Get Mystery Box with random crypto!

​​ O‘qishni ko'chirish imtihonlaridan yiqilgan talabalar uchun | Ta'lim Live

​​ O‘qishni ko'chirish imtihonlaridan yiqilgan talabalar uchun.

Imtihondan o‘tolmaganlar qanday yo‘l tutishni bilmay maslahat so'rashmoqda. Subyektiv qarashlardan kelib chiqib, 3ta variant keltirib o‘tamiz:

Davlat OTMlariga perevod qilolmaganlarda nodavlat (xususiy) oliygohlarga o‘qishni ko'chirish imkoniyati mavjud. Siz chindan ham sohangiz bo‘yicha kuchli mutaxassis bo'lmoqchi bo‘lsangiz xususiy oliygohlarda o‘qish to‘g‘ri variant. Ko'pchilik biladiki, xususiy oliygohlarda ta‘lim sifati juda yuqori bo‘lib, talabaga erkinlik (formasiz), ijodiy fikrlash, networking va boshqa ustun jihatlarni beraoladi.

Diplomi o‘tadimi o‘zi? (Batafsil),
Litsenziyasi olib qo‘yilsa nima qilaman? (Batafsil) kabi ortiqcha vahimalarga yetarlicha javob berib bo‘lganmiz.

Agar sizga diplom kerak bo‘lsa, bir yil kutib, keyingi yili davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirishingiz mumkin. Davlat OTMlariga bir ammallab kirib olsang, bitirish deyarli oson. Bu variant ham diplom shaydolari uchun yaxshi yo‘l hisoblanadi.

Forma, ro‘mol, soqol, kalta paypoq, dars vaqtida open byudjetga ovoz berish kabi illatlarni hisobga olmasa hammasi yaxshi. Ta‘lim sifati hamma oliygohda har xil.

Siz perevod qilmasdan ham xorijiy oliygohni bitirib diplomni nostrifikatsiya qilishingiz mumkin. Nostrifikatsiya imtihonlari 2ta mutaxassislik fanlaridan bo‘lib o‘tadi, narxi BHMni uch barobariga teng (900 ming so‘m) (bu yerda nostrifikatsiya haqida batafsil yozilgan). Agar siz tahsil olgan OTM Top-1000 talikka kirgan bo‘lsa diplomlar imtihonsiz tan olinadi.

Yo‘l sizniki, tafakkur ila to‘g‘ri yo‘lni tanlaysiz degan umiddamiz!

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live