimiz

Qo'shimcha ma'lumot uchun:
+998908492770
Online murojaat uchun:
@enko_manager1 | @enko_manager
Qabul yopilmoqda!!


Hizmatlar sertifikatga ega.

REKLAMA
6.5K viewsedited  13:17
Ochish/sharhlash