Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim tizimi

Telegram kanalining logotibi talabalar_talim — Ta'lim tizimi T
Telegram kanalining logotibi talabalar_talim — Ta'lim tizimi
Kanal manzili: @talabalar_talim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.45K
Kanalning ta’rifi

Ўзбекистон Таълим тизимидаги янгиликлар.
Тизимдаги камчиликлар. Талабалар муаммолари.
Мурожаат учун: @ummatirijol

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-04-07 12:21:05 Endi savol: G'oliblarning qancha puli bo'lgan?
150 views09:21
Ochish/sharhlash
2023-04-07 12:18:18
“Ташаббусли бюджет”да ғолиб лойиҳалар эълон қилинди

Энг кўп овоз олган 1666 та лойиҳа маҳаллий бюджетлар ҳисобидан молиялаштириладиган бўлди. Жами ташаббусларга ўтган мавсумдан икки баробар кўп – 16 миллионта овоз тўпланди.

Ғолиблар рўйхати

@Talabalar_Talim
149 viewsedited  09:18
Ochish/sharhlash
2023-04-07 05:12:36 Bolasini maktabga joʻnatmaydigan ota-onalarga qanday javobgarlik mavjud?

Taʼlim toʻgʻrisidagi qonunning 9-moddasiga binoan umumiy oʻrta taʼlim umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida uzlyuksiz tarzda, majburiy boʻlgan oʻn bir yil davomida amalga oshiriladi.

Ushbu qonunning 51-moddasiga koʻra voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolaning oʻqishi, tarbiyalanishi, jismoniy, maʼnaviy va intellektual rivojlanishi uchun masʼuldir.

Yuqoridagi ikki modda oʻquvchingizni 11-yillik majburiy taʼlim olishi kerakligini va buni ota-ona taʼminlashi kerakligidan dalolat beradi.

Shuningdek, voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari:

bolalarining umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim yoki boshlangʻich professional taʼlim olishini taʼminlashi;

bolalarining oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishini taʼminlash va oʻzlashtirishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

oʻz bolalarining intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;

taʼlim tashkilotining taʼlim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi ichki tartib-qoidalariga rioya etishi;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Ushbu qoidalarning mazmuniga koʻra oʻquvchining ota-onasi maktabga taʼlim olish yuborishi va oʻquvchining sifatli taʼlim olishini taʼminlashga majbur.

Agar ota-ona bu majburiyatlarni bajarmasa, unda ota-onaning harakatlariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik belgilangan. Yaʼni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 47-moddasiga muvofiq ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

@Talabalar_Talim
50 viewsedited  02:12
Ochish/sharhlash
2023-04-06 07:31:22 Qizlar xonasiga yashirin kamera qo’yishda ishtirok etgan prorektor va yana 3 kishi ishdan haydaldi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar berishicha, Qoʻqon davlat pedagogika institutida bevosita jarayonda ishtirok etib, xizmat vazifasini…
98 views04:31
Ochish/sharhlash
2023-04-05 21:29:59 Bu yurtda zerikib qolmaydi odam. Qo‘qon pedagogika instituti talabalar turar joyida qizlarning xonasiga yashirin kamera o‘rnatishibdi. Bu yashirin kamerani Talabalar turar joyi komendanti boshchiligidagi ustalar o’rnatgan. Qizlarga esa Wi-Fi yaxshi ishlamayotgani…
166 views18:29
Ochish/sharhlash
2023-04-05 09:04:50
#Янги_Конституция

Янгиланаётган Конституцияда таълим олиш ҳуқуқларига оид 9 та энг муҳим янгилик

@Talabalar_Talim
215 views06:04
Ochish/sharhlash
2023-04-05 08:57:40
Hurmatli ota-onalar!

Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida,
my.maktab.uz platformasida yana bir davlat xizmati joriy etildi!

Endilikda Siz, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining my.maktab.uz platformasida yurtimizning istalgan hududlarida joylashgan umumta'lim maktablarida tahsil olayotgan farzandingizni Toshkent shahar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat markazlaridagi maktablarga onlayn tarzda o'tkazish bo'yicha ariza berish imkoniyatiga egasiz.

Batafsil maʼlumotlarni ushbu video yo'riqnoma orqali hamda @mymaktab_uz telegram kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

@Talabalar_Talim
203 viewsedited  05:57
Ochish/sharhlash
2023-04-05 03:05:09
Bu yurtda zerikib qolmaydi odam. Qo‘qon pedagogika instituti talabalar turar joyida qizlarning xonasiga yashirin kamera o‘rnatishibdi. Bu yashirin kamerani Talabalar turar joyi komendanti boshchiligidagi ustalar o’rnatgan. Qizlarga esa Wi-Fi yaxshi ishlamayotgani…
209 views00:05
Ochish/sharhlash
2023-04-05 02:52:33 Bu yurtda zerikib qolmaydi odam.

Qo‘qon pedagogika instituti talabalar turar joyida qizlarning xonasiga yashirin kamera o‘rnatishibdi.

Bu yashirin kamerani Talabalar turar joyi komendanti boshchiligidagi ustalar o’rnatgan. Qizlarga esa Wi-Fi yaxshi ishlamayotgani uchun kuchaytiradigan qurilma qo’yyapmiz deb yolg’on gapirishgan.

Bu voqeani eshitgan qizlarning uydagilari shubhalanishgan va xona burchagiga o’rnatilgan o’sha matohni ochib ko’rishni aytishgan. Qizlar ochib ko’rsa — bu yashirin kamera ekan!

Unga 128 Gb “fleshka” ham o’rnatilgan. “Fleshka” ichida esa qizlarning yalang’och bo’lib, kiyim almashtirayotgan videolari ham yozilib qolingan tasvirlar bor ekan. Ushbu yashirin kamera nafaqat yozib oladi, balki Wi-Fi orqali masofadan tasvirlarni uzatib ham turgan, deyishibdi mutaxassislar.

Qizlar bu haqda prorektor va rektorga arz qilib, o‘zlari baloga qolib ketay deyishgan.

«Rektor bizni eshitib, «yashirin kamera ekanini qayoqdan bilaqoldinglar?» dedi. Biz uni ochib mutaxassisga ko‘rsatganimizni aytdik. «Xonalaringga o‘rnatib ketilgan institutning mulkini ochib ko‘rishga nima haqlaring bor? Balki o‘zlaring o‘rnatgandirsizlar», deb o‘shqirdi rektor bizga», – deyishdi qizlar.

Qizlar 102 ga shikoyat qilishgan, Prezident portaliga ariza yozishgan. Ish o’rganilayotgan ekan.

Shu uyatsizlar bizning yosh avlodga dars berib, bo’lajak pedagoglarni tarbiyalab yurishibdi, afsuski. Bu kuningdan har balo bo’lganing yaxshimasmi, sharmandalar?

@Talabalar_Talim
213 views23:52
Ochish/sharhlash
2023-04-04 16:41:38 #Қонунчиликдаги_янгиликлар

Иқтисодий ислоҳотларни амалга оширишда илмий ёндашувлар кенгайтирилади

“Иқтисодий ислоҳотларни амалга оширишда илмий ёндашувларни кенгайтириш ва бошқарув кадрларини тайёрлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–108-сон, 04.04.2023 й.) қабул қилинди
    
Қарорга кўра, қуйидагилар ташкил қилинди:

Прогнозлаштириш ва макроиқтисодий тадқиқотлар институти негизида Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Макроиқтисодий ва ҳудудий тадқиқотлар институти;

Бизнес ва тадбиркорлик олий мактаби негизида Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Бизнес ва тадбиркорлик олий мактаби.

Институт ва Олий мактаб фаолиятининг устувор йўналишлари самарали амалга оширилишини таъминлаш мақсадида қуйидагилар ташкил этилди:

Институт таркибида ҳудудларда ер ресурсларидан унумли фойдаланиш ва уларни оптимал тақсимлаш орқали бандликни таъминлаш, аҳоли даромадларини ошириш юзасидан муаммоларни ўрганиш ва амалий таклифлар тайёрлашга йўналтирилган юридик шахс бўлмаган “Ер ислоҳотлари маркази”;

Олий мактаб тузилмасида юридик шахс бўлмаган “Яшил иқтисодиётни илгари суриш ва жорий этиш” лойиҳа офиси ва Бизнес инкубатор ва стартап лойиҳалар билан ишлаш маркази.

@Talabalar_Talim
238 views13:41
Ochish/sharhlash