Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.32K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2023-04-26 09:24:39
Sessiyagacha

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
3.3K views06:24
Ochish/sharhlash
2023-04-26 08:31:29Toshkentdagi universitetlardan birining talabasi pul uchun ayovsiz kaltaklandi

Kartasidagi pullarni bankomatda naqd qilmoqchi boʻlgan yigit 10 ga yaqin fuqaro tomonidan kaltaklandi. Ular yigitni uzoqdan kuzatib yurgan va pullarini olib qoʻyish maqsadida ayovsiz kaltaklashgan.

Maʼlumotlarga koʻra, yigit Toshentdagi oliygohlardan birida tahsil oladi (qaysiligi aytilmagan). U koʻp qavatli uyda ijarada turgan. Yigitning aytishicha, oʻsha kuni kechki payt uyning egasi kelib, undan pullarni oʻsha zahoti toʻlashini talab qilib, toʻlolmasa koʻchaga chiqarib yuborishini aytadi. Yigit esa doʻstlaridan qarz oladi. U qarzga tushgan pullarni naqd qilish uchun uyining tagida joylashgan bankomatlardan biriga tushgan. Kartadan pul yechayotgan vaqtida 10 ga yaqin yigitlar yugurib kelib, bolani avval qoʻrqitib, pullarni bermaganidan keyin ayovsiz kaltaklashgan.

“Men pullarni kuchim boricha asrashga harakat qildim. Chunki ular menga judayam zarur edi”, deydi jabrlangan yigit. Koʻchada boʻlgan odamlar yigitning ahvolini koʻrib unga yordam koʻrsatishgan.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
4.0K views05:31
Ochish/sharhlash
2023-04-26 06:58:39
Muhimi qalb go'zalligi!

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
4.4K views03:58
Ochish/sharhlash
2023-04-25 17:14:40
Talabalar ovqatlanganda

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.1K views14:14
Ochish/sharhlash
2023-04-25 16:29:39
Kim kimga tupurgan?

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.6K views13:29
Ochish/sharhlash
2023-04-25 14:01:40 Mehnat daftarchasiga talabalik davri ham yoziladimi?

“Mehnat daftarchasiga 4 yillik talabalik davri ham kiritiladimi? Mehnat daftarchasini ishxonada yuritiladimi yoki oʻqish joyida?”

- Mehnat kodeksining 81-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, mehnat daftarchasi mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir. Ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehrat daftarchasini tutishi shart, oʻrindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.

Ish beruvchi mehrat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga oʻtkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yozishi shart. Xodimning iltimosiga koʻra, mehnat daftarchasiga oʻrindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.

Shuningdek, “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisida” gi 402-sonli yoʻriqnomaning 2-qismi 2-bandiga muvofiq, oʻrta, oʻrta-maxsus va oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi yozuvlar faqat tegishli hujjatlar (attestat, guvohnoma, diplom)ga aosan yoziladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Talabaga mehnat daftarchasi korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan yuritiladi hamda oliy taʼlim muassasasini tamomlagandan soʻng diplomiga asosan 4 yillik talabalik davri toʻgʻrisidagi maʼlumot ham kiritiladi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.2K views11:01
Ochish/sharhlash
2023-04-25 12:18:18
Noming o'chsin korrupsiya!

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.1K views09:18
Ochish/sharhlash
2023-04-24 13:01:10
#Talabalik_davrim_mening

Darsda

“Ruchkang daftarning ustiga tegsa, keyin maʼruzam tugaydi”

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.3K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-04-24 10:17:40
Onlayn o'qigan arxitektor

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.3K views07:17
Ochish/sharhlash
2023-04-24 08:54:42 Taʼlim muassalari bitiruvchilari uchun ishga joylashtirishda qanday imtiyozlar mavjud?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi Farmoniga muvofiq 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab:

- Ish beruvchilarning bitiruvchilarni ishga joylashtirishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida yagona ijtimoiy toʻlovning oʻrnatilgan stavkasini ular ishga joylashganliklaridan keyingi bir yil ichida 50 foizga, ikkinchi va uchinchi yil davomida esa 25 foizga kamaytiriladi. Byudjet tashkilotlari, monopolist tashkilotlar, ustav jamgʻarmasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan tashkilotlarga ishga joylashganlar bundan mustasno boʻladi;

- kollej, akademik litseylarning oʻquvchilariga soliq toʻlovchining individual raqami berilib, elektron raqamli imzo (ERI)ni tegishli toʻlovni undirmasdan soliq toʻlovchi sifatida davlat soliq organlarida roʻyxatga qoʻyiladi;

- shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi 84-moddasiga muvofiq, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining hamda oliy oʻquv yurtlarini tamomlagan bitiruvchilar uch yil ichida birinchi marotaba ishga kirayotgan holda, ular bilan tuziladigan mehnat shartnomalarida dastlabki sinov muddatlari belgilanmasligi qayd etilgan;

- bundan tashqari, Mehnat Kodeksining 2471-moddasiga asosan, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining, shuningdek davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan oliy oʻquv yurtlarining tegishli taʼlim muassasasini tamomlagan kundan eʼtiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirgan bitiruvchilari bilan mehnat shartnomasi u tuzilgan kundan eʼtiboran uch yillik muddat oʻtguniga qadar ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilinganida ish beruvchi bu haqda mahalliy mehnat organini xabardor qilishi shart. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari yakka tartibdagi tadbirkorlarga yollanib ishlaganda kollejni bitirgandan boshlab bir yil muddatga qatʼiy belgilangan soliqdan ozod etiladi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.1K views05:54
Ochish/sharhlash