Get Mystery Box with random crypto!

Taʼlim muassalari bitiruvchilari uchun ishga joylashtirishda q | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Taʼlim muassalari bitiruvchilari uchun ishga joylashtirishda qanday imtiyozlar mavjud?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi Farmoniga muvofiq 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab:

- Ish beruvchilarning bitiruvchilarni ishga joylashtirishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida yagona ijtimoiy toʻlovning oʻrnatilgan stavkasini ular ishga joylashganliklaridan keyingi bir yil ichida 50 foizga, ikkinchi va uchinchi yil davomida esa 25 foizga kamaytiriladi. Byudjet tashkilotlari, monopolist tashkilotlar, ustav jamgʻarmasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan tashkilotlarga ishga joylashganlar bundan mustasno boʻladi;

- kollej, akademik litseylarning oʻquvchilariga soliq toʻlovchining individual raqami berilib, elektron raqamli imzo (ERI)ni tegishli toʻlovni undirmasdan soliq toʻlovchi sifatida davlat soliq organlarida roʻyxatga qoʻyiladi;

- shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi 84-moddasiga muvofiq, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining hamda oliy oʻquv yurtlarini tamomlagan bitiruvchilar uch yil ichida birinchi marotaba ishga kirayotgan holda, ular bilan tuziladigan mehnat shartnomalarida dastlabki sinov muddatlari belgilanmasligi qayd etilgan;

- bundan tashqari, Mehnat Kodeksining 2471-moddasiga asosan, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining, shuningdek davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan oliy oʻquv yurtlarining tegishli taʼlim muassasasini tamomlagan kundan eʼtiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirgan bitiruvchilari bilan mehnat shartnomasi u tuzilgan kundan eʼtiboran uch yillik muddat oʻtguniga qadar ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilinganida ish beruvchi bu haqda mahalliy mehnat organini xabardor qilishi shart. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari yakka tartibdagi tadbirkorlarga yollanib ishlaganda kollejni bitirgandan boshlab bir yil muddatga qatʼiy belgilangan soliqdan ozod etiladi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg