Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 37.74K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 13

2023-09-16 08:29:40
Yoshligimga qaytgim keladi...

Internetsiz, telefon va kompyutersiz o‘tgan yoshlik davrlarni barcha birdek sog‘insa kerak.

TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
12.6K viewsedited  05:29
Ochish/sharhlash
2023-09-02 16:38:28 Rasman: 1-kurslarga shartnomasiz ham 2 oylik ijara to'lab beriladi

1-bosqich kunduzgi taʼlim shakliga
qabul qilingan talabalar ijara xonadonida turganda ularga ham ijara summasining bir qismi to‘lab beriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Toshkent shahrida –BHMning 1 baravari — 330 ming so‘m;

Qolgan hududlarda – BHMning yarim baravari — 165 ming so‘m miqdorida to‘lab beriladi.

TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
17.2K views13:38
Ochish/sharhlash
2022-09-28 19:26:09
Har bir talaba ko'rishi kerak bo'lgan ko'rsatuv

"Yosh kitobxon" tanlovi kitobxonlarning soni o'sishida ancha yordam berdi, deb umid qilamiz. Shunga o'xshash loyihalar ko'paysa juda yaxshi bo'lar edi. Ko'p xatoliklar oldi olingan bo'lardi.

Bu masalaga o'z hissalarini qo'shishni niyat qilgan holda ustoz Ikrom Sharif jamoalari bilan birgalikda kitobni sevuvchilar uchun manzur keladigan bir yangi loyihani boshlabdilar.

"O'qi" nomli yangi ko'rsatuvni ommabop, har qanday yoshdagi inson ko'rsa bo'ladigan, sodda tilda olib borishni niyat qilishibdi.

Siz videoni toʻliq koʻrib, kitobni oʻqib, taqriz yozishingiz orqali Ikrom Sharif dastxati tushirilgan kitobni sovgʻa sifatida olish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Bugun — 28-sentyabr kuni, soat 21:00 da 1-son premyerasi ekan. Azizlar, birgalikda oila davrasida albatta koʻrishingizni barchangizga tavsiya qilgan bo'lardik.

Premyerani tomosha qilish
723 views16:26
Ochish/sharhlash
2022-09-28 14:03:44
Oliy ta’lim muassasalarining umumiy reytingi e’lon qilindi

Eng yuqori natija qayd etgan OTMlar:
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti;
O‘zbekiston Milliy universiteti;
Toshkent moliya instituti;
Samarqand davlat universiteti;
Navoiy davlat konchilik instituti.

Eng quyi natija qayd etgan OTMlar:
Termiz muhandislik texnologiya instituti;
O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti;
Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti.

@kitobxonyoshlar — Sahifamizga obuna bo'ling
291 views11:03
Ochish/sharhlash
2022-09-28 12:01:16
Nima uchun zamonaviy kasblarni o'rganish kerak?

• O'rganish uchun 5-12 oydan uzoq bo'lmagan muddat yetarli;
• Til bilsangiz chet el korxonalari bilan ham ishlay olasiz;
• Ishga kirish uchun diplom talab qilinmaydi;
• Daromadingiz qancha bo'lishi o'zingizga, tajribangizga bog'liq bo'ladi;
• Ishlashingiz uchun kompyuter va internetning o'zi yetarli.

4 kun qoldi. Zamonaviy kasbarni ajoyib muhitda, o'z ishining ustalaridan o'rganishga nima deysiz?

2-oktyabr kuni «Najot Ta'lim»da bo'lib o'tadigan kirish imtihonlarida ishtirok eting. Imtihondan muvaffaqiyatli o'tib, kasb o'rganing.

Imtihon uchun ro'yxtadan o'ting
637 views09:01
Ochish/sharhlash
2022-09-27 08:05:07 "Yil talabasi – 2022" tanlovining buyrug'i va nizomi

Batafsil ma'lumotlar kanalimizda berib boriladi, bexabar qolib ketmaslik uchun kanalimizga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
924 viewsedited  05:05
Ochish/sharhlash
2022-09-27 07:34:19 Diqqat e'lon! Aktyorlik qobiliyati ega yoshlarni kastingga taklif qilamiz!

Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar. YouTube va Instagram platformasi orqali ommaga taqdim etiladigan qisqa metrajli film, ijtimoiy video lavhalar olish maqsadida jamoa tashkil qilinyapti. Birgalikda doimiy ishlash maqsadida iqtidorli o'g'il-qizlar hamda 35-38 yoshdagi ayollarni kastingga taklif qilamiz. Marhamat iqtidoringizni sinab koring.

Manzil: Milliy bog' Adiblar xiyoboni soat 15:00 da
Tel: +998996989096
1.2K views04:34
Ochish/sharhlash
2022-09-26 21:23:48
Diqqat e'lon! Ibratli yoshlar qidirilmoqda!

Hurmatli talabalar, Siz ta’lim olayotgan oliygohda (kursdoshlaringiz orasida) o'qishdan tashqari vaqtlarida ishlab, oilasi va ota-onasiga ko'maklashayotgan, o'z kontraktini o'zi to'lab, hozirdan kelajagi uchun zamin yaratayotgan ibratga loyiq talabalar bormi? Unda quyidagi so'rovnomani to'ldirib, ular haqida bizga ma'lum qilishingizni so'raymiz (o'zingiz shunday talabalar safida bo'lsangiz, o'z nomzodingizni ham berishingiz mumkin).

Yaqin kunlarda yuqorida ta'kidlagan xislatlarga ega, boshqalarga namuna bo'la oladigan yoshlar haqida ko'rsatuv tayyorlanadi. Siz bergan nomzodlar aynan shu ko'rsatuv qahramonlariga aylanishi mumkin.

So'rovnomani to'ldirish: https://forms.gle/L7rjkYfNorup2smB9
458 views18:23
Ochish/sharhlash
2022-09-25 15:09:27 O‘zbekchasini unutganlar uchun mitti lug‘at

So‘zlashuv tilida juda ko‘p o‘zbekcha yoki o‘zbekchalashgan so‘zlarning o‘rnini yot so‘zlar egallab olgan. Aslida bu so‘zlarning soddaroq, qisqaroq, tushunarliroq o‘zbekcha shakli bor. Lekin negadir begona so‘zlarni qo‘llayveramiz. Bu narsa ongimizga shu qadar singib ketganidan buni ko‘pincha sezmaymiz ham.

Quyida shunday so‘zlarning kichik lug‘ati bilan tanishasiz.
Aklad – oylik, maosh.
Balnisa – kasalxona, shifoxona.
Brat – aka, akaxon.
Vapshe, obshe – umuman.
Golubsi – do‘lma.
Da (telefon ko‘tarilganda) – eshitaman, labbay. Yoki xalqaro “alo” so‘zini ham ishlatish mumkin.
Zdachi – qaytim.
Izdivatsa qilmoq – ustidan kulmoq.
Kanikul – ta’til.
Kapcho‘niy – dudlangan, qoq, sur.
Karochi – qisqasi.
Koja – teri, charm, ko‘n.
Mazgi – miya.
Malades – yashang, yasha, yashavor. Eskilar bu so‘z o‘rnida “barakalla” yoki “borakalloh” degan so‘zni ishlatgan.
Marazilnik – muzlatgich.
Mashennik – firibgar, qallob.
Medsestra – hamshira.
Mo‘shniy – kuchli, zo‘r.
Narmalni – tuzuk, yaxshi, durust, chidasa bo‘ladi. Juda shu so‘zga mehr-muhabbatli bo‘lgan kishi “normal” deb ishlatishi ham mumkin.
Naski – paypoq.
Otdix – dam olish.
Pashti – deyarli.
Prayezd – kira haqi, yo‘lhaqi.
Pro‘pka – tiqilinch (yo‘l); tiqin (idishda).
Po‘pko‘rn – bodroq.
Rayo‘n – tuman. Bu so‘z yoshi kattalar orasida hozir ham ora-sira ishlatilyapti.
Salyo‘niy – tuzlangan, tuzlama, sho‘r.
Svejiy – yangi.
Svet – chiroq.
Subo‘tnik – shanbalik. “Hashar” deyilsa, tamoman o‘zbekcha bo‘ladi.
Travma – jarohat.
Uspet qilmoq – ulgurmoq.
Chtobi – uchun.
Ekanom qilmoq – tejamoq.
“Irfon” taqvimi (2014)da chop etilgan.

Iloji boricha bu so'zlarning o‘zbekchasini ishlating, til rivojiga va sofligiga shaxsan hissa qo‘shing.
Bunga o‘xshash yana qanday so‘zlarni bilasiz? Izohlarda qoldiring.

@kitobxonyoshlar — Sahifamizga obuna bo'ling
820 views12:09
Ochish/sharhlash
2022-09-16 14:28:20
«Baho boʻyicha menga iltimos boʻlsa ham aralashmayapman, aralashsam ham bir ish chiqmasligini bilaman» – Abduqodir Toshqulov

Oʻzbekistonda super kontraktga kirgan talaba yaxshi oʻqiy olmasa taʼlimni bitirolmaydi. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida oliy taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov aytib oʻtdi.

@TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
2.0K views11:28
Ochish/sharhlash