Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.32K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-04-28 08:11:40 Talaba qizni taʼqib qilgan bezori jarimaga tortildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari vakili (ombudsman) ishonch telefoniga Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi talaba qiz nomaʼlum bir shaxs tomonidan doimiy ravishda telefon orqali qo‘rqitib bezovta qilinayotgani bo‘yicha murojaat qildi. Otasi chet davlatiga ishlash uchun ketgan murojaatchi qizning yozishicha, yigit uni va dugonalarini ko‘p bora bezovta qilgan, Hattoki, onasini o‘ldirish bilan ham qo‘rqitgan.

Mazkur murojaat zudlik bilan Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakiliga yuborilib, Chortoq tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan birgalikda ko‘rib chiqildi. - deyiladi Ombudsmanning rasmiy sahifasida.

"Olib borilgan o‘rganishlar davomida, murojaatchini qo‘rqitib kelgan shaxs shu tumanda yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan A.O.ekanligi aniqlanib, unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va ish sudga oshirildi. 2023-yil aprel oyidagi Jinoyat ishlar bo‘yicha Chortoq tuman sudining tegishli qaroriga ko‘ra, 1991 yilda tug‘ilgan A. O. ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Shuningdek, aybdor A.O. dan murojaatchi qizni qayta bezovta qilmasligi to‘g‘risida tilxat olindi."- deyiladi xabarda.
6.2K views05:11
Ochish/sharhlash
2023-04-27 15:57:23
Ana xolos. Dazmol bilan sayr qilayotgan odamlar

Rossiyada ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari dazmol yetaklab sayr qilib yurgan ayollarni videoga olishdi.

Psixologlar bu maxsus trening ekaniligi va koʻpchilikka oʻzini erkin tutishga, “kompleks”lardan xalos boʻlishga yordam berishini taʼkidlashmoqda.

Sizning fikringiz qanday?

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.3K views12:57
Ochish/sharhlash
2023-04-27 09:30:56
Sessiyalar shunday o'tsa...

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.2K views06:30
Ochish/sharhlash
2023-04-27 08:06:39 #Talabalardan_murojaat

Axir talaba u yerga ilm olish uchun boradiku!

Assalomu alaykum! Meni bira savol qiynaydi, oliy ta'lim sohasida. Oliy ta'lim dargohiga talabalar o'qish uchun, bilim olish uchun borishadi. Ammo ba'zi talabalar ertalab darsga ma'lum sabablarga ko'ra kech qolishsa ularni hatto tashqi eshikdan ham ichkariga kirgazishmayapti, nima emish kech qolding, kech qolganingdan keyin kirmaysan emish.

Axir talaba u yerga ilm olish uchun boradiku, eshikning tashqarisida turish uchun emas. Mana shunday qilishga haqqi bormi, to'g'ri talaba darsga o'z vaqtida borishi kerak ammo, ma'lum sabablarga ko'ra 5-10 daqiqa kech qolsa shu ahvolga tushishi kerakmi?

Oliy ta'lim sohasi uchun ilm olish emas darsga vaqtida kelish, davomat, forma muhimmi. Ayniqsa Nizomiy nomidagi TDPU universiteti uchun ilm olish emas mana shunday davomat forma muhim.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.5K views05:06
Ochish/sharhlash
2023-04-27 06:50:49 #Abituriyent_23

Stomatologiya yo'nalishi bor xususiy oliygohlar ro'yxati va kontrakt narxlari

Bu mutaxassislikda bakalavr darajasini olish uchun oliy ta'lim muassasalarida o'qish 5 yilni tashkil etadi. Quyida sizga yurtimizdagi stomatologiya yo'nalishi mavjud bo’lgan xususiy oliy ta'lim muassasalari va ularning kontrakt narxlarini taqdim etamiz:

1. Kimyo xalqaro universiteti – 25 mln
2. Alfraganus university
3. European medical university – 45 mln
4. Akfa university – 58 mln
5. Buxoro innovatsion tibbiyot instituti – 30 mln
6. Central Asian Medical university
7. Osiyo xalqaro universiteti – 26 mln

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.6K views03:50
Ochish/sharhlash
2023-04-26 19:51:16 Dekan, zamdekan,
O'qishimiz
buncha qiyin ekan...

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.1K views16:51
Ochish/sharhlash
2023-04-26 17:50:16 3-kurs talabalar ham maktabgacha ta’lim tizimida ishlashlari mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori 7-2 bandiga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan talabalar davlat maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

Bunda ularga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Ularning mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.2K viewsedited  14:50
Ochish/sharhlash
2023-04-26 16:50:52
Pharmbills Academy да 2 ҳафталик онлайн-стажировка

Американинг Pharmbills компаниясида стажировка ўташ учун рўйхатдан ўт ва муваффақиятли тамомлагандан сўнг сен истаган job-offer га эга бўл.

Нима таклиф этилади:

иш ҳақи, $600 gross дан бошлаб (sinovdan keyin);
3/12 ой босқичларида иш ҳақини қайта кўриб чиқиш имконияти;
иш кунининг 18:00-3:30 (full time);
онлайн ишлаш имконияти;
зарур техника билан таъминланиш;
тиббий суғурта;
халқаро тренинглар ва шахсий менторлик;
расмий ва узоқ муддатли контракт.

Номзоддан талаб этилади:

инглиз тилини билиш даражаси Upper-Intermediate ва ундан юқори (ҳар куни америкалик мижозлар билан мулоқот қилиш учун юқори сўзлашув даражаси);
иш тажрибасининг бўлиши шарт эмас;
инглиз тили ва мантиқ бўйича тестни топшириш.

Қаерда: масофадан туриб ишлаш

Рўйхатдан ўтиш: https://go.academy.pharmbills.me/nb9
6.3K views13:50
Ochish/sharhlash
2023-04-26 15:14:01
Izohsiz

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.6K views12:14
Ochish/sharhlash
2023-04-26 10:35:39
26-aprel – Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

QUSHLAR HAM YIGʻLAR

Terlar oqdi suv boʻlib bizdan
Va gursillab yiqildi terak...
Aka, bizning qilmishimizdan
Tunda qushlar yigʻlasa kerak.

Ona chumchuq aylanib ketmas,
Koʻngliga qil sigʻmasa kerak.
Eski indan tashib borib xas,
Yangi inda yigʻlasa kerak.

Baland boʻlar uyimiz togʻdek,
Ayvonida ustun ul terak.
Biz yasharmiz koʻnglimiz chogʻdek,
Shunda qushlar yigʻlasa kerak...

Muhammad YUSUF,
Oʻzbekiston xalq shoiri.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
4.7K views07:35
Ochish/sharhlash