Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim tizimi

Telegram kanalining logotibi talabalar_talim — Ta'lim tizimi T
Telegram kanalining logotibi talabalar_talim — Ta'lim tizimi
Kanal manzili: @talabalar_talim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.45K
Kanalning ta’rifi

Ўзбекистон Таълим тизимидаги янгиликлар.
Тизимдаги камчиликлар. Талабалар муаммолари.
Мурожаат учун: @ummatirijol

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-04-04 16:37:40
#Янги_Конституция

@Talabalar_Talim
218 views13:37
Ochish/sharhlash
2023-04-04 12:09:47 Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligining interaktiv xizmatlaridan onlayn foydalanish uchun havola

O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish (oliy ta’lim muassasasidan): my.gov.uz/oz/service/323

To'lov-shartnomalarini onlayn taqdim etish axborot tizimi: kontrakt.edu.uz/

Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash uchun onlayn hujjat topshirish tizimi (ichki): transfer.edu.uz/uz

Talabalar va doktorantlar uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish portali: stipendiya.edu.uz/

Magistraturaga onlayn hujjat topshirish tizimi: magistr.edu.uz/home

Oliy va professional ta'lim muassasalarida mavjud bo'sh ish o'rinlariga hujjatlarni onlayn topshirish platformasi: vacancy.edu.uz/

Ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn hujjat topshirish tizimi: ikkinchitalim.edu.uz/

Kasb-hunar maktablariga onlayn hujjat topshirish tizimi: kasb.edu.uz/

Akademik litseylarga onlayn hujjat topshirish tizimi: litsey.edu.uz/

Sizga qaysidir hujjatni olish yoki topshirish kerak bo'lsa buni onlayn amalga oshirishingiz mumkin.

@Talabalar_Talim
255 viewsedited  09:09
Ochish/sharhlash
2023-04-03 02:48:45 Magistratura va doktoranturaga topshiruvchilar diqqatiga

TÖMER (
turk tili) va AIL (italyan tili) sertifikatlari bekor qilindi. Ingliz tili bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxatida ham o‘zgarish bor.

Oliy, fan va taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab turk tilini bilish boʻyicha TÖMER va italyan tilini bilish boʻyicha Accademia Italiana di Lingua (AIL) sertifikatlari magistraturaga kirish imtihonlarida topshirish mumkin boʻlgan hujjatlar ro'yxatidan chiqarilgan.

Endi talabgorlar magistraturaga hujjat topshirganda italyan tili boʻyicha Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI) va Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS) sertifikatlari, turk tili boʻyicha esa faqat Türkçe Yeterlik Sinavi (TYS) sertifikatini topshirishlari mumkin.

Bundan tashqari, buyruq bilan ingliz tilini bilish boʻyicha mazkur roʻyxatga Cambridge Assessment English Linguaskill sertifikati oʻrniga International Test of English Proficiency (iTEP) Academic-Plus sertifikati kiritilgan.

@Talabalar_Talim
264 views23:48
Ochish/sharhlash
2023-04-01 19:21:10 #Eslatma

Kirish imtihonlarida 90 ta savol beriladi!
​Maksimal ball – 189


Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

Davlat komissiyasining 13-son bayoni
bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol
.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

Umumiy holda, abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

@Talabalar_Talim
252 views16:21
Ochish/sharhlash
2023-04-01 19:16:28 #Биласизми

Қонунчиликка кўра, ўқув-тарбия жараёнини ташкил этишда қуйидаги муддатларга амал қилинади:

ўқув йилининг давомийлиги — 34 ҳафта (I синфлар учун 33 ҳафта);

ўқув ҳафтасининг давомийлиги — 6 кун (педагогик кенгашнинг қарорига кўра I — IV синфлар учун 5 кун);

дарс машғулотининг давомийлиги — 45 дақиқа;

дарс машғулотлари оралиғидаги танаффуснинг давомийлиги — 5 -10 дақиқа (ўқув куни ўртасидаги танаффуснинг давомийлиги — 15 -30 дақиқа).

@Talabalar_Talim
248 views16:16
Ochish/sharhlash
2023-04-01 15:16:57 Ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yishni tezlashtirish uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi

Prezidentning 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son farmoni bilan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tugatilib, uning vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanishi belgilangan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq o‘rta maxsus kasb-hunar, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yish bilan bog‘liq funksiyalar Bilimni baholash agentligiga yuklatilgan.

Shu sababli o‘rta maxsus kasb-hunar, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yish bilan bog‘liq murojaatlar 2023-yil 17-fevraldan boshlab agentlik tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Murojaatlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq 2 ish kunida (ayrim hollarda 10 ish kunigacha) ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur qarorda apostil qo‘yish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi (2023-yil 1-aprel holatiga 60 ming so‘m) miqdorida yig‘im undirilishi belgilangan bo‘lib, undirilgan yig‘im tegishliligi bo‘yicha 4 ta tashkilot o‘rtasida taqsimlanadi. Talabgorlardan bundan boshqa hech qanday to‘lov talab etilmaydi.

Lekin bizga kelib tushayotgan ma’lumotlarga ko‘ra turli firmalar tomonidan jarayonni tezlashtirib beramiz deb fuqarolardan pul so‘rash holatlari kuzatilmoqda ekan.

Hurmatli fuqarolar!

Agar kimdir sizdan hujjatlarga apostil qo‘yish uchun qo‘shimcha to‘lov so‘raydigan bo‘lsa, ularga ishonmang. Hujjatlarga apostil qo‘yish uchun BHMning 20 foizidan ortiq to‘lov talab etilmaydi. Jarayonni tazlashtirib beramiz deb pul so‘rayotganlar sizga hech narsa qilib bermaydi, shunchaki pulingizni oladi xolos.

Shu sababli, apostil qo‘yish bo‘yicha turli firmalarga murojaat qilmasdan, o‘zingiz 3 xil usulda ariza berishingiz mumkin:

Bilimni baholash agentligiga kelib.
Davlat xizmatlari markazlariga borib.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali onlayn.

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Talim tizimi
371 views12:16
Ochish/sharhlash
2023-04-01 08:23:45 1-apreldan Oʼzbekistonda nimalar oʼzgaradi?

Pensiyalar va nafaqalar miqdori oshadi.

Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar roʼyxati kengaytiriladi.

Pensiya oluvchilar Toshkent metropolitenidan kun davomida bepul foydalanadi.

Parrandachilik bilan shugʼullanuvchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi.

Аholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi.

Аvtotransportlar harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 60 kilometrgacha pasaytiriladi.

Xoʼjalik jamiyatlari kuzatuv kengashining qimmatli qogʼozlarni chiqarish boʼyicha qarorlari muhim fakt sifatida oshkor qilinadi.

Аyrim tadbirkorlarga mol-mulkni sugʼurta qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

Аyrim kasalliklarda nogironlik fuqarolarning ishtirokisiz belgilanadi.

Koʼp kvartirali uylarning noturar qavatlarida bogʼchalar tashkil etishga ruxsat beriladi.

Professional taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari oshiriladi.

Halok boʼlgan harbiy xizmatchilar oila aʼzolari ijtimoiy qoʼllab-quvvatlanadi.

Yangi qurilgan koʼp qavatli ishlab chiqarish binolari uchun mol-mulk soligʼi pasaytiruvchi koeffitsientda toʼlanadi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʼrnatgan shaxslar mol-mulk va yer soligʼidan ozod etiladi.

Аyrim qishloq xoʼjaligi texnikalari bojxona toʼlovlari va utilizatsiya yigʼimidan ozod qilinadi.

@Talabalar_Talim
420 views05:23
Ochish/sharhlash
2023-03-31 12:30:33 #OpenBudget Openbudget minusi deb sanalgan jihatlarni Openbudgetga aloqasi yo’q. Bu qurilish sohasidagi muammolar xolos. Tenderlardagi shaffoflik, keyinchalik davlat buyurtmasini qabul qilib olishdagi korrupsiya umuman boshqa masala. Openbudgetning muammosi…
92 views09:30
Ochish/sharhlash
2023-03-31 03:20:59
Шавкат Мирзиёев Нукусда ўқитувчи хонадонида меҳмон бўлиб, оила аъзолари билан ифторлик қилди

@Talabalar_Talim
115 views00:20
Ochish/sharhlash
2023-03-30 15:10:56 Tashabbusli byudjet muvaffaqiyatsizligi uchun emas, muvaffaqiyati uchun tanqidga uchrayapti Telegramdagi “Iqtisod4i” kanali “Tashabbusli byudjet” haqida post qoldirdi. Jumladan, shunday deyiladi: “Xabaringiz bor, hozir O‘zbekistonda Tashabbusli byudjet jarayoni…
45 views12:10
Ochish/sharhlash