Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Live

Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live T
Kanaldagi mavzular:
Перевод
Нодавлат
Тезкор
Qabul
Магістратура
Статистика
All tags
Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live
Kanaldagi mavzular:
Перевод
Нодавлат
Тезкор
Qabul
Магістратура
Статистика
All tags
Kanal manzili: @talim_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22.74K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda
Murojaat uchun: @TalimLiveBot
Tijoriy hamkorlik uchun: t.me/United_agentligi/43

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 56

2022-09-15 12:42:01
Ijara asosida yashayotgan talabalar diqqatiga!

Ma'lum-ki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-sonli qaroriga asosan, ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining oylik ijara toʻlovining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravarigacha) Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan ijara to'lovining bir qismini qoplab berish maqsadida ijara shartnomasi asosida xonadonlarda yashab kelayotgan talabalar taʼlim olayotgan fakultetining yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan oʻrinbosariga uchrashlari mumkin.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
10.4K viewsedited  09:42
Ochish/sharhlash
2022-09-15 10:14:02 Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi.

Hukumat qarori (605-son, 24.09.2021 y.) bilan Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning oylik ijara toʻlovi bir qismini qoplab berish davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomasiga muvofiq ijara huquqi asosida yashaydigan ariza beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.

Roʻyxatga olingan doimiy yashash joyi doirasida (tuman, shahar miqyosida) ariza beruvchilarga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish amalga oshirilmaydi.

Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan boʻlishlari shart.

Mazkur tartib davlat OTMning faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqib, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Bunda ariza beruvchi tegishli maʼlumot yoki hujjatlarni oʻzi taʼlim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash boʻlimi dekan oʻrinbosari yoki OTMning talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlimiga topshiradi.

Masʼullar 1 hafta davomida ariza beruvchi maʼlumotlarining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini oʻrganadi.

Soʻng maʼlumotlarni umumlashtirib, koʻrib chiqish va xulosa berish uchun navbatdagi haftaning birinchi kunida talabgorlarni tanlab olish komissiyasiga taqdim etadi.

Komissiya bir ish kunida talabgorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, qaror qabul qiladi.

Shunga koʻra, davlat OTM rektori (filial direktori)ning buyrugʻi rasmiylashtirilib, arizalari qanoatlantirilgan talabgorlar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar va ularning roʻyxati toʻlovlarni amalga oshirish uchun buxgalteriyaga taqdim etiladi.

Arizasi ijobiy hal etilgan talabalar uchun ijara toʻlovining bir qismi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ular ariza bergan sanadan boshlab qoplab beriladi.

Ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish:

oʻquv yili davomida (har yili 1-sentyabrdan 1-iyulgacha) yoki oʻqitish dasturi boʻyicha oʻquv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi;
ariza beruvchi tomonidan har oyning 7-sanasigacha arizalar masʼullarga taqdim etilganidan soʻng amalga oshiriladi.

Ushbu muddatlar tugagandan keyin berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

Eslatib oʻtamiz, ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari, qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan oshmasligi lozim.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.5K views07:14
Ochish/sharhlash
2022-09-15 09:14:02
#Talabaga_yordam

Ijarada turgan talabaning ijara to'lovining bir qismi qoplab berilishi haqida xabardormisiz?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-sonli qaroriga asosan, ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining oylik ijara toʻlovining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravarigacha) Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilangan.

Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi bilan yuqoridagi INFOGRAFIKA orqali tanishishingiz mumkin.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.8K views06:14
Ochish/sharhlash
2022-09-08 15:14:46 O'qishi ko'chirilgan talabalar uchun aloqa xatlari berish boshlanmoqda.

Xorijdan va xorijiy OTM filiallari hamda nodavlat OTMlardan o'qishni ko'chirish uchun o'tkazilgan test sinovida yetarli ball to'plagan talabgorlarga aloqa xatlari berish vaqtini OTMlar o‘z sahifalarida e‘lon qilishni boshladi.

GulDU 13-sentabrdan aloqa xatlarini berishini e‘lon qildi. Xabardor bo‘lib turish uchun o‘qishingizni ko‘chirgan oliygoh sahifalarini kuzatib boring!

Ta’lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
3.5K viewsedited  12:14
Ochish/sharhlash
2022-09-08 15:00:14
AL FARG’ONIY ( alfraganus) universiteti talabasi bo’ling.

1-kursdan abituriyentlar uchun
2-kursdan perevod qiladiganlar uchun

Yo’nalishlar:
1. Jahon iqtisodiyoti
2. Iqtisodiyot (tarmoqlar bo’yicha)
3. Moliya
4. Soliq va soliqqa tortish
5. IT dasturiy injinering
6. Sun’iy intilekt
7. Ona tili va adabiyot
8. Filologiya (ingliz tili)
9. Filologiya (rus tili)
10. Filologiya (arab tili)
11. Pedagogika va psixologiya
12. Boshlang’ich ta’lim
13. Maktabgacha ta’lim
14. Turizm
15. Mehmonxona tashkil etish va boshqarish
16. Sport faoliyati (faoliyat va turlar bo’yicha)

Ta’lim shakli:
Kunduzgi
Kechki
Sirtqi

Diplom O’zbekistonda tan olinadi oliy ta’lim vazirligi tomonidan beriladi.
Universitet Toshkent shahrida joylashgan.



Tel: +998933270685
+998933757133
+998946177717
+998943014703
+998996568006
+998974416455
+998935060211
+998934416455
3.1K viewsedited  12:00
Ochish/sharhlash
2022-09-08 14:21:16 Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi.

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

Kunduzgi;
Sirtqi;
Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

bankka ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
3.2K views11:21
Ochish/sharhlash
2022-09-08 14:00:51
INGEK  siz aziz yoshlarni o'qishga taklif etadi. Masofaviy ta'lim
     GRUZIYA
     TURKIYA
     QOZOG'ISTON
     UKRAINA
MALDAVA

Davlatlarining eng nufuzli oliygohlariga Bakalavriat, Magistratura va Doktaranturaga

30 dan ortiq oliygoh 500 ga yaqin yo'nalish va fakultetlar jumladan:

- TIBBIYOT
- FARMASEVTIKA
- FILALOGIYA
-IT VA KAMPUYUTER INJENERIYASI
- JAHON HUQUQSHUNOSLIGI
- JAHON IQTISODIYOTI
- FUQOROLIK AVIATSIYA
- TURIZM VA BIZNESw
- BOJXONA ISHI va 500 ga yaqin mutaxassisliklar sizni kutmoqda.
Xamda darsdan keyin ishlash imkoniyati sizdi kutmoqda shoshiling joylar Soni cheklangan!

Talim tizimi kunduzgi, sirtqi va online.
Bizning ofisimizga tashrif buyuring va barcha ma'lumotga ega bo'ling.

Manzilimiz:
Samarqand Sh
+998913189296        |          
+998915319692        |
    
https://t.me/guzal_INGEK

Instagram: ukrainada.talimolish
https://t.me/YEVROPA_UZB
4.1K views11:00
Ochish/sharhlash
2022-09-07 15:32:50 QAYSI VILOYATDA QANCHA NODAVLAT OLIYGOH BOR!

TOSHKENT VILOYATI VA SHAHRI — 35TA
1) Akfa universitet
2) Alfraganus universiteti
3) British management university
4) Cambridge international university
5) Diplomat university
6) Effect Edu
7) European medical university
8) Farmasevtika ta‘lim va tadqiqot instituti
9) International school of finance technology and science
10) IT-PARK university
11) Japan digital university
12) Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi
13) Oriental universiteti (Al-Buxoriy)
14) PDP university
15) Profi university
16) Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti
17) Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti
18) Stars international university
19) Tashkent international university of education
20) Team university
21) TMC university
22) Toshkent amaliy fanlar universiteti
23) Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti
24) Toshkent shahridagi Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi
25) Toshkent shahridagi ADJU universiteti
26) Toshkent shahridagi AMITI universiteti
27) Toshkent shahridagi INHA universiteti
28) Toshkent shahridagi PUCHON universiteti
29) Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
30) Toshkent shahridagi YODJU texnika instituti
31) Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
32) Turkiyaning iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filiali
33) University of science and technologies
34) Xalqaro NORDIK universiteti
35) Yangi asr universiteti

FARGONA VILOYATI — 4TA
1) Qo'qon universiteti
2) Central Asian medical university
3) Fargona shahridagi Koreya xalqaro universiteti
4) Latviyaning axborot tizimlari menejmenti oliy maktabining Farg'ona shahridagi filiali

ANDIJON VILOYATI — 3TA
1) Collegium humanum Varshava menejment universiteti Andijon filiali
2) Sharda university
3) University of economic and pedagogy

NAMANGAN VILOYATI — 1TA
1) Turan international university

JIZZAX VILOYATI — 1TA
1) Sambhram university

BUXORO VILOYATI — 3TA
1) Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti
2) Buxoro innovatision tibbiyot instituti
3) Turon zarmed universiteti

QASHQADARYO VILOYATI — 2TA
1) Iqtisodiy va pedagogika universiteti
2) Qashqadaryo xalqaro universiteti

XORAZM VILOYATI — 3TA
1) Ma‘mun nomidagi jahon tillari
2) Urganch texnologiya universiteti
3) Urganch shahridagi xalqaro BINARY universiteti

NAVOIY VILOYATI — 1TA
1) Navoiy innovatsiyalar instituti

Yuqoridagi 53ta oliygohda litsenziya mavjud bo‘lib, oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish vakolatiga ega.

Ro‘yxat Ta‘lim inspeksiyasining ochiq ma'lumotlariga ko‘ra shakllantirildi. Ayrim xususiy (Yodju, Profi) OTMlarning filiallari bo'yicha ma'lumotlar saytga yuklanmagan.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.5K viewsedited  12:32
Ochish/sharhlash
2022-09-07 09:16:01
SUPER-KONTRAKT bo‘yicha ayrim tartiblar tasdiqlandi

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi.

Eng katta yangilik, bu abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda o‘z xohishi bilan BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINCHI yo‘nalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Izoh: abituriyentlar kontrakt.edu.uz saytiga kirib, bemalol ariza qoldirishlari mumkin.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
1.3K views06:16
Ochish/sharhlash
2022-09-07 08:42:05
Talabalar turar joyiga joylashish uchun qanday meʼzonlarga mos kelish kerak?

Ushbu savollarga quyidagi infografika orqali javob olishingiz mumkin!

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
2.7K views05:42
Ochish/sharhlash