Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.32K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-04-24 05:17:05
Oʻzbekiston hududida havo harorati kunduzi asosan +25°С dan +30°С gacha, baʼzi joylarda +34°С gacha koʻtariladi.
Tog'li hududlarda +20°С gacha.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.8K views02:17
Ochish/sharhlash
2023-04-23 13:22:19
Kim qayasi yo'nalishda o'qiyapti

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
2.7K views10:22
Ochish/sharhlash
2023-04-21 13:30:53
Hayitlik olganlar bormi?
Qancha yig'ilganini pastda yozib ketish mumkin


Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
4.5K views10:30
Ochish/sharhlash
2023-04-21 05:05:40 Choʻkmaydigan molni koʻpaytiraylik!

Ibnul Qoyyim rohimahulloh oʻzining “Miftohu dorus saodati” nomli kitobida aytadi:
Olimlardan biri bir guruh savdogarlar bilan kemaga mindi. Dengiz oʻrtasiga borib kemalari dovul tufayli sinib ketdi. Kema va undagi mollar choʻkib ketdi. Ular ovchilar tomonidan qutqarilib oʻsha yerga yaqin bir shaharga olib kelindilar.
Oldin boy-badavlat boʻlgan savdogarlar endi faqirlikda qolishdi. Olim esa masjidda ilm halqasi tashkil qilib odamlarga ilm oʻrgata boshladi. Tezda u shaharda mashhur boʻlib ketdi. Hokim uni shaharda qozi qilib tayinladi.

Savdogarlar oʻz diyoriga qaytmoqchi boʻlishganda olim ham narsalarini yigʻishtira boshladi. Hokim va shahar aholisi olimning huzuriga kelib undan shaharda qolishini oʻtinib soʻrashdi. U noiloj shaharda qoldi. Savdogarlar olimdan:
- Yaqinlaringizga aytadigan gapingiz bormi?- deb soʻrashdi.
Olim dedi:
- Ha. Ular shunday molni jamlashsinki, kema sinib choʻkib ketganida ham u mol choʻkmasin!

Inson oʻrganadigan har qanday ilm va hunar choʻkmaydigan moldir. Insonning eng qimmatbaho moli uning choʻntagidagi emas, miyasidagi molidir, desam mubolagʻa qilmagan boʻlaman. Maʼrifat mol jalb qilishi mumkin. Ammo mol maʼrifat jalb qilmaydi. Men molning qadrini yerga urmoqchi emasman. Kishilarga tushadigan ehtiyojni Alloh qatl qilsin.

Unda xorlik va yuzning suvini toʻkilishi bor. Ammo mol ketadi, maʼrifat qoladi.
Koʻpgina mamlakatlarda oxirgi vaqtlarda siyosiy hodisalar va toʻpolonlar boʻldi. Buning oqibatida oldin kuzatilmagan koʻchib ketishlar yuzaga keldi. Insonlar yolgʻiz ustilaridagi kiyimlari bilan oʻlimdan qoʻrqib mamlakatlaridan chiqib ketishdi. Ular faqat miyalaridagi fikrlarini va oldin oʻrgangan hunarlarini olib chiqib ketishdi. Ana shunaqa insonlarga qayerda boʻlishmasin ish topish oson boʻldi.
Duradgor ustaxonasini olib chiqib keta olmadi. Ammo hunarini oʻzi bilan olib ketib, borgan joyida ustaxona topdi.

Shifokor oʻzining qabulxonasini olib chiqib keta olmadi. Ammo bilimini olib ketib, oʻsha yerda qabulxona ochdi.
Insonlar imoratlar, yerlar va uylarini tashlab ketishdi. Aniqki, ularni orqalab ketib boʻlmaydi. Ularning oʻz diyorlariga qaytish-qaytmasligini faqatgina Alloh biladi.
Choʻkmaydigan molni koʻpaytiraylik!

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
3.5K views02:05
Ochish/sharhlash
2023-04-21 03:52:32
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar!
Ramazon hayiti barchangizga muborak boʻlsin!
3.4K views00:52
Ochish/sharhlash
2023-04-20 10:19:01 Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy taʼlimga qabul qilish tartibi belgilandi

“Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitish tartibini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (143–son, 06.04.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga, magistraturasiga va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomlar tasdiqlandi.

Akademiyada oʻqishga qabul “tergov faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (taʼlim olish muddati 3 yil) hamda yurisprudensiyaning boshqa bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etiladi.

Akademiyaga qabul qilishda hujjat topshirgan abituriyentlarning muayyan toifalariga boshqa OTMga kirish uchun nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Oʻqitish davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi.

“Tergov faoliyati” boʻyicha bakalavriat bosqichiga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish uchun tanlov qabul yilining 1-fevraligacha  (istisno tariqasida, 2023/2024 oʻquv yili uchun – 2023-yil 15-aprelgacha) eʼlon qilinadi.

Shuningdek, Akademiya magistraturasiga qabul “Tergov faoliyati” mutaxassisligi va boshqa mutaxassisliklar boʻyicha amalga oshiriladi.

Oʻqish muddati, kunduzgi va kechki taʼlim shaklida – 1 yil, sirtqi va masofaviy taʼlim shaklida – 1,5 yildan 2 yilgacha etib belgilanadi.
Oʻqishga kirish uchun hujjatlar har yili:

“tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha – 10-maydan 10-iyungacha;
boshqa mutaxassisliklar boʻyicha – 10-iyundan 31-iyulgacha qabul qilinadi.

“Tergov faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha magistraturaning kunduzgi shakliga oʻqishga qabul qilingan vakolatli davlat organlari xodimlari, shuningdek boshqa mutaxassisliklar boʻyicha tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida magistraturaning kunduzgi shakliga oʻqishga qabul qilingan ichki nomzodlar bepul oʻqitiladi.

Bundan tashqari, Akademiyada oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik shakllarida tashkil etiladi.

Oʻzbekiston fuqarolarini oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga qabul qilish quyidagicha amalga oshiriladi:
bepul tayanch doktorantura va doktorantura shaklida oʻqitish;
bepul va toʻlov-kontrakt asosida mustaqil tadqiqotchilik shaklida oʻqitish.

Hujjatlar Akademiya tomonidan 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
3.1K views07:19
Ochish/sharhlash
2023-04-20 08:27:47 Ayollar kechga oshni harakatini bemalol boshlayveringlar

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
3.8K views05:27
Ochish/sharhlash
2023-04-20 07:39:23
RASMAN: RAMAZON HAYITI 2023-YIL 21-APREL KUNI NISHONLANADI

Oʻzbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olgan maʼlumotlarga koʻra, 1444 hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir boʻlgan (tugʻilgan).

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini taʼlimotlari va mazkur astranomik maʼlumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
4.3K viewsedited  04:39
Ochish/sharhlash
2023-04-20 06:48:52 https://telegra.ph/O%CA%BBqish-amaliyot-va-ishlab-chiqarish-birlashgan-oliygoh-Kareliya-universitetiga-fotosayohat-04-20
4.3K views03:48
Ochish/sharhlash
2023-04-19 16:43:01
Kim javob beradi?

Qoraqalpogʻistonda boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun nashr etilgan 1-sinf darsliklaridagi imloviy xatoliklar.

P.s. bo'lajak noshir kadrlar oramizda bo'lsa ularga eslatma sifatida

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
3.7K views13:43
Ochish/sharhlash