Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar ikkinchi kursdan ishlashi mumkinmi? Ko'pchilik Oli | Ta'lim Live

Talabalar ikkinchi kursdan ishlashi mumkinmi?

Ko'pchilik Oliy ta'lim vazirining mana bu videosiga asoslanib ishlash mumkin ekan deyishmoqda.

Bu videoda vazir ikkinchi kursdan ishlashi mumkin bo'ladi deyilmoqda, ya'ni kelajakda, lekin qachonligi noma'lum. Vazirning gapi qaror yoki qonun emas, hurmatli talabalar.

Maktablarda dars berish haqida gapiradigan bo'lsak, hukumatning «Ta'lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarga malakali o'qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo'nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo'limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live