Get Mystery Box with random crypto!

RO‘MOLINGNI YECHMAGANINGGA... Ko‘z yoshlaring yuzing yuvdilar | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

RO‘MOLINGNI YECHMAGANINGGA...

Ko‘z yoshlaring yuzing yuvdilar,
E’tiqoddan kechmaganingga.
Oliygohdan seni quvdilar,
Ro‘molingni yechmaganingga.

Tazyiq birla to‘ydirib jondan,
Mirshablar turtdilar to‘rt yondan,
So‘ng xo‘rlab oynai jahonda,
Ro‘molingni yechmaganingga.

Buzilib muhbirning avzoyi,
Qildi tuhmat matn xirgoyi,
Onangni qildilar sazoyi,
Ro‘molingni yechmaganingga.

Opang edi qo‘li yengil doya,
Lek ongida Islomiy g‘oya.
Dedi unga boshliq xamsoya:
Ro‘molingni yechmaganingga-

Ishdan ketgil, yozgil ariza.
Xokim qildi majlizda izza.
Qaltiradi axir bu tizza,
Ro‘molingni yechmaganingga.

Garchi qilar padar buzrukvor,
Seni nohaq quvganlardan or.
Sening xali mukofoting bor,
Ro‘molingni yechmaganingga.

Sen umidvor bo‘lma qozilar(sudyalar)
Sening xo‘rligingga rozilar.
Ammo senga ajr yozilar,
Ro‘molingga yechmaganingga.

Masonparast bir to‘da ovsar,
Garchi senga odobdan vaysar.
Ichajaksan jannatda Kavsar,
Ro‘molingni yechmaganingga.

Gunohingga bo‘lar kafforat,
Xatolaring bo‘lajak g‘orat.
Seni rasul qilar shafoat,
Ro‘molingni yechmaganingga.

Atrofingni o‘raydi malak,
Joning bo‘lmas rizq uchun xalak.
Gʻanimlaring jazolar Falak,
Ro‘molingni yechmaganingga.

Uchrab senga asl rijol er.
Sen dinimning yarmisisan der.
Men xam senga atadimda she’r,
Ro‘molingni yechmaganingga.

Ey qalamim she’r bo‘lib jadal,
Yov ko‘ksiga xanjardek qadal.
Gʻam o‘rniga baxt bo‘lsin badal,
Singlim Ishqdan kechmaganiga,
Ro‘molini yechmaganiga.

Abdurahmon Meshayan

Do'stlaringizga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg