Get Mystery Box with random crypto!

Magistraturaga qishki qabul bo'ladimi? Bu yil magistratura u | Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Magistraturaga qishki qabul bo'ladimi?

Bu yil magistratura uchun 20.054 nafar abituriyent hujjat topshirgandi. Ajratilgan kvota esa 17,1 ming edi.

Hujjat topshirgan deyarli teng yarim talabgorning arizasi talabga javob bermagani uchun qaytarilgan. 6,3 ming nafar talabgor magistraturaga qabul qilindi. 11 mingga yaqin kvota esa bo‘sh qolgan.

Endi nima bo‘ladi?

Kvotalar bo‘sh qolib ketadimi? Bu hozircha aniqmas. Lekin anig‘i yoz boshidayoq sobiq oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov bu yil magistraturaga faqat bir marta qabul bo‘ladi, qishkisi bo‘lmaydi deb aytgandi. Qoida bo‘yicha esa Qabul komissiyasi ruxsat bersa, to‘lmagan kvotalar uchun qishki qabul ham bo‘lishi kerak.

Katta ehtimol bilan vaziyat qishki qabul ham bo‘lishini ko‘rsatadi. Lekin hozircha bu haqida hozircha biror rasmiy xabar berilmadi.

TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling