Get Mystery Box with random crypto!

​ Toshkentdagi universitetlardan birining talabasi pul uchun a | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Toshkentdagi universitetlardan birining talabasi pul uchun ayovsiz kaltaklandi

Kartasidagi pullarni bankomatda naqd qilmoqchi boʻlgan yigit 10 ga yaqin fuqaro tomonidan kaltaklandi. Ular yigitni uzoqdan kuzatib yurgan va pullarini olib qoʻyish maqsadida ayovsiz kaltaklashgan.

Maʼlumotlarga koʻra, yigit Toshentdagi oliygohlardan birida tahsil oladi (qaysiligi aytilmagan). U koʻp qavatli uyda ijarada turgan. Yigitning aytishicha, oʻsha kuni kechki payt uyning egasi kelib, undan pullarni oʻsha zahoti toʻlashini talab qilib, toʻlolmasa koʻchaga chiqarib yuborishini aytadi. Yigit esa doʻstlaridan qarz oladi. U qarzga tushgan pullarni naqd qilish uchun uyining tagida joylashgan bankomatlardan biriga tushgan. Kartadan pul yechayotgan vaqtida 10 ga yaqin yigitlar yugurib kelib, bolani avval qoʻrqitib, pullarni bermaganidan keyin ayovsiz kaltaklashgan.

“Men pullarni kuchim boricha asrashga harakat qildim. Chunki ular menga judayam zarur edi”, deydi jabrlangan yigit. Koʻchada boʻlgan odamlar yigitning ahvolini koʻrib unga yordam koʻrsatishgan.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg