Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 39.71K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2023-11-06 18:46:45
Talabalar qancha stipendiya oladi?

Grantga kirganlarga bazaviy stipendiya to‘lanadi. Kontrakt kirganlar kontrakt pulini stipendiyali-stipendiyasiz qilib to‘lashi mumkin.

Bazaviy stipendiya miqdori — 517 880 so‘m;
Barcha fanlar bo‘yicha faqat "a’lo" o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega bo‘lgan talabalar uchun stipendiya – 621 456 so‘m.

Nomdor stipendiyalar:

Prezident stipendiyasi – 2 191 541 so‘m;
Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari –1 461 028 so‘m.

TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
28.4K views15:46
Ochish/sharhlash
2023-11-06 14:41:33


17-noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan yangi “Talabalar tanlovi”ni e'lon qilamiz!

Tanlovda shunchaki yutuqli barabanni aylantirasiz bo‘ldi, omadingiz kelsa sovg‘a sizniki! Ushbu tanlovda kamida 500 ta ishtirokchi sovg‘a yutadi.

3ta – zamonaviy smartfon;
3ta – 500 ming so‘m pul yutug‘i;
20ta – Smart watch;
20ta – Quloqchin;
20ta – Airpods;
20ta – Powerbank;
ko‘plab badiiy kitoblar;
va pul yutuqlari yutib oling.

Tanlov 17-noyabr kuni 20:00 ga qadar davom etadi va tanlov tugashi bilan Instagram sahifamizda super o‘yinni o‘ynaymiz!

TANLOV SHARTLARINI KO‘RISH

Tanlovda ishtirok eting va ko‘plab sovg‘alardan birini yoki bir nechtasini yutib oling. Harakat sizdan, sovg‘alar esa bizdan!
29.7K viewsedited  11:41
Ochish/sharhlash
2023-11-06 14:18:00
Yaqin Sharqda Falastin-Isroil muammosi jiddiy tus olmoqda. Uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan nizoning keng yoyilib ketish xavfi kuchaymoqda. Qurolli to‘qnashuvlarda tinch aholi, ayniqsa, keksalar, ayollar va bolalar qurbon bo‘lmoqda.

Bu dunyo mamlakatlarini jiddiy xavotirga solmoqda. Tinchlik tarafdorlari bo'lgan yetakchilar tomonlarni harbiy harakatlarni, o‘t ochishni to‘xtatishga, murosaga kelishga chaqirmoqda.

Jumladan, MDH davlatlari rahbarlari va Tashqi ishlar vazirliklari G‘azo sektoridagi vaziyatga munosabatini bildirdi.

Fikrlarni
“Yuksalish harakati” bitta rasmga jamladi.

Talabayoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
17.9K views11:18
Ochish/sharhlash
2023-11-03 14:16:49
Darsliklar ro’yxati e’lon qilindi

2024-2025-o‘quv yilida OTMlarning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Bilimlarni baholash agentligi saytida eʼlon qilindi.

Bunda o‘zingizga kerakli fan va tilni tanlagan holda, darsliklar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

To‘liq ro‘yxatni ko‘rish

Talabayoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
13.0K views11:16
Ochish/sharhlash
2023-11-02 15:43:01 Qishki "perevod"ga kimlarga ruxsat beriladi?

Xuddi yoz oyidagi kabi qishda ham o‘qishni ko‘chirish mumkin. Faqat bir davlat OTMidan boshqasiga.

Kimlarga ruxsat bor

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Qishki "perevod" uchun arizalar dekabr-yanvar oylarida olinadi.

Talabayoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
14.3K views12:43
Ochish/sharhlash
2023-11-02 15:32:29
2 oyda boshqaruvni o'rganib, "job offer" olish mumkinmi?

Yosh Menejer dasturi orqali qisqa muddatda loyiha boshqaruvini o'rganib, karyera qurishda zarur ko'nikmalarga ega bo'lishingiz mumkin. Hozirda loyihaning 7-mavsumiga qabul e'lon qilingan.

Statistika: Loyiha bitiruvchilar 20+ kompaniyalardan jami 90 ta job offer olishgan.


Dasturning asosiy imkoniyatlari:
Project management (loyiha boshqaruvi) va Employability skills (karyeraviy o'sishdagi ko'nikmalar);
— TOP kompaniyalarga ekskursiyalar
(UzAuto Motors, Crafers, Artel, Akfa);
— Qatnashuvchilarga moliyaviy tomondan ko'mak bo'lishi uchun 50% lik 5 ta GRANT o'rni.

Shoshiling! Faqat 50 ta ishtikorchi 2 bosqichli saralash orqali tanlab olinadi:
1. Ro'yxatdan o'tish (CV va motivatsion xat);
2. Oflayn intervyu.

Karyera yo'lini tanlash, lavozimda ko'tarilish, saralangan yoshlar orasida expertlardan amaliy bilim olishni xohlasangiz, Yosh Menejer dasturi 7-mavsumiga ro'yxatdan o'ting!

Roʻyxatdan oʻtish:
https://forms.gle/GADNHmtCQtM4zWYcA
Oxirgi muddat: 11-noyabr, 23:59

Murojaat uchun: @young_manager_support
+998901206810

@yosh_menejer_uz
13.2K views12:32
Ochish/sharhlash
2023-09-16 08:29:40
Yoshligimga qaytgim keladi...

Internetsiz, telefon va kompyutersiz o‘tgan yoshlik davrlarni barcha birdek sog‘insa kerak.

TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
12.6K viewsedited  05:29
Ochish/sharhlash
2023-09-02 16:38:28 Rasman: 1-kurslarga shartnomasiz ham 2 oylik ijara to'lab beriladi

1-bosqich kunduzgi taʼlim shakliga
qabul qilingan talabalar ijara xonadonida turganda ularga ham ijara summasining bir qismi to‘lab beriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Toshkent shahrida –BHMning 1 baravari — 330 ming so‘m;

Qolgan hududlarda – BHMning yarim baravari — 165 ming so‘m miqdorida to‘lab beriladi.

TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
17.2K views13:38
Ochish/sharhlash
2022-09-28 19:26:09
Har bir talaba ko'rishi kerak bo'lgan ko'rsatuv

"Yosh kitobxon" tanlovi kitobxonlarning soni o'sishida ancha yordam berdi, deb umid qilamiz. Shunga o'xshash loyihalar ko'paysa juda yaxshi bo'lar edi. Ko'p xatoliklar oldi olingan bo'lardi.

Bu masalaga o'z hissalarini qo'shishni niyat qilgan holda ustoz Ikrom Sharif jamoalari bilan birgalikda kitobni sevuvchilar uchun manzur keladigan bir yangi loyihani boshlabdilar.

"O'qi" nomli yangi ko'rsatuvni ommabop, har qanday yoshdagi inson ko'rsa bo'ladigan, sodda tilda olib borishni niyat qilishibdi.

Siz videoni toʻliq koʻrib, kitobni oʻqib, taqriz yozishingiz orqali Ikrom Sharif dastxati tushirilgan kitobni sovgʻa sifatida olish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Bugun — 28-sentyabr kuni, soat 21:00 da 1-son premyerasi ekan. Azizlar, birgalikda oila davrasida albatta koʻrishingizni barchangizga tavsiya qilgan bo'lardik.

Premyerani tomosha qilish
723 views16:26
Ochish/sharhlash
2022-09-28 14:03:44
Oliy ta’lim muassasalarining umumiy reytingi e’lon qilindi

Eng yuqori natija qayd etgan OTMlar:
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti;
O‘zbekiston Milliy universiteti;
Toshkent moliya instituti;
Samarqand davlat universiteti;
Navoiy davlat konchilik instituti.

Eng quyi natija qayd etgan OTMlar:
Termiz muhandislik texnologiya instituti;
O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti;
Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti.

@kitobxonyoshlar — Sahifamizga obuna bo'ling
291 views11:03
Ochish/sharhlash