Get Mystery Box with random crypto!

KREDIT-MODUL – OTMlar faqatgina talabadan 'soqqa' qilish tizim | Ta'lim Live

KREDIT-MODUL – OTMlar faqatgina talabadan "soqqa" qilish tizimini ishlatmoqda, majburiyatlar esa bajarilmayapti

Oliy ta'lim tizimida 2020/2021 o'quv yilidan boshlab Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi oliygohlar uchun kredit-modul tizimini joriy etish ko'zda tutilgan va joriy etildi.

Ushbu tizimda o'qitish sistemasi Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosida ta’limning kredit-modul tizimini joriy etish tartibini belgilaydi. Ushbu tizimga ko'ra talaba va oliygohning o'z majburiyati va o'qitishni yangicha tizimi joriy qilinishi kerak.

Lekin OTMlar kredit-modul tizimining faqat oliygoh foydasiga ishlaydigan qismlarinigina qo'llashmoqda. Talaba huquqlari esa poymol etilmoqda. Tizimning faqat ayrim qismlari amal qilmoqda, xo'sh nima uchun?

TALABALAR DIQQATIGA!

Kredit-modul tizimiga ko'ra, fan o'qituvchilarini oliygoh emas talaba shaxsan tanlaydi. Ya'ni fanlar bo'yicha qaysi o'qituvchi darsga kirishini talaba mustaqil belgilaydi va bunda akademik guruhlar, kursdoshlar degan tushunchaning o'zi mavjud bo'lmaydi.

Masalan siz ingliz tili yo'nalishda o'qiysiz. Sizga "Asosiy o'rganilayotgan chet tili" fanidan darsga kirmoqchi bo'lgan o'qituvchini mustaqil o'z vaqtingizga qarab tanlaysiz. Qolgan talabalar ham shunday. Shunda aynan siz tanlagan o'qituvchi bo'yicha 40 yoki 70 ta talaba darsga kiradi. Boshqa fanda esa yana boshqa talabalar bilan bitta darsda o'tirasiz. Qisqa aytsa har xil fanda har xil talabalar bilan darsda qatnashasiz. Sizda doimiy kursdoshlar bo'lmaydi.

Xo'sh, nima uchun bu tizim amal qilmayaptiyu, talabalarda pul undiruvchi kredit to'lash yaqqol amal qilyapti?

Agarda yuqoridagi talabaning huquqlari amalga oshgudek bo'lsa, o'qituvchini ishda qolish yoki qolmasligini oliygoh emas talaba belgilaydi. Qaysi o'qituvchiga qancha dars berilishi vakolati ham butkul talabalar qo'liga o'tib ketadi. Bu yerda dekan, zamdekan yoki tyutor dekan lavozimlar yo'qolib ketadi. Sababi bu tizimda bunday lavozimlarga xojat yo'q. Lekin OTMlar bu tizimni to'liq amalda qo'llamaydi, sababi vakolatlarini yo'qotib qo'yishdan qo'rqadi.

Xo'sh, talabadan kredit-to'lashni majbur qilishsa nima qilish kerak?

Unda siz ham o'qituvchi tanlash huquqingizni talab qiling. Tartibi haqida batafsil post qilamiz. Sizdan majburiyatingizni talab qilishyaptimi, siz ham huquqlaringiz asosida oliygohdan majburiyatlarini talab qiling.

#Talimgaoid

Sizga huquqiy asos: 2020-yildagi 824-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live