Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim tizimi

Telegram kanalining logotibi talabalar_talim — Ta'lim tizimi T
Telegram kanalining logotibi talabalar_talim — Ta'lim tizimi
Kanal manzili: @talabalar_talim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.45K
Kanalning ta’rifi

Ўзбекистон Таълим тизимидаги янгиликлар.
Тизимдаги камчиликлар. Талабалар муаммолари.
Мурожаат учун: @ummatirijol

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-03-06 19:01:10
Сўнгги 10 йилликда ОТМларда аёл талабаларнинг сони 4 баробарга ошган

2012-йилда олий таълим муассасаларида аёллар  сони 92687 тани ташкил этган бўлса, 2022-йилга келиб ушбу кўрсаткич 369048 тани ташкил этган.

10 йиллликнинг биринчи ярмида ушбу кўрсаткич барқарор равишда 90-100 минг атрофида бўлган ва 2018-йилдан кескин ўсишни бошлаган.

Шунингдек, 18 ёшли талабаларнинг сони 2012-йилда 12 мингни ташкил этган бўлса, 2022-йилга келиб бу кўрсаткич 86 мингга чиққан.

@Talabalar_Talim
131 views16:01
Ochish/sharhlash
2023-03-06 05:52:12
Xitoy maktabi - haqiqiy geniylar ishlab chiqaruvchi "fabrika"!

Bolalarga dars jarayonida "Telefonga bog‘lanib qolish oqibati" haqida juda ibratli rolik qo‘yib berishibdi.

Siz ham farzandlaringizga buni ko‘rsating

@Talabalar_Talim
171 views02:52
Ochish/sharhlash
2023-03-05 20:26:03 Ayrim davlat OTMlarini xususiylashtirish rejalashtirilgan

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida tajriba tariqasida davlat ulushining 51 foizdan kam boʻlmagan qismini saqlab qolgan holda ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarini (oliy harbiy taʼlim muassasalari bundan mustasno) davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularda korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish belgilangan.

ESLATMA: Dunyodagi eng yaxshi universitetlar TOP reytingidagi 80-90 % oʻrinlarni nodavlat universitetlar egallab kelmoqda. Misol uchun, AQShdagi Garvard va Stenford universitetlari ham nodavlat hisoblanadi.

@Talabalar_Talim
154 views17:26
Ochish/sharhlash
2023-03-02 18:00:06 #Биласизми

Қонунчиликка кўра, фарзандларига нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари ёки мактаблар кўрсатадиган таълимга оид хизматлар учун ота-она (фарзандликка олувчилар) томонидан ҳар бир фарзанд учун тўланадиган ойига 3 миллион сўмгача бўлган тўловларига даромад солиғи солинмайди.

@Talabalar_Talim
274 views15:00
Ochish/sharhlash
2023-03-01 18:47:51 Bog'chalardagi Bolalar rizqini ham yevotgan Xaromxo'rlarga jazo yo'q.
Oliy Sudimizni o'zida korrupsiya, kamchiliklar tiqilib yotibdi.
Lekin shunaqa katta-katta muommolar turib Xalq dardini olib chiqadigan Bloger, Jurnalistlar bilan o'ralashib yotibmiz.
296 views15:47
Ochish/sharhlash
2023-03-01 18:41:27
Тадбиркорга миллиардлар, болаларга чириган олма – “бепул нонушта”нинг мазасини ким тотяпти?

Кегейлида бошланғич синф ўқувчиларига чириган олма едирган фирма Қорақалпоғистондаги қарийб 350 та мактабга нонушта тарқатиши маълум бўлди. У мазкур йўналишда ўтказилган тендерларда жами 64 лотдан 25 тасини ютган ҳамда миллиардлаб сўмлик шартномаларни қўлга киритган.

@Talabalar_Talim
267 views15:41
Ochish/sharhlash
2023-03-01 08:10:44 #Биласизми

1-4 синф ўқитувчилари, мактаблар, барча тур ва номдаги мактаб-интернатларнинг ўқитувчи-логопедлари ўқитувчи-дефектологлари,  гимназиялар, лицейларнинг ўқитувчилари, логопедлик хоналари мудирларининг ҳафталик иш соати 18 соатдан ошмаслиги керак.

@Talabalar_Talim
237 views05:10
Ochish/sharhlash
2023-03-01 07:49:10 JUDA SHOSHILINCH XABAR

Aytishlaricha O'zbekistonga BAHOR kirib kelibdi.
Qayerdan va nima sababdan kelgani noma'lum.
Rasmiylar halicha biror izoh berganicha yo'q.
Agar qanaqadur Anomal qarorlar qabul qilinsa xabardor qilamiz
Kanaldan uzoqlashmang.

@Talabalar_Talim
228 views04:49
Ochish/sharhlash
2023-02-28 20:51:07 Rasman: Professional taʼlim muassasalari pedagoglarining oylik maoshi oshiriladi

2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi imzolandi.

Unga koʻra 2023-yil 1-apreldan boshlab:

professional taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga;

professional taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan, malaka toifasiga ega boʻlmagan oliy maʼlumotli hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy oʻrta taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali oʻqituvchisi, oliy maʼlumotli oʻqituvchisi hamda oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.

@Talabalar_Talim
238 views17:51
Ochish/sharhlash
2023-02-28 11:43:24 Agentlikning rasmiy veb-sayti uzbmb.uz domeniga o‘tkazilmoqda

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-269-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil etildi.

Bugunga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti sifatida dtm.uz domenidan foydalanilayotgan edi. Hozirda agentlikning rasmiy veb-sayti uzbmb.uz domeniga o‘tkazilmoqda.

Shu sababli 28-fevral kuni dtm.uz saytiga kirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

@Talabalar_Talim
223 views08:43
Ochish/sharhlash