Get Mystery Box with random crypto!

Agentlikning rasmiy veb-sayti uzbmb.uz domeniga o‘tkazilmoqda | Ta'lim tizimi

Agentlikning rasmiy veb-sayti uzbmb.uz domeniga o‘tkazilmoqda

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-269-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil etildi.

Bugunga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti sifatida dtm.uz domenidan foydalanilayotgan edi. Hozirda agentlikning rasmiy veb-sayti uzbmb.uz domeniga o‘tkazilmoqda.

Shu sababli 28-fevral kuni dtm.uz saytiga kirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

@Talabalar_Talim