Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.32K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-05-09 08:31:40 #9_may_XOTIRA

Xotira – muqaddas, qadr – ulugʻ!

Mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Sana munosabati bilan vazirlik masʼullari ham urush qatnashchilari, ulugʻ yoshli nuroniylar holidan xabar olishmoqda.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi vazirlik masʼullari Olmazor tumanidagi Muhammedovlar xonadonida boʻlishdi. Qutlug‘ 99 yoshni qarshi olgan va qariyb bir asrlik umri davomida yurt tinchligi, Vatan ravnaqi uchun oʻz hissasini qoʻshishga intilib yashagan Muhammedov Mahkam otani bayram bilan tabriklab, otaxonning suhbatini olishdi.

Soʻzlarida olam-olam hikmat mujassam Mahkam ota oʻgʻil-qiz, nevara, evaralarni yurtga sodiq qilib voyaga yetkazgan, ularga oʻz hayot tajribasini oʻrgatgan bobo bugun ularning ardogʻida keksalik gashtini surmoqda. Otaxon yurtimiz tinchligi bardavom boʻlishini, xalqimiz farovonligini, yomon koʻzlardan asrashini tilab, xayrli duo qildi.
5.4K views05:31
Ochish/sharhlash
2023-05-09 07:40:39 2024-yil 1-yanvardan boshlab “Shaxmat stipendiyasi” ta’sis etiladi — Prezident qarori

Shaxmat boʻyicha “Maktab ligasi”, “Akademik litsey ligasi”, “Professional ta’lim muassasalari ligasi” va “Talabalar ligasi” musobaqalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar va talabalar yil davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida (hozirda 1 mln 650 ming soʻm) “Shaxmat stipendiyasi” bilan rag‘batlantiriladi.


Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.9K views04:40
Ochish/sharhlash
2023-05-09 07:00:58
#hazil

“DEKAN”


Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.7K views04:00
Ochish/sharhlash
2023-05-01 10:30:50
"Oltmish yillik qovoq"

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
657 views07:30
Ochish/sharhlash
2023-05-01 08:23:40 Abituriyentlarga Davlat OTMga oʻqishga hujjat topshirish jarayonida talabalar turar joyiga boʻlgan ehtiyojini belgilash imkoniyati yaratiladi

Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini turar joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Unga koʻra,

- 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga ijara toʻlovining bir qismini davlat byudjeti hisobidan qoplab berishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab abituriyentlar uchun Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga hujjat topshirish jarayonida talabalar turar joyiga boʻlgan ehtiyojini belgilash imkoniyati yaratiladi.

2023-2024 oʻquv yilidan boshlab talabalar yotoqxonaga joylashish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda – YAIDXP) orqali murojaat qiladilar.


Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
3.6K views05:23
Ochish/sharhlash
2023-05-01 06:12:05 Yutuqqa erishgan va kichik kurs talabalariga yotoqxonaga joylashishda imtiyoz berilishi rejalashtirilgan

Hukumat qarori loyihasiga koʻra imtiyozli roʻyxatga kiradigan talabalar uchun oliy taʼlim muassasasi talabalar turar joyi umumiy sigʻimining 7 foizgacha bunda, 2023/2024 oʻquv yili uchun quyidagi mezonlar ketma-ketligi asosida:

- xalqaro va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan Respublika miqyosdagi fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

- “Yil talabasi” koʻrik tanlovi Respublika bosqichi gʻolibi (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi);

- talabalar turar joyida doimiy ravishda talabalar kengashi raisi, qavat sardorlari;

- “Zakovat” intellektual oʻyinlari Respublika bosqichi gʻoliblari;

- talabalar teatr studiyalari tanlovining Respublika bosqichi gʻoliblari;

- yozgi taʼtil davrida yoshlar mehnat otryadi tarkibida talabalar turar joylarini taʼmirlashda ishtirok etgan talabalarga ustuvorlik beriladi.

Mazkur roʻyxatga kiritilgan talabalar oliy taʼlim muassasasi rektori buyrugʻi, asoslovchi hujjatlar ilova qilingan holda maxsus axborot tizimiga kiritiladi.

Bir qancha imtiyoz guruhiga kiruvchi talabalarning ustunligi boʻyicha yuqori imtiyoz inobatga olinadi.

Umumiy roʻyxatdagi talabalar uchun oliy taʼlim muassasasi talabalar turar joyiga qolgan oʻrinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

1- kurs talabalari uchun 55-65 foizi;
2- kurs talabalari uchun 15-20 foiz;
3 kurs talabalari uchun 5-10 foiz;
- bitiruvchi kurs (4-va undan yuqori kurslar) talabalari uchun 5 foizgacha ajratiladi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
4.7K views03:12
Ochish/sharhlash
2023-04-29 11:01:39 Talabalar hazili

Bir talaba xonadosh doʻsti bilan hazillashmoqchi boʻlib stulni boʻyab qoʻydi. Qarasa, oshnasi kelyapti. U eshikdan kirishi bilan dedi:
Joʻra bilasanmi?..
Hazilkash talaba unga stulni koʻrsatib, mulozamat qildi:
- Avval oʻtir, keyin aytaverasan gapingni.
- Joʻra, men senga aytmoqchimanki...
- E- e, avval oʻtirgin!
Oshnasi oʻtirgach, hazilkash doʻsti miyigʻida kulgancha dedi:
- Ana, endi gapiraver gapingni, nima demoqchiyding?
- Bilasanmi, joʻra, bugun ertalab oʻqishga sening shimingni kiyib ketgandim...

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
4.6K views08:01
Ochish/sharhlash
2023-04-29 09:15:40
Диққат! "ТELEGRAM" аккаунтларга ҳужум
————
"Telegram" мессенжерининг турли канал ва гуруҳларда ҳавола орқали тарқатилаётган сохта ҳавола, Сизниннг аккаунтингизни эгаллаб олиш мақсадида, сизга "Салом, илтимос, сўровномада менга овоз беринг, мен 4-рақамдаман" ҳаволасини юборишади. Агар телефон рақамингизни ва сизга келган кодни киритсангиз, аккаунтингиз фирибгар бошқарувига ўтади ва ўзингизни аккаунтингиздан чиқариб юборади.

Огоҳ бўлинг! Бу сохта ҳаволага маълумотларингизни киритманг.

Икки босқичли аутентификацияни ўрнатинг;
Смс-хабарномада келган рақамларни ҳеч кимга тақдим этманг;
Мессенжернинг "қурилмалар" бўлимидаги "Фаол сеансларни" текширинг, бошқа қурилмалар фаолиятини тўхтатинг.

Фейк хабарларга алданманг.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.2K views06:15
Ochish/sharhlash
2023-04-29 08:31:28 HEMIS dasturi kirib bormagan nodavlat oliygohlar diqqatiga!

Davlat oliygohlarida o'qitish tizimi HEMIS dasturi asosida kredit-modul hisobida o'qitiladi. Nodavlat oliygohlarning ham ayrimlari ushbu dasturda ta'lim berib kelishmoqda.

Biroq, endilikda ushbu dastur asosida o'qitilmaydigan nodavlat oliygohlarning bitiruvchilariga diplom berilmaydi. Yangi o'quv yiliga qadar (iyul oyi) barcha nodavlat oliygohlari HEMIS dasturiga o'tishi va talabalik safiga qabul qilingan barcha talabalari dasturga kiritilgan bo'lishi lozim.

Dasturga kiritilmagan talabalarga diplom berilmaydi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.8K views05:31
Ochish/sharhlash
2023-04-29 07:01:40 #iqtibos

Taqdirga tan berishni maslahat beradigan, adolat uchun kurashdan qaytaradigan, mutelik qoniga singib ketgan odamlar pedagog bo'lib ishlamasligi kerak. Ular millatni tarbiyalamaydi. Ular qullarni yetishtiradi.

Zulfiya Rashidova

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.1K views04:01
Ochish/sharhlash